Kontekst menyu oynasi.
Komponentalar palitrasini asosiy menyu panelidan olib tashlash mumkin. Buning uchun sichqonchaning o’ng tugmasini bosish va hosil boigan menyu (20.23- rasm)dagi Component Palette so‘zi oldidagi belgini sichqoncha tugmasini ikkita bosib, olib tashlash kifoya qiladi. Komponentalar palitrasining o'rni Borland C + + Builder 6 interfeysida qat’iy tayinlanmagan. Uni o'zimiz xohlagancha joylashtirishimiz mumkin. Buning uchun kursorni palitraning chap chekkasiga olib borib, sichqonchaning chap tugmasini bosib, qo‘yib yubormagan holda, yangi joyga joylashtirish mumkin. Agar palitra asosiy menyudan tashqariga chiqib ketsa, yangi oyna ochiladi. Bunda komponentalar palitrasiga qo‘shimcha buyruqlar kiritish uchun sichqonchaning o‘ng tugmasi bosiladi. Bunda kontekst menyu paydo boladi (20.24-rasm). Bu oynada ixtiyoriy sahifaga Tabs vositasida tez o’tish imkoniyati mavjud (20.25-rasm). ShowHints tushuntish ma'lumotlari beriladi. Hide palitrani bekitish, Help ma’lumotlarni olish, yordamni chaqirish, Properties xususiyatlarni o‘rnatish Bu oynada ixtiyoriy sahifani qaytadan ko'rib chiqish mumkin. Rename buyrugi orqali sahifani qayta nomlash mumkin. Add buyrug’i orqali yangi sahifa qo‘shish mumkin. Delete ixtiyoriy sahifani о chirish mumkin. Bu sahifalarning berilish ketma-ketligini o'zgartirish imkoniga egamiz. Masalan, System sahifasi Standard sahifasidan keyin berilgan edi, System satrini aktivlashtiramiz va sichqonchaning chap tugmasini bosamiz. MoveUp buyrug'i orqali Standard dan tepaga joylashtiramiz va OK ni bosamiz. Endi System sahifasi Standard, sahifasidan oldin joylashgan boiadi. Xuddi shuningdek, komponentalarning MoveUp va MoveDown buyruqlari, joylashish ketmaketligini o'zgartirish mumkin.
Forma dizavneri
Forma dizayneri ilovaning interfeysidagi vizual komponentalarni ifodalash uchun xizmat qiladi (20.26-rasm).
Forma dizayneri.
Form dizayner sarlavhasi Formaning chap yuqori qismida (C++Form 1) berilgan. Formaning o’ng yuqori qismida standart oynani berkituvchi va kichiklashtiruvchi buyruqlar piktogrammasi joylashgan.
1.2 DEV C++ kompilyator haqida malumot.
Dasturlardan foydalanib, biror ish bajarish va shu orqali natija olish, unchalik qiyin jarayon emas. Bir marotaba ko‘rib olgan inson, keyingi safar o‘zi bajara oladi. Ko‘pchilik adashtiradigan narsa, bu
foydalanuvchi dasturchi deyilmaydi, faqatgina dastur foydalanuvchisi bo‘ladi xolos. Dasturchi, foydalanuvchilar foydalanishi uchun dastur yaratadi va bu jarayon juda murakkab hisoblanadi.
Dasturchilik bilan shug‘ullanishni endi boshlagan yoshlar ko‘p qiyinchiliklarga duch kelishadi. Bu qiyinchiliklar asosan terminlarning tushunmasligidan kelib chiqadi. Bu maqolamda dasturlashning eng kerakli termini hisoblangan interpretator vakompilyator haqida yozib o‘taman.
Dasturlash jarayonida dasturchi o‘z dasturini yaratish uchun xar hil turdagi kodlar yozadi. Kodlarnining qanday bo‘lishi qaysi dasturlash tilidan foydalanib, dastur tuzishga bog‘liq bo‘ladi. Dasturlash tillaridan C, C++, Java,... .Yozilgan kodlarni kompyuter tushunmaydi, kompyuter tushunishi uchun uchun bu kodlarni
kompyuter tushunadigan tilga o‘zgartirish lozim. Mana shu vaziyatda yuqoridagi 2 ta termin kerak bo‘ladi(kompilyator yoki interpretator).
Kompyuter faqatgina raqamli kodlarni tushunadi, ya’ni 0 yoki 1. Bu 2 son orqali dastur tuzish juda qiyin hisoblanadi(manimcha bunday sonlar orqali dastur tuzuvchilar sanoqli bo‘lsa kerak). Shuning uchun, insonlar tushunadigan qilib dasturlash tillari yaratilgan. Ketma-ketlikni tushungandursiz, dasturchi dasturlash tillari orqali kodlar yozadi va bu kodlar kompyuter tushunadigan 0 va 1 sonlariga almashtiriladi va dastur kompyuterda ishlaydi, bu jarayonni kompilyator yoki interpretator amalga oshirib beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |