ikki tomonlama
bog'lanish
mavjud.
Bir tomondan
, matematika metodikasi pedagogikaning umumiy
nazariyasiga tayanadi уа shu asosda shakllanadi. Bu hоl matemat'ika
o'qitish masalalarini hаl etishda metodik уа nazariy yaqinlashishning
bir butunligini ta'minlaydi.
Ikkinchi tomondan
, pedagogika umumiy qonuniyatlarini shakllantirishda
xususiy metodikalar tomonidan erishilgan ma'lumot1arga tayanadi, bu uning
hayotiyligi уа aniqligini ta'minlaydi. Shunday qilib, pedagogika metodikalarning
aniq materialidan " oziqlanadi ", undan pedagogik umumlashtirishda foydalaniladi
va
o'z navbatida metodikalami ishlab chiqishda yo'llanma bo'lib xizmat qiladi.
Matematika metodikasi pedagogika, psixologiya va yosh psixologiyasi bilan
bog'liq. Boshlang'ich matematika metodikasi ta'limning boshqa fan metodikalari
(ona tili, tabiatshunoslik, rasm, mehnat va boshqa fanlar o'qitish metodikasi) bilan
bog'liq. O'qitishda fanlararo bog'lanishni to'g'ri amalga oshirish uchun
o'qituvchi buni hisobga olishijuda muhimdir.
Ilmiy - tadqiqot metodlari - bu qonuniy bog'lanishlarnii, munosabatlarni,
aloqalarni o'matish va ilmiy nazariyalami tuzish maqsadida ilmiy axborotlarni
olish usullaridir. Kuzatish, tajriba, maktab hujjatlari bilan tanishish, o'quvchilar
ishlarini o'rganish - suhbat va so'rovnomalar o'tkazish ilmiy - pedagogik
tadqiqot metodlari jumlasiga kiradi.
So'nggi vaqtlarda matematik va kibernetik metodlardan, shuningdek,
matematekinani o'qtishda modellashtirish metodlaridan foydalanish qayd
qilinmoqda. Matematika metodikasi ta'lim jarayoni bilan bog'liq bo'lgan
quyidagi uch savolga javob beradi:
1. Nima uchun matematikani o'rganish kerak?
2. Matematikadan nimalami o'rganish kerak?
3. Matematikani qanday o'rganish kerak?
Matematika metodikasi haqidagi tushuncha birinchi bo'lib Shveytsariyalik
pedagog, matematik G.Pestalosining 1803 yilda yozgan " Sonni ko'rgazmali
o'rganish " asarida bayon qilingan. Boshlang'ich ta'lim haqida ulug' mutafakkir
Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino va boshqalar ta'lim va tarbiya haqidagi
hur fikrlarida boshlang'ich ta'lim asoslarini o'rganish muammolari haqida o'z
davrida ilg'or g'oyalami olg'a surgan1ar. MO'M o'zining tuzilish xususiyatiga ko'ra
shartli ravishda uch bo'limga bo' limidi:
1. Matematika o'qitishning umumiy metodikasi.
Bu bo'limda, matematika fanining maqsadi, mazmuni, metodo1ogiyasi shakli,
metod1ari va vosita1arining metodik tizimi pedagogik, psixo1ogik qonun1ar
hamda didaktik tamoyillar asosida ochib beri1adi.
2. Matematika o'qitishning maxsus metodikasi.
Bu bo'limda matematika o'qitish umumiy metodikasining qonun va qoidalarini
aniq mavzu materiallariga tatbiq qilish yo'llari ko'rsatiladi.
3. Matematika o’qitishning konkret metodikasi.
Bu bo'lim ikki qismdan iborat:
a) Umumiy metodikaning xususiy masalalari.
b) Maxsus metodikaning xususiy masalalari.
Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish metodikasi butun pedagogik
tadqiqotlarda pedagogik texnologiya, axborot texnologiyalari yutuqlarida
qo'llaniladigan metodlardan foydalanadi. Tadqiqotning maqsad va vazifalarini
yaqqol aniqlash, uning nazariy asoslari va tamoyillarini ishlab chig'arish, ishchi
faraz tuzish, boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish metodikasining shakllan-
ishida asosiy mezonlar hisoblanadi.
Umuman ” Metodika ” so’zi grekchadan olingan bo’lib, ” yo’l ” ma’nosini
bildiradi. Boshlang’ich sinflarda matematika o`qitish metodikasi, universitetlarning
boshlang’ich ta’lim yo’nalishining 2 va 3 kurslarida 80 soat ma’ruza, 160 soat
amaliy, 64 soat seminar mashg’ulotlarini o’tkazish rejalashtirilgan.
Bashlang’ich sinflarda matematika o’qituvchisi o’z fanini fan sifatida bilishga
majbur. O’qituvchi bilimining sifati, uning o’quvchilari bilimining sifatli
bo’lishiga albatta ta’siri bo’ladi. Lekin buning o’zi yetarli emas. Chunki o’qituvchi
fanni bilishi bilan, bu bilimlarni o’quvchilarga yetkazib berolmasligi mumkin.
Shuning uchun o’qituvchi matematikani bilish bilan birga, o’qitish vositalarini,
o’qitish usullarini, o’qitishning yangi texnologiyalarini ham bilishi kerakki,
o’quvchilar matematikaga qiziqishlari rivojlansin, matematik bilimlarni
mustahkam o’zlashtirishsinlar va bu bilimlarni amaliyotga va bilimning boshqa
sohalariga tadbiq eta olsinlar. Bu matematika o’qitishning vositalarini,usullarini
o’rganish matematika o’qitish metodikasining maqsad va vazifalaridan iboratdir.
Ma’lumki har bir fan fan bo’lishi uchun uning maqsadi va vazifalari, shu fandan
foydalanuvchilari va darsligi bo’lsagina fan hisoblanadi. Bundan ko’rinadiki
boshlang’ich sinflarda matematika o’qitishning mundarijasi quyidagicha bo’ladi.
Matematika o`qitish metodikasini o’rganishga iod quyidagi savollarga javob
berish kerak:
Nega o’qitish kerak? Bunda boshlang’ich sinflarda Matematika o`qitishning
maqsad va vazifalari yotadi. Ya’ni boshlang’ich sinf matematika fanida
o’rganiladigan tushunchalar sistemasi, ham o’rganish usullari maqsad qilib
qo’yilgan.
Nimani o’qitish kerak? bunda dasturda talab etilgan tushinchalarni tanlash va
bu tushunchalarni asosli va tizimli ravishda ravon til bilan asoslab olish kerak. bu
qanday vosita va usullardan foydalanishga asos bo’lsin.
Qanday o’qitish kerak? bunda asoslab olingan materiallarning o’ziga xosligiga
ko’ra o’qitish vositalari, usullaridan foydalanib o`qitish metodikasi ishlab
chiqiladi.
O’qitishni qanday tashkil qilish kerak? Bunda yuqorida aytilgan savollarga
ketma – ket javoblar berilsa, o’qitishning bir butun doirasi hosil bo’ladi. Bunga
matematika o`qitish metodikasining mundarijasi deyiladi.
Ma’lumki matematika o`qitish metodikasining mundarijasi kesimida ishchi
o’quv dasturlari, ma’ruzalar majmuasi tuzish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Boshlang`ich sinf o`quvchilariga matematikani muvaffaqiyat bilan o`qitish
uchun mehnat faoliyatini boshlovchi o`qituvchi matematika o`qitishning ishlab
chiqilgan tizimini, ya'ni boshlang`ich sinflarda matematika o`qitish metodikasini
egallagan bo`lishi va shu asosda mustaqil ravishda ijodiy ishga kirishishi kerak.
Shunday qilib, o`qitishning maqsad va vazifalari, maqsad yo’nalishida
materiallarni tanlash, asosli va tizimli ravishda asoslash, tanlangan materiallarga
moslab o’qitish vositalarini, o’qitish usullarini aniqlash, o’qitishni zamon talablari
darajasida tashkil qilish va o’tkazish metodik tizimning asosiy komponentalaridir.
A. M. Pishkalo bu tizimni o`ziga xos quyidagicha grafik bilan tasvirlaydi.
Bu sxemada boshlang’ich sinflarda matematika o`qitish metodikasining
mazmuni va tuzilishi ochib berilgan. Shuningdek, o’quvchilarning o’qish faolyatini
qanday tashkil etish masalalari ham yoritilgan.
Ma’lumki matematika o`qitish metodikasi fani ham barcha fanlar qatori
tarbiyaviy xarakterga ega. Bu haqda M.A.Bantova shunday deydi. ”metodikaning
vazifasi o’qituvchini matematika o’qitishning shunday usul va vositalari bilan
qurollantirishidan iboratki, bu usullar va vositalar yangi insonni, yangi jamiyat
kishisini tarbiyalashga, o’quvchilarning aqliy rivojlanishiga imkon bersin,
o’quvchilarning matematikaga qiziqishlarini rag’batlantirsin,”!
Boshlang’ich sinflarda matematika o`qitish metodikasi boshlang’ich ta’lim
yo’nalishidagi fakultetlarda o’rganiladigan ona tili, mehnat ta’limi va boshqa fanlar
metodikasi bilan ko’p tomonlama uzviyliklarga ega. Boshlang’ich ta’limda
matematika o’qitish, boshqa fanlar qatori ta’lim, tarbiya va amaliy vazifalarni hal
qilishi kerak.
Eng avvalo shuni ta'kidlash kerakki, o`zining bazaviy fani bo`lmish-
matematika fani bilan uzviy ravishda bog`langan. Yani boshlang’ich sinflarda
beriladigan bilimlar matematikani o’rganishning keyingi bosqichlariga tayanch
vazifasini bajaradi. XVIII asrda matematikada natural son deyilganda birlar
to’plami tushunilgan. Boshlang`ich matematik hisoblashlarda birinchi o`nlik
sonlarining har birini birlardan tuzishga doir mashqlarga katta ahamiyat berilgan.
Hozirgi zamon matematikasi natural son tushunchasini asoslashda toplamlar
nazariyasiga tayanadi. Masalan, chekli to`plamlar elementlari orasida o`zaro bir
qiymatli moslik o`rnatish o`zaro ekvivalent to`plamlar sinflarini ajratish imkonini
beradi, shu bilan birga bu sinflarning har birini xarakterlovchi umumiy narsa -
natural sonlarni ajratish imkonini beradi. Natural son mohiyatini bunday tushunish,
o`qitish amaliyotiga1 narsalarning taqqoslanayotgan to’plamlari elementlari
orasida o`zaro bir qiymatli moslik o`rnatishga doir mashqlarni kiritishga olib
keladi.
1 sinf uchun mo`ljallangan hozirgi zamon matematika darsligining dastlabki
sahifalarida bu o`quvchilar uchun berilgan bunday topshiriqlarga duch kelamiz:
- Narsalarning rangi, shakli, o’lchamlariga bog’liq rasmlarga;
- Narsalarning uzun – qisqa, keng – tor, baland – past, ustida – ostida, chapda –
o’ngda, yuqoridan pastga, pastdan yuqoriga bo’lgan rasmlarga;
- Narsalarning bir xil, har xil, ko’p, kam, shuncha, ikkita ortiq, ikkita kam kabi
tushunchalarga bog’liq rasmlarga;
- Narsalarning “har bir”, “hammasi”, “shundan boshqa hammasi” kabi
tushunchalarini anglatuvchi rasmlarga;
- Narsalarni ajratish, sanog’ini va ketma – ketligini o’rgatishga doir rasmlar
berilgan. Shu rasmlarga qarab topshiriqlarni bajarish jarayonida o’quvchilar
ko’rsatilgan to’plamlar elementlari orasidagi o’zaro bir qiymatli moslik o’rgatishga
yo’naltiradi va yuqoridagi narsalarning xossalarini anglatuvchi tushunchalar haqida
dastlabki tasavvurlar hosil bo’la boshlaydi. Bu esa o’quvchilarda natural son
tushunchasini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.
Matematikadagi hisoblash amallari unga qo’yilgan talablar dastlab
boshlang’ich sinf matematikasidayoq berilgan. Masalan, birinchi bosqich amallari
qo’shish va ayirish amali, ikkinchi bosqich amallari ko’paytirish va bo’lish,
kirishligi o’rgatiladi. Shuningdek, bu amallarning bajarilishi tartibi quyidagicha
bajariladi. Agar ifodalarda qavs ishtirok etgan bo’lsa dastlab qavs ichidagi amal
bajariladi, keyin ikkinchi bosqich amali, so’ngra birinchi bosqich amali chapdan
o’ngga tomon tartibda bajariladi. Bu tushunchalar matematikaning keyingi
bosqichlari uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Matematika o`qitish metodikasi
umumiy matematika metodikasi bilan bog`liq.
Boshlang’ich sinf matematika o`qitish metodikasi pedagogika fani bilan uzviy
bog`liq bo`lib, uning orasidagi qonuniyatlariga tayanadi. Matematika o`qitish
metodikasi bilan Pedagogika orasida ikki tomonlama bog`lanish mavjud. Bir
tomondan matematika metodikasi pedagogikaning umumiy nazariyasiga tayanadi
va shu asos shakllanadi, bu hol matematika o`qitish masalalarini hal qilishda
metodik yaqinlashishning bir butunligini ta'minlaydi.
Ikkinchi tomondan, pedagogika umumiy qonuniyatlarini shakllantirishda
xususiy metodikalar tomonidan erishilgan ma'lumotlarga tayanadi, bu uning
hayotiyligi va aniqligini ta'minlaydi.
Demak, pedagogika fani metodika fanining aniq materialidan «oziqlanadi»,
undan pedagogika fani ma’lum umumlashtirishlarda foydalanadi va o`z navbatida
u matematika ganini ishlab chiqishda yo`naltiruvchi manba bo`lib xizmat qiladi.
Matematika o’qitish metodikasi fani pedagogika, psixologiya va yosh
psixologiyasi fanlari bilan ham bog`liqdir. Tarbiya va ta'limning bir qator ma’lum
masalalarini hal qilishda o`qituvchi pedagogik psixologiya va yosh psixologiyasiga
oid bilimlardan foydalanishi kerak. Yosh psixologiyasi ta'lim ta'sirida kishi
ma'naviy qiyofasining shakllanish qonuniyatlarini, turli yoshdagi bolalarning
psixologik xususiyatlarini, shuningdek, bolalarning bilimlarni o`zlashtirishlarining
psixologik qonuniyatlarini, ularning mustaqilliklari va ijodlarining rivojlanishini,
o`quvchilar shaxsining kamol topish qonuniyatlarini o`rganadi. Bu esa o`quv –
tarbiya ishini tashkil etishda katta ahamiyatga ega.
Bundan tashqari, boshlang`ich matematika o’qitish metodikasi fanning boshqa
fanlarni o’qitish metodikasi fanlari (ona tili, tabiatshunoslik, mehnat, rasm..) bilan
uzviy bog’lanishda o’rganila boradi. Fanlar aro uzviylikni taminlash o’quvchilarni
hozirgi zamon talablari asosida tarbiyalashga, bilish darajasining sifatli bo’lishini
taminlaydi. Buni o’qituvchi hisobga olishi juda muhim hisoblanadi.
Boshlang`ich ta'limning turli o`quv predmetlariga oid darslarda o`quvchilar
tevarak atrofdagi voqia va hodisalar, ularning xossalariga oid aniq tasavvurlar
oladilar.
Matematikaning farqlantiruvchi xususiyati shundan iboratki, matematika
ob’ektiv borliqni o`rganish bilan bir vaqtda o`rganilayotgan voqia va
predmetlarning aniq mazmunidan, moddiy dunyoning eng umumiy tomonlariga
tegishli bo`lmagan, uning miqdoriy tomonlariga hamda fazoviy shakl va
munosabatlariga tegishli bo`lmagan hamma narsaga nisbatan abstraktsiyalanadi.
Matematikaning buyuk kuchi shundadir, ya'ni tushunchalarning abstraktligi va
umumiyligidadir, boshqa o`quv fanlari bilan bir tomonlama ko`plab bog`lanishlar,
munosabatlar o`rnatish imkoniyatlari ana shundadir.
Bunday bog`lanishlarni o`rnatishda umumiy faktlarni, ya'ni son haqidagi,
matematikaning hisoblashga oid amallari, geometrik figuralar, miqdorlar, shakllar
haqidagi tasavvurlar va algebraik tushunchalar: har xil bilim va ko`nikmalar;
faoliyat turlari; o`qitishning forma va metodlarini asos qilib olish mumkin.
Matematika, bilish maqsadiga yo’naltirilgan va belgili jarayonga asoslangan
amallar sistemasidan iboratdir. O’quvchilarga matematika o’qitish maqsadini
nazarda tutib, o’zimizga shunday savollar berish mumkin:
O’qitish va bilish jarayonlarini qaysi yo’nalishda olib borish maqsadga
muvofiq. Xususiy xulosalardan umumiy xulosalar chiqarishgami yoki
teskarisigami?
O’qitishning qanday formalari maqsadga muvofiq:
So’hbat shaklida o’qitishmi;
Bayon qilish bilan o’qitishmi;
Maqsadga yo’naltirilgan tanlangan masalalar yechishmi;
Kitob o’qish shaklidami.
Bulardan qaysi biri shaklida o’qitishni aniqlash uchun matematikani
o’zlashtirish va bilib olishlarini taminlash sifatida va o’rgatish formasi sifatida
qarab ajratish mumkin.
Bunda o’quvchilarning bilishlarini taminlashga “indiktuv”, “deduktiv”,
“analiz va sintez” o’qitish metodlarini kiritish mumkin.
O’qitishning induktiv usili
umuman induksiya deb xususiy fikrlardan umumiyroq fikrga boraturgan
xulosaga aytiladi.
Induksiyaga asoslanib o’qitish usulini induktiv o’qitish usuli deyiladi.
Matematikaning hisoblash amallarini bajarishda, yani masalalarni o’rganishda
induktiv usuldan foydalaniladi. Agar biror misol, mashq yoki masalani induktiv
usul bilan darsni olib borish uchun dastlab o’qituvchi bir necha sodda masalalarni
tanlab oladi, ularni sinfda tahliliy izohlar bilan yechadi. Masalalarni birin – ketin
yechib, o’quvchilar masalalarning xossalarini, yechish yo’llarini anglaydi va
tushuna boshlaydilar va navbatdagi masalalarni yechishda ulardan foydalaniladilar.
O’qitishning deduktiv usuli
Deduktiv deb umumiy fikrlardan xususiy fikrlar chiqarish yo’liga aytiladi.
Deduktivga asoslangan o’qitish usuliga deduksiya usuli deyish mumkin.
Deduksiyaga asoslangan isbotlar ushun ancha tajribaga ega bo’lishlikni talab
qiladi. Bu matematikaning keyingi bosqichlarini o’qitishda qo’llaniladilar. Bazi
Murakkab tushunchalarni o’rganishda induktiv muhokamalar deduktiv
muhokamalar qo’shila boshlaydilar. Masalan, o’quvchi 586 sonini 34 ga
ko’paytirishda oldin 586 ni 30 ga ko’paytiradilar. So’ngra 586 ni 4 ga ko’paytirib
hosil qilingan ko’paytmalarni qo’shadi. O’quvchiga bunday qilish aytilmagan
bo’lsa ham, o’quvchi o’ziga ma’lum bo’lgan tushunchaga asoslanadi.
O’quvchining oldindan ma’lum bo’lgan tushunchadan foydalanishi deduktiv
usuldan foydalanish hisoblanadi.
Metodlar haqidagi masala – o`qitishda yuqori ta'lim va tarbiyaviy natijalarga
erishish uchun qanday o`qitish haqidagi masaladir.
Pedagogikada turli metodlar qaraladi, jumladan ilmiy tadqiqot metodlari
mavjud.
Ilmiy tadqiqot metodlari – bu qonuniy bog`lanishlarni, munosabatlarni,
aloqalarni o`rnatish va ilmiy nazaryalarni tuzish maqsadida ilmiy informatsiyalarni
olish usullaridir.
Ko`zatish, ekspriment, maktab hujjatlarini o`rganish, o`quvchilar ishlarini
o`rganish, suhbat va anketalar o`tkazish ilmiy - pedagogik tadqiqot metodlari
jumlasiga kiradi. So`nggi vaqtlarda matematik va kibernetik metodlardan,
shuningdek modellashtirish metodlaridan foydalanish hollari ko`zatilmoqda.
Boshlang`ich matematika o`qitish metodikasida butun pedagogika
tadqiqotlarda qo’llaniladigan metodlarning pedagogik o`zidan foydalaniladi.
Kuzatish metodi. – odatdagi sharoitda kuzatish natijalarini tegishlicha qayd
qilish bilan pedagogik jarayonni bevosita maqsadga yo’naltirilgan holda idrok
qilishdan iborat. Kuzatish metodidan o`quv – tarbiya ishining u yoki bu sohasida
ishning qanday borayotganini o`rganish uchun foydalaniladi, bu metod o`quvchi va
o`qituvchi faoliyatlari haqida majbur qilinmagan tabiiy sharoitda faktik material
to`plash imkonini beradi. Bu metodning asosiy afzalligi shundan iboratki, u
pedagok hayotining, haqiqatning bevosita manzarasini tasavvur qilish imkonini
beradi.
Ko`zatish jarayonida tadqiqotchi o`quv jarayonining odatdagi borishiga
aralashmaydi. Ko`zatish aniq maqsadni ko`zlangan reja asosida qisqa yoki uzoq
vaqt oralig`ida davom etadi. Kuzatishning borishi, faktlari, sodir bo`layotgan
voqealar, jihozlar kuzatish kundaligiga diqqat bilan qayd qilib boriladi.
Kuzatish tutash yoki tanlama bo`lishi mumkin. Tutash kuzatishda kengroq
olingan hodisa (masalan, matematika darslarida kichik yoshdagi o`quvchilarning
bilish faoliyatlari), tanlama kuzatishda kichik – kichik hajmdagi hodisalar
(masalan, matematika darslarida o`quvchilarning mustaqil ishlari) kuzatiladi.
Eksperiment – bu ham kuzatish bo`lib, maxsus tashkil qilingan, tadqiqotchi
tomonidan nazorat qilib turiladigan va sxematik ravishda o’zgartirib turiladigan
sharoitda o`tkaziladi. Pedagogik ekspriment o`qitish va tarbiyalashning u yoki bu
metodi, usulining, ko`rsatma - qo`llanmalarning samaradorligini tadqiq qilishda
qo`llaniladi.
Ekspriment o`tkazishdan oldin tadqiqotchi tadqiq qilinishi kerak bo`lgan
masalalarni aniq ifodalab olishi bunday masalalarning hal qilishi maktab amaliyoti
va pedagogika fani uchun ahamiyatli bo`lishi kerak. Ekspriment o`tkazishdan oldin
tadqiqotchi o`rganish predmeti bo`lmish masalaning nazariyasi va tarixi bilan
tanishib chiqadi. Tadqiqotda gipotezaning tuzilishi katta rol o`ynaydi. Butun
eksprimentni tashkil qilish gipotezani tekshirishga yo`naltiriladi. U material
to`plash yo`llarini belgilash imkonini beradi, tadqiqotning faktik materialda
chalkashib ketishiga yo`l qo`ymaydi.
Ekspriment natijalarini analiz qilish taqqoslash metodi bilan o`tkaziladi.
Buning uchun 2 yoki bir necha guruh tuziladi, bu guruhlarga kirgan o`quvchilar
tarkibi, tayyorgarlik darajalari va boshqa ko`rsatgichlar bo`yicha imkoni boricha
bir xil bo`lishi kerak. Bir xil eksperimental (E) sinflarda tadqiqotchi tomonidan
maxsus ishlab chiqilgan material bo`yicha ish bajariladi.
Taqqoslash uchun nazorat sinflar tanlanadi, bu sinflar o`quvchilar tarkibi, bilim
darajalari bo`yicha taxminan (E) sinflarga teng kuchli bo`lishi kerak, bu sinflarda
matematika (E) sinflar bilan bir xil o`qitiladi, faqat eksprimental sinflarda
qo`llaniladigan metodlar, vositalar va h.k qo`llanilmaydi.
Pedagogik tadqiqotlarning keng tarqalgan metodlaridan biri o`quvchilar ishlari
va hujjatlarni o`rganishdan iborat. O`quvchilarning ishlari ularning dasturning
ayrim bo`limlari bo`yicha tayyorgarlik darajasini aniqlash, o`qitishning ma'lum
davrida o`sish va rivojlanishni kuzatish imkonini beradi. Masalan, maxsus yozma
va grafik ishlar shu maqsadda o`tkaziladi, natijada o`quvchilarning qanday
darajada siljiyotgani ko`rinadi.
O`quvchilarning yozma ishlarda yo`l qo`ygan xatolarini tahlil qilish muhim
ahamiyatga ega. Bunday tahlil butun sinf o`quvchilarining duch keladigan tipik
qiyinchiliklarini shuningdek, o`quvchilarning matematikani o`zlashtirishlaridagi
individual xususiyatlarini aniqlash imkonini beradi.
O`quv hujjatlari (O`quv rejasi dasturi, metodik ish hujjatlari, hisobotlar….)
o`quv – tarbiyaviy ishlarining rivojlanish jarayoni va holatini aks ettiradi.
O`quvchilarning daftarlarini o`rganish, ilmiy tadqiqot ishi uchun ahamiyatga
ega. Uzoq vaqt davomida daftarlarni tahlil qilish o`quvchilar ishining
xususiyatlarini ochishga va o`qituvchi ishi tizimiga yordam beradi.
Biror masalaga nisbatan fikrlarni aniqlash, ba'zi faktlarni to`plash talab
qilingan hollarda
Do'stlaringiz bilan baham: |