Ajratish va konsentrlash usullarining aniqlash usullari bilan o‘zaro bog‘liqligi
Konsentrlash usullarini tanlashda quydagi omillarni hisobga olish zarurdir:
1. Obyekt harakteri va obyektdagi bizni qiziqtiruvchi komponentlar xarakteri: 2. Obyekt tarixi(kelib chiqishi, olinishi):
3. Komponentning keyingi aniqlanish usuli bilan uyg‘unlashuvini hisobga olish: 4. Usulning oddiyligi, osonligi, analizning davom etish vaqti:
5. Laboratoriyaning reaktivlar va asboblar bilan taminlanganligi: 6. Ilmiy xodim va laborantning ixtisosi va malakasi:
7.Texnika xavfsizligining taminlanishi: 8.Murakkkablashtiruvchi parametrlarni hisobga olish:
9.Jarayonni amalga oshirish texnikasini bilish: Davriy, uzluksiz bosqichli (agar konsentrlash koefitsienti (K) bir necha tartibga teng bo‘lsa bir bosqich, K kichik bo‘lsa bosqichlar soni ortadi).
10. Konsentrlash usullarini so‘nggi aniqlash usullari bilan ratsional uyg‘unlashtirgan holda olib borish kerak:
A) ko‘p komponentli analiz usullarini (emission-spektral analiz, atom-emission analiz, rentgen-fluoressent analiz va hokazo) gruhli konsentrlash usullari bilan bog‘lash
B) matritsa - kollektorni shunday tanlash kerakki, u keyingi aniqlash usullari talablariga to‘la javob beradigan bo‘lsin. Masalan sorbsiya uchun ko‘mir poroshogi olinsa, aniqlash usuli sifatida emission - spektral analizni qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Agar metall ionlari erituvchilar yordamida ekstraksiyalansa, atom emission yoki atom-absorbsion analiz usulini qo‘llash kerak bo‘ladi va hokazo. Yuqori aniqlikdagi ajratish va konsentrlash usullarini aniqligi kam bo‘lgan aniqlash usullari bilan bog‘lash maqsadga muvofiq emas.
Konsentrlash usullari bilan aniqlash usullarini bir-biri bilan bog‘lab olib borishda ikki xil usulni keltirish mumkin:
1) kombinatsiyalanuvchi usullar. 2) gibridli usullar:
1) kombinatsiyalangan usullarda – konsentrlash usullari bilan aniqlash usullari bir-birlari bilan uzviy bog‘lanmagan. Bunda bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan konsentrlash va aniqlash usullarini ketma-ket qo‘llash mumkin. Konsentratning xossasi aniqlash usuliga sezilarli ta’sir etmaydi. Bunda konsentratni qanday usul bilan olinishining ahamiyati yo‘q.
2) Gibridli usullar-ularni qo‘llashda ajratish va konsentrlash usullari aniqlash usullariga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Ular bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi. Bunda yangi sifat paydo bo‘ladi, har bir gibridli usul, ajratish va konsentrlash usullarini aniqlash usullari bilan uzviy bog‘laydi, ya’ni yangi usul paydo bo‘ladi. Masalan, ekstraksion-fotometrik analiz usuli, ekstraksion-xromatografik usullar, xromato-
masspektrometriya, xromatografiyaning hamma turlari va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |