Fazalar soni va xarakteri asosida 3 turda klassifikatsiyalanadi 3.1. Gaz fazasida
3.2. Qattik faza va uning gaz fazasi bilan kombinatsiyasi asosida. 3.3 Suyuq faza asosida
Kinetik omillar asosida
Bir qator platina metallari ligandlar bilan turli labillikda kompleks birikmalar hosil qiladi yani metallar organik reagentlar bilan turli tezlikda o‘zaro ta’sir etadi.
2. Ajratish va konsentrlash usullari qo‘llaniladigan asosiy obyektlar
Ajratish va konsentrlash usullari asosan quyidagi murakkab obyektlarni analiz qlishda qo‘llaniladi:
1. Qotishmalar.
2. Geologik obyektlar
3. Eng muhim toza moddalar 4. Atrof- muhit obyektlari
5. Biologik obyektlar (to‘qimalar, o‘simliklar)
Ajratish va konsentrlash usullarining aniqlash usullari bilan o‘zaro bog‘liqligi
Konsentrlash usullarini tanlashda quydagi omillarni hisobga olish zarurdir:
1. Obyekt harakteri va obyektdagi bizni qiziqtiruvchi komponentlar xarakteri: 2. Obyekt tarixi(kelib chiqishi, olinishi):
3. Komponentning keyingi aniqlanish usuli bilan uyg‘unlashuvini hisobga olish: 4. Usulning oddiyligi, osonligi, analizning davom etish vaqti:
5. Laboratoriyaning reaktivlar va asboblar bilan taminlanganligi: 6. Ilmiy xodim va laborantning ixtisosi va malakasi:
7.Texnika xavfsizligining taminlanishi: 8.Murakkkablashtiruvchi parametrlarni hisobga olish:
9.Jarayonni amalga oshirish texnikasini bilish: Davriy, uzluksiz bosqichli (agar konsentrlash koefitsienti (K) bir necha tartibga teng bo‘lsa bir bosqich, K kichik bo‘lsa bosqichlar soni ortadi).
10. Konsentrlash usullarini so‘nggi aniqlash usullari bilan ratsional uyg‘unlashtirgan holda olib borish kerak:
A) ko‘p komponentli analiz usullarini (emission-spektral analiz, atom-emission analiz, rentgen-fluoressent analiz va hokazo) gruhli konsentrlash usullari bilan bog‘lash
B) matritsa - kollektorni shunday tanlash kerakki, u keyingi aniqlash usullari talablariga to‘la javob beradigan bo‘lsin. Masalan sorbsiya uchun ko‘mir poroshogi olinsa, aniqlash usuli sifatida emission - spektral analizni qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Agar metall ionlari erituvchilar yordamida ekstraksiyalansa, atom emission yoki atom-absorbsion analiz usulini qo‘llash kerak bo‘ladi va hokazo. Yuqori aniqlikdagi ajratish va konsentrlash usullarini aniqligi kam bo‘lgan aniqlash usullari bilan bog‘lash maqsadga muvofiq emas.
Konsentrlash usullari bilan aniqlash usullarini bir-biri bilan bog‘lab olib borishda ikki xil usulni keltirish mumkin:
1) kombinatsiyalanuvchi usullar. 2) gibridli usullar:
1) kombinatsiyalangan usullarda – konsentrlash usullari bilan aniqlash usullari bir-birlari bilan uzviy bog‘lanmagan. Bunda bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan konsentrlash va aniqlash usullarini ketma-ket qo‘llash mumkin. Konsentratning xossasi aniqlash usuliga sezilarli ta’sir etmaydi. Bunda konsentratni qanday usul bilan olinishining ahamiyati yo‘q.
2) Gibridli usullar-ularni qo‘llashda ajratish va konsentrlash usullari aniqlash usullariga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Ular bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi. Bunda yangi sifat paydo bo‘ladi, har bir gibridli usul, ajratish va konsentrlash usullarini aniqlash usullari bilan uzviy bog‘laydi, ya’ni yangi usul paydo bo‘ladi. Masalan, ekstraksion-fotometrik analiz usuli, ekstraksion-xromatografik usullar, xromato-
masspektrometriya, xromatografiyaning hamma turlari va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |