4. Bolalar psixologiyasi: nazariya va amaliyot
Yosh psixologiyasining bugungi kundagi eng muxim muammolari
quyidagilardan iborat:
a) turli psixofiziologik funksiyalarning yoshga oid me‟yorlarini ilmiy jixatdan
asoslab berish;
b) individ, shaxsning yetuklik mezonlari va namunalarini aniqlash;
v) xayotning turli bosqichlarida insonning real va potensialimkoniyatlari
qanday bulishini aniqlash;
g) inson xayotining dastlabki bosqichlari uning kelgusidagi tarqqiyotida
qanday rol uynashini tushunish va ilmiy bashorat kilish.
Ushbu muammolarni xal
etish
uchun inson xayotining xar bir bosqichida -
bolalikda, uspirinlikda, yetuklik va qarilikda uning psixikasidagi uzgarishlarni
chuqur o‟rganish talab etiladi.
Ayrim urinlarda bolalar psixologiyasiga sinonim sifatida «genetik
psixologiya» tushunchasi ishlatilmoqda. Bu holatni to‟g‟ri deb baholash mumkin
emas. Chunki genetik psixologiya psixik jarayonlarning paydo bo‟lishi va
rivojlanishini o‟rganadi. Bolalar psixologiyasining predmeti esa faqat psixik
jarayonlar taraqqiyoti bilangina cheklanib qolmaydi.
Bolalar psixologiyasi fanining peadagogik psixologiya fani bilan aloqasi.
Pedagogik psixologiya XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib vujudga kelgan va
psixologiya faniga genetik g„oyalarning kirishi bilan yanada rivojlandi. Rus
pedagogi K.D.Ushinskiy (1824-1870) o„z asarlarida jumladan “Inson tarbiya
predmeti sifatida” asarida shunday deb yozadi: “Insonni har tomonlama
tarbiyalaydigan pedagog uni har tomonlama bilishi, tushunishi kerak”.
Bola tarbiyalash va uning rivojlanishining psixofiziologik jixatlarini
I.M.Sechenov (1829-1905) ko„rsatib o„tgan. U kishining psixik rivojlanishi sababli
bog„lanish asosida sodir bo„ladi deydi. Ya‟ni psixikaning kelib chiqish manbai -
o„zgarib turuvchi hayot sharoitlaridagi qo„zg„atuvchilardir va bu qo„zg„atuvchilar
inson nerv sistemasiga ta‟sir qiladi va murakkab bog„lanish paydo bo„ladi. Mana
shu bog„lanish esa bola psixikasining rivojlanishiga olib keladi.
I.P.Pavlovning bosh miya qobig„idagi nerv bog„lanishlari to„g„risidagi
qonunlari va umuman psixologik sohasida eksperimentlarning sezilarli yutuqlari
(Veber, Fexner) tomonidan xotiraning o„rganilishi yosh va pedagogik
psixologiyaning rivojlanishi yetarlicha asos bo„ldi.
Pedagogik psixologiya esa ta‟lim va tarbiyaning psixologik qonuniyatlarini
o„rgaadi. o„quvchining bilish faoliyati va ularning aqliy rivojlanishi bilishning
muloqotga kirishishi va mehnatining ongli sub‟ektlari sifatida shakllanib borishi
pedagogik psixologiyaning predmeti hisoblanadi.
Bo„lajak o„qituvchilar uchun mazkur kurs bo„yicha olinadigan bilimlar juda
muhim ahamiyatga ega. o„qituvchi o„z faoliyatida yosh psixologiya ma‟lumotlarini
qo„llay olish kerak.
O„z navbatida bolaning psixik rivojlanishidagi barcha bosqichlarda o„kuv
tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishda pedagogik psixologiya to„laqonli
javob beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |