Reja: Cho‘kirish va birgalashib cho‘ktirish usullari



Download 7,04 Mb.
bet1/38
Sana20.01.2022
Hajmi7,04 Mb.
#393457
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Bog'liq
Hamma prezintatsiyalar (2)


Reja:
Cho‘kirish va birgalashib cho‘ktirish usullari

Cho‘ktirish usuli eng eski ajratish va konsentrlash usullaridandir. Birgalashib cho‘kishni – ilgarilari maqsadga muvofiq bo‘lmagan, ya’ni cho‘ktirishga xalaqit beradigan holat deb qaralar edi. Keyinchalik esa, u konsentrlashning effektiv usullaridan biriga aylandi. Ular orasida juda ko‘p umumiylik bor, shuning uchun ularni birgaliqda ko‘rib chiqamiz.

Cho‘ktirish va birgalashib cho‘kish ajratish va konsentrlash usuli sifatida komponentlarning asarlari(yuqi)ni kollektor (tashuvchi)lar qo‘llash bilan ajratiladi. Cho‘ktirishda, ayniqsa birgalashib cho‘ktirishda organik va anorganik kollektor bilan amalga oshirilganda konsentrlashning yuqori effektiv darajasi ta’minlanadi. Birgalashib cho‘kish ayniqsa qattiq numunalar qo‘llaniladigan usullar uchun juda qulaydir. Chunki namunadagi mikrokomponentlarni bir yo‘la rentgen-fluoressent yoki emission-spektral analiz usuli yordamida aniqlash mumkin bo‘ladi.



Birgalashib cho‘kishda kollektorlar sifatida ishlatiladigan moddalar:

1) Alyuminiy gidroksidi, temir (III) gidroksidi.

2) Oksidlar (MnO2) 3) Sulfidlar (HgS)

4) Fosfatlar (Ca3(PO4)2 5) Oksalatlar (CaC2O4)

6) Elementar oltingugurt tutgan moddlar.

7) Organik birikmalar.

Moddalarni bir-biridan ajratishda ko‘p miqdorda sarflash bilan bog‘liq, jarayon uzoq davom etadi va bundan mikrokomponentlarning bir qismi birgalashib cho‘kishi natijasida eritmada qolgan mikrokomponent noto‘g‘ri aniqlanishi mumkin (ya’ni mikrokomponentlarning bir qismi yo‘qotiladi.)

Qo‘rg‘oshin tarkibidagi begona moddalar asarlarini aniqlashda juda kamdan -kam hollarda kollektor qo‘llaniladi, uni qo‘rg‘oshin sulfat holida cho‘ktiriladi va mikrokomponentlar (Ag, Al, As, Ca, Cd, Bi, Co, Cr, Cu, Fe, Li, Mg, Mn, Mo, Na, Ni, Sb, Ti, V va Zn) miqdorini ximiko-spektral aniqlashda qo‘rg‘oshin ionini qo‘rg‘oshin sulfat holida cho‘ktiriladi. Bunda mikrokomponentlarni konsentrlash koeffitsienti namuna miqdoriga qarab 40 dan 300 gacha boradi. Aniqlanish chegarasi 10-5-10-7 % ga teng.

Mikrokomponentlarni cho‘ktirishda organik cho‘ktiruvchilar katta ahamiyatga ega. Bu maqsadda fenilfluoron, alizarin ko‘ki, tenoiltriftoratseton va boshqalar ishlatiladi. Masalan, alizarin ko‘ki yordamida pH2 bo‘lganda Ag, Bi, Co, Cu, Fe, Ga, In, Pd, Th, Ti, V, W cho‘ktirib konsentrlanadi va rentgen fluoressent analiz yordamida aniqlanadi.

Mikrokomponentlarni aniqlashda cho‘ktirishga qaraganda kollektorlardan birgalashib cho‘kish ko‘proq qo‘llaniladi. Birgalashib cho‘kish mikrokomponentlarning kollektor sirtiga adsorbilanishi (ionalmashinishi ham) hisobiga, aralash kristallar va kimyoviy izomorf birikmalar, okklyuziya hisobiga, mexanik holda birga olib cho‘kish hisobiga yuz beradi. Bu hamma faktorlar bir vaqtning o‘zida sodir bo‘ladi.

Birgalashib cho‘kishga komponentning kimyoviy va kristallokimyoviy xossalari, eritmada komponentning birgalashib cho‘kish holati, eritmalarning quyilish tartibi va tezligi, cho‘kmalarning eskirish jarayoni, eritmaning kislotaliligi, temperatura va boshqalar ta’sir etadi. Mikrokomponentlarning birgalashib cho‘kishida matritsaning bir qismi ham birgalashib cho‘kadi. Bu kamchilik berilgan moddaga kollektor bo‘lgan boshqa modda kiritish (matritsani almashtirish) bilan bartaraf etiladi.


Download 7,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish