Kompilyator — murakkab dasturdir, dasturlash tilida yozilgan barcha kodlarni birdanigaob’yektli kodga o‘zgartirib beradi. Ob’yektli kodni yana ikkilik kod yoki mashina kodideb ham atashadi. Keyinchalik bu ob’yektli kod kompyuterda to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlatilishi mumkin bo‘ladi. Dasturlash tillarida yozilgan kodlar bu ob’yektli kodga ta’sir qilmaydi. Ob’yektli kodni o‘zgartirish uchun esa, qaytadan kompilyatsiya qilinib ob’yektli kod o‘zgartiriladi. Natija bajariladigan, .exe ko‘rinishidagi fayl bo‘ladi. Bu faylni bloknotda ochib o‘zgartirib bo‘lmaydi, ya’ni bu fayl tayyor dastur hisoblanadi. Kompilyatorning kamchiligi sifatida, dasturlash tilidagi ma’lum bir qatorlani alohida tekshirish imkoniyati yo‘qligidir, uning uchun ob’yektli kod yaratib, uni ishga tushurish lozim bo‘ladi, ortiqcha ish bo‘lib qoladi. Undan tashqari ba’zi kompilyatorlar bir dasturlash tilidan, ikkinchisiga ham o‘zgartirib berishi mumkin. Kompilyator ishlatadigan dasturlash tillariga C, C++, Delphi larni misol qilib keltirish mumkin. Interpretator — ham dastur ham jihoz ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Bu ham kompyuter tiliga o‘zgartirib berish vazifasini bajaradi, faqatgina ishlash
texnologiyasi boshqacharoqdir. Interpretator, dasturlash tilida yozilgan kodlarni ketma — ket o‘qib, mashina tiliga o‘zgartirib boradi. Xatolik paydo bo‘lsa, o‘sha zahoti dasturchiga ma’lum qiladi. Bu ketma — ketlikda o‘zgartirish, kompilyatorga nisbatan sekinroq amalga oshiriladi(ba’zi holllarda kompilyatorga qaraganda 50 barobar sekin). Dastur natijasini ko‘rish uchun, har safar kodlarni interpretatordan o‘tkazish kerak bo‘ladi(kompilyatorga o‘xshab bir marotaba
ob’yekt kod yaratib qo‘yib, keyin har doim ishlatishning iloji yo‘q). Bundan ko‘rinib turibdiki, interpretator asosan saytlar, umumiy holda veb dasturlashda ishlatiladi. Biror saytning yuklanishi jarayni uzunligi, interpretatorda o‘zgartirish amalga oshirilishi bilan tushuntirilishi mumkin. Interpretator ishlatadigan dasturlash tillariga PHP, JavaScript, JScript, Basic,... misol bo‘la oladi.
Bu ikki termin umumiy holda translyator deyiladi, ya’ni o‘zgartirgichlardir. Biror proyektlar qilganda bu 2 o‘zgartirgichlar birgalikda ham ishlatilishi mumkin. Biror dasturlash tili bilan jiddiy shug‘ullanmoqchi bo‘lsangiz, dastlab siz yozadigan kodlar qay tarzda kompyuter tiliga o‘zgartirilishini o‘rganib oling. Bu dasturlashning asosi hisoblanadi.
Dasturlash tillari bilan shug‘ullanadigan dasturchilar ba’zi bir terminlar bilan juda ko‘p to‘qnash kelishadi. C++ dasturlash tili ham bundan mustasno emas. Oldin shu haqida, undan so‘ng esa C++ ni ishlatish uchun nimalar kerakligini ko‘rib chiqamiz.
Demak terminlarni ko‘rib chiqamiz: Kompilyator - bu o‘zgartirish degan ma’noni beradi. Ya’ni dasturlash tilida yozilgan dastur(C++ bo‘lsa, *.c, *.cpp)ni kompyuter tushunadigan tilga o‘zgartirib, uni ishlashini ta’minlaydi. Bu degani dastur kompyuterda to‘liq ishlaydi. Bundan ko‘rinib turibdiki, C++ da dastur tuzish uchun kompilyator o‘rnatish zarur. Linux operatsion tizimida kompilyator o‘rnatilgan bo‘ladi(GCC, G++).
Kompilyatsiya - o‘zgaruvchi jarayon, ya’ni yuqori pog‘onali dastur kodlari(misol uchun C++ da tuzilgan kod)ni quyi pog‘onali ishlovchi kodga aylantirish jarayoni.
Do'stlaringiz bilan baham: |