Reja: Dalvarzintepa yodgorligi Xolchayon Ayritom yodgorligi



Download 24,04 Kb.
bet3/3
Sana19.09.2021
Hajmi24,04 Kb.
#179308
1   2   3
Bog'liq
Dalvarzintepa yodgorligi

Ayritom yodgorligi

Surxon vohasidan topilgan Kushonlar davriga oid Ayritom yodgorligi ilk buddaviylik ibodatxonasi hisoblanadi. 1932 yilda Amudaryoda “Oktyabryonok” nomli qayiqda suzib ketayotgan chegarachilarimiz Ayritom yaqinida bir oqtoshni ko‘rganlar, tekshirish natijasida, unga nog‘orachi tasviri o‘yib tushirilganligi ma’lum bo‘lgan. Oradan bir yil o‘tib, bu topilmaga professor M. Masson boshchiligidagi arxeologlar ekspedisiya uyushtirishadi.

Ayritom ibodatxonasi hozirgi Termiz shahridan 18 chaqirim uzoqlikda, Sharqda, balandligi 2-2,5, qalinligi 1,5 metrlik istehkom devorlari bilan o‘ralgan, 1-2 asrlarga oid budda ibodatxonasi sanaladi. Ibodatxona ohaktoshdan ishlangan ajoyib friz bilan bezatilgan. Unda muqaddas botxi daraxtining barglari ostida uch nafar sozandaning surati aks ettirilgan. Nog‘orachi hamda rang-barang kiyimdagi ayollarning surati, ayniqsa, diqqatga sazovor. Sozandalardan biri ud, yana birovi arfa chalmoqda. Frizda qo‘llarida gulchambar hamda chiroyli idish ko‘targan qizlar tasvirlangan.

Ibodatxona maydonidan budda haykali va boshqa ibodatxona qismlari qatorida toshdan yasalgan odam haykallari topilgan. Ular musiqa chaluvchilar, hadyalar tashuvchi erkak va ayollarning haykallari bo‘lib, ibodatxonaning tashqi tomoni — karnizi shu haykallar bilan bezatilgan.

Ushbu frizda aks etgan suratlar o‘sha davrda Baqtriyada mazkur san’at turining eng yuksak cho‘qqiga chiqqanligining isbotidir. Mazkur friz saroy va ibodatxonalarning shiftini bezashda ishlatilgan. Demak, bu san’at asari baqtriyalik haykaltaroshlarning mahsulidir. Haykallarda haqiqiy baqtriyaliklarning yuz qiyofasi aks ettirilgan, uchala sozanda chehrasida ham yengil tabassum ifodasi balqib turibdi. Bu san’at asari budda dafn marosimini aks ettiruvchi maxsus majmua bo‘lib, u “Parinirvanna jataka” deb nomlanadi. Ya’ni, Budda vafotidan so‘ng uning ruhini shod qilish uchun mahzun kuylar chalinib turgan va shu kuylar sadosi ostida dafn etilgan.

Bugungi kunda ushbu topilma Termiz arxeologiya muzeyining ko‘rgazmalar zalidan joy olgan bo‘lib, bu yerga tashrif buyuruvchi mahalliy va xorijiy sayyohlarning diqqat-e’tiborini jalb qilib, ko‘pchilikda qiziqish uyg‘otmoqda.



Adabiyotlar:

1. Karimov I.A. Barkamol avlod O‘zbekiston tarakkiyetining poydevori. T.1997y.

2. Karimov I.A. Yangicha fikrlash va ishlash-davr talabi. T.1997.

3.Karimov I.A. O‘zbekiston buyuk kelajak sari. T.1998 y.

4. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. T.2008 y.

5. Egamberdiyeva N. Ijtimoiy pedagogika. Darslik. T. 2009.
Download 24,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish