asosiy urinni egallaydi.
Bola taraqqiyoti xam karama-karshiliklar birligi va kurash, ya‟ni mavjud
ehtiyojlar bilan bolaning real imkoniyatlari o‟rtasidagi kurash natijasidir. Falsafa
konunlari bolalar psixologiyasi fani uchun metodologik asos bulib
xizmat kiladi.
Pedagogika va bolalar psixologiyasi.
Pedagogika-ta‟lim va tarbiya konunlari, metod va usullari xakidagi fan. U
ta‟lim va tarbiyaning maksad va vazifalarini, ularning shaxs tarakkiyoti va jamiyat
xayotidagi urnini ochib beradi. Pedagogika va psixologiya
fanlarining insonga
ta‟lim va tarbiya berish soxasidagi xamkorligi chukur tarixga ega. Uz davrida
mashxur rus pedagogi KA. Ushinskiy pedagogika barkamol shaxs tarbiyasining
rejasini ishlab chikishi uchun inson xakidagi barcha fanlarning yutuklariga taya-
nishi kerakligi, bu fanlar orasida esa psixologiya markazi o‟rin egallashini
ta‟kidlagan edi. Bolaga ta‟lim va tarbiya berishga
oid vazifalarni xal etishda
pedagogika kanday qilib ta‟lim-tarbiya berish kerakligini aytsa, psixologiya nima
uchun aynan shunday qilish kerakligini aniqlaydi.
Masalan, pedagogika maktabgacha yoshdagi bolalar ta‟limi va tarbiyasida
uyin usullaridan foydalanish kerakligini ta‟kidlaydi. Psixologiya esa buning sababi
ushbu yosh davrida o‟yin yetakchi faoliyat ekanligini tushuntiradi.
Tibbiyot va bolalar psixologiyasi.
Tibbiyot-inson salomatligi va kasalliklari, kasalliklarning oldini olish va
ularni
davolash, shuningdek, salomatlikni mustaxkamlash xakidagi fan. Tibbiyot
va psixologiyaning uzaro xamkorligi natijasida psixosomatika – psixologik
omillarning salomatlikka kasalliklar kelib chikishga ta‟sirini o‟rganadi. Bolalarda
uchraydigan ko‟pgina kasalliklarning manbai psixologik xarakterga egadir.
Masalan, Tadkikotlarning ko‟rsatishicha, bronxial astma bilan ogrigan kasallarning
ko‟pchiligiga bolaligidan ota-onalari emotsiyalarni erkin ifodalash,
tashabbus
ko‟rsatish imkoniyatini chegaralaganlar.
Umumiy psixologiya va bolalar psixologiyasi.
Umumiy psixologiya – umumiy psixologik konuniyatlarni, psixologiyaning
nazariy tamoyillarini, asosiy kategoriyalarini, metodlarini o‟rganuvchi nazariy
eksperimental tadqiqotlardir. Masalan, umumiy psixologiya tafakkur faoliyatining
xususiyatlari, tafakkur turlari va operatsiyalari xakida
umumiy tasavvurni xosil
kiladi. Bolalar psixologiyasi esa turli yosh boskichlarida tafakkurning qanday
xususiyatlar kasb etishini, tafakkurning qanday rivojlanishini urganadi. Bundan
albatta, umumiy psixologiyadagi tasavnurlarga tayanadi, uning metodlari va
kategoriyalaridan foydalanadi.
Ijtimoiy psixologiya va bolalar psixologiyasi.
Ijtimoiy psixologiya – psixologiya
fanining tarmogi bulib, insonlarning
ijtimoiy guryxlarga mansubligi bilan takozolangan xulk atvori va faoliyatini,
shuningdek, shu ijtimoiy guruhlarning uzini o‟rganish bilan shug‟ullanadi. Bolalar
psixologiyasi bola psixik taraqqiyotini urganar ekan, albatta, bolalar guruxi, bu
guruxda bolalar urtasida amalga oshuvchi munosabatlarni e‟tibordan chetda
qoldirmaydi.
Bolalar psixologiyasi, ayniksa, bolaning tengdoshlari va kattalar bilan bulgan
mulokoti va uning bola rivojlanishiga ta‟sirini o‟rganishga aloxida e‟tibor karatadi.
Bolalar psixologiyasi fanining yosh psixologiyasi tarkibidagi o‟rni.
Bolalar psixologiyasi – yosh psixologiyasi fanining bulimlaridan biridir. Yosh
psixologiyasining, shu jumladan, bolalar psixologiyasining psixologiya fanidagi
boshqa tarmoqlardan farqi shundaki, u psixik xodisalarni o‟zini emas, balki
rivojlanishi va
yosh
bilan bogliq ravishda uzgarishini tadqiq etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: