Fizikaviy adsorbsiya sorbent bilan sorbsiyalanadigan modda orasidagi molekulalar aro o‘zaro ta’sir kuchiga asoslangan (uni molekulyar sorbsiya ham deyiladi).
Absorbsiya - bu gazlar, bug‘lar yoki erigan moddalarni suyuq yoki qattiq fazaning butun hajmi bo‘ylab yutilishidir.
Adsorbsiya - bu qattiq yoki suyuq jism sirtiga moddalarning yutilishidir. Xemosorbsiya - bu qattiq yoki suyuq sorbent va sorbillanadigan modda orasidagi
o‘zaro kimyoviy (kimyoviy birikma hosil qilishi bilan moddalarni yutishi) ta’sirning borishiga asoslangan (bu ion almashinish, kompleks hosil qilish, oksidlanish-qaytarilish va boshqalar). Sorbsiyani statik, dinamik va xromatografik variantlarda amalga oshirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |