Reja: Biznes nima ?



Download 50,14 Kb.
bet3/5
Sana10.07.2022
Hajmi50,14 Kb.
#769342
1   2   3   4   5
Bog'liq
Maruza

Тadbirkorlik g‘oyasi — bu odam (bir nechta shaxs)ning yoki tashkilotning o‘z atrofida (bozorda, ular yashaydigan jamoa) aniqlangan bir muammoni yechish yoki anglangan ehtiyojlarni qondirish zaruratiga javob reaksiyasidir.
Тadbirkorlik g‘oyasi — bu odamning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga eltuvchi fikrlar jamlanmasidir, ya’ni strategiyani amalga oshirishdagi taktik harakatlarning yig‘indisi bo‘lib hisoblanadi.
Hayotda har bir kishining qandaydir maqsadi bo‘ladi. Insonlar ko‘proq yaxshi yashashni, maqbul joylarda ishlashni va badavlat bo‘lishni orzu qilishadi. Maqsadlarga erishishda, asosan, boylik ham muhim ahamiyat kasb etganligi bois har bir kishi turli xil faoliyat yuritish bilan unga erishishga harakat qiladi. Insonni o‘z maqsadiga erishishida eng optimal yo‘lni tanlay bilishi (o‘qituvchi, muhandis, sotuvchi) ham
tadbirkorlikning bir ko‘rinishidir. Chunki bu bilan u o‘ziga eng qulay bo‘lgan daromad topish yo‘lini topadi. Buni insonning hayotda o‘z yo‘lini tanlay bilishi bilan bog‘lash mumkin. Shuning uchun tadbirkorlik

  • bu aynan savdodagi faoliyat emas, balki davlatning soliq yukini kamaytirish yo‘li orqali soliq to‘lovchilar sonini yanada ko‘paytirishga erishishi, korxona rahbari xodimlar holatiga qarab, moddiy va ma’naviy rag‘batlantirishi natijasida samaradorlikni oshirishi, «Тiko» rusumli avto- mashinaning egasi mashinani gazlashtirishi kabilar ham o‘z kasb soha- sidagi tadbirkorlik shakli bo‘lib hisoblanadi. Inson qaysi sohada bo‘l- masin, yaxshi natijaga erishishi uchun, avvalo, unda g‘oya bo‘lishi lozim.

Yaxshi tadbirkorlik g‘oyasi — bu muvaffaqiyatli korxona tashkil etishning muhim tarkibiy qismi, aniqrog‘i, dastlabki bosqichi. Yaxshi tadbirkorlik g‘oyalari, odatda, o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi. Aksincha, ular mashaqqatli mehnat, tinimsiz harakatlar va, hattoki, tadbirkor tomonidan g‘oyalarni yaratishda, ochilayotgan imkoniyatlarni aniqlash va baholashda ijodkorlik namoyish etilishining natijasidir.
Yaxshi g‘oyaning izlab topilishi — bu tadbirkorning orzu va ijodiy qobiliyatlarini tadbirkorlikdagi imkoniyatga aylantirish va uni amalga oshirish orqali muvaffaqiyatga erishishdagi birinchi qadamdir.
Ammo ikki narsani esda saqlash kerak:

  1. tadbirkorlik g‘oyasi dastlabki bosqich bo‘lsa-da, u — faqat vositadir;

  2. g‘oyaning o‘zi, eng yaxshi g‘oya bo‘lsa ham, muvaffaqiyatga erishish uchun yetarli emas.

Boshqacha qilib aytganda, o‘zining juda muhimligiga qaramasdan, g‘oya hali faqat rivojlantirilishi va to‘laqonli ishga aylantirilishi lozim bo‘lgan vositadir.
Тadbirkorlik g‘oyasining muhimligi yuqoridagi ta’riflardan ma’lum bo‘lishicha, u tadbirkorni o‘z maqsadi sari yetaklaydi. Shu sababli, eng optimal tadbirkorlik g‘oyalarini topish va shakllantirishning quyidagi sabablarini ko‘rsatishimiz lozim:

    • bozorning ehtiyojlariga javob berish;

    • tovar stilini va unga nisbatan talablarni o‘zgartirish;

    • raqobatbardosh bo‘lib qolish;

    • texnologiyani rivojlantirish uchun, tovarni yaxshiroq ishlash;

    • chiqarilayotgan mahsulotning hayotiy aylanishiga rioya etish;

    • tavakkalchilikni taqsimlash va omadsizlik natijalarini yumshatish;

    • iqtisodiy qiymat barqarorligini ta’minlash.

Agar tadbirkorlik g‘oyalari biznesni boshlash uchun shu qadar ahamiyatli bo‘lsa, uni shakllantirish va uning manbalarini qidirib topish
talab etiladi. G‘oyalarning manbalari sifatida, avvalambor, shaxsning o‘z bilim va ko‘nikmalari, hayotiy tajribasi va mavjud muhit hisoblanadi.
Butun dunyodagi millionlab tadbirkorlar va ularning muvaffaqiyatlari tadbirkorlik g‘oyalarining ko‘pgina potensial manba-lari borligidan dalolat beradi. Ayrim eng foydalilari quyida bayon etilgan.


Тadbirkorlik g‘oyalarining manbalari:



    • qiziqishlar/shaxsiy manfaatlar;

    • shaxsiy ko‘nikmalar va tajriba;

    • franshiza (boshqa firma mahsulotini ishlab chiqarish va sotish huquqi);

    • ommaviy axborot vositalari (gazetalar, jurnallar, televideniye, Internet);

    • ko‘rgazmalar;

    • tadqiqotlar;

    • shikoyatlar;

    • aqliy hujum;

    • ijodkorlik.

Qiziqishlar/manfaatlar. Xobbi (qiziqish) — bu bo‘sh vaqtda xohish bo‘yicha bajariladigan mashg‘ulot yoki faoliyat. Ko‘pgina odamlar o‘z qiziqishlari bilan shug‘ullanish jarayonida yoki manfaatlarini qondirish orqali tadbirkorlikka kirishgan. Agarda siz, misol uchun, kompyuter o‘yinlari yoki noan’anaviy retseptlar bo‘yicha taom tayyorlash, musiqa, sayohat, sport yoki san’atning ijro turlari (qo‘shiq, drama va h.k.) va faoliyatning ko‘pgina boshqa turlaridan lazzat olsangiz, siz ularni ko‘pincha to‘laqonli tadbirkorlikda rivojlantirishingiz mumkin. Masalan, agar siz sayohat, san’atning ijro turlaridan lazzatlansangiz va mehmonlarni qabul qilishni xush ko‘rsangiz, siz jahon iqtisodiyotining eng yirik sohalaridan biri bo‘lgan turistik tadbirkorlik bilan shug‘ullanish imkoniyatini ko‘rib chiqishingiz mumkin.
Shaxsiy ko‘nikmalar va tajriba. Muvaffaqiyatli korxonalarga asos bo‘lgan g‘oyalarning qariyb yarmi ish joyida yig‘ilgan tajribadan kelib chiqqan; katta garajda ishlagani tufayli tajriba orttirgan va shuning natijasida avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish uchun o‘zining shaxsiy stansiyasini ochishga qaror qilgan yoki avtomobilni o‘z tadbirkorligida ishlatayotgan avtochilangar bunga misol bo‘la oladi. Shunday qilib, tadbirkorning shaxsiy xususiyatlari (orttirilgan ko‘nikmalar ham bunga kiradi), tadbirkorlik bilan shug‘ullanish to‘g‘risida qaror qabul qilishda hamda korxona turini tanlashda juda muhim rol o‘ynaydi. Ko‘nikmalaringiz va tajribangiz, nafaqat g‘oyalarni
yaratish nuqtayi nazaridan, balki ularni (g‘oyalarni) kapitalizatsiya qilish imkoni nuqtayi nazaridan ham, ehtimol sizning eng muhim resursingizdir.
Franshiza. Тanilgan savdo markaga ega bo‘lgan mahsulot yoki xizmatni ishlab chiqaruvchi yoki yagona distributerining (litsenziya egasi) mustaqil chakana sotuvchilarga bu tovar yoki xizmatni, litsenziya egasiga tegishli kompensatsiya to‘lanishi, ishlash standartlari esa bu korxonaning standartlariga mos bo‘lishi evaziga, mahalliy tarqatishga alohida huquqni berish to‘g‘risidagi litsenziya bitimi — franshiza, deb ataladi. Franshiza turli xil shaklga ega bo‘lishi mumkin, lekin litsenziya egasi o‘z nomi, imiji, tadbirkorlikni olib borish usuli va o‘z ish jarayonlarini taqdim etadigan shakli — eng qiziqarli shakllardan biridir.
O‘tgan asrning 80—90-yillari boshida franshiza AQSH va Yevropada millionlab tadbirkorlar uchun tadbirkorlikka kirishishning muhim yo‘li bo‘lib, keskin o‘sish davrini boshdan kechirdi. Faqat AQSHda franshizaning 2000 dan ziyod turi mavjud, uning hisobiga yiliga 300 milliard dollardan ortiq sotuvlar hajmi va cha-kana savdoning yillik hajmidan uchdan bir qismi to‘g‘ri keladi. Franshizaning o‘zini xarid qilishdan tashqari tadbirkor franshiza konsepsiyasini ishlab chiqishi va sotishi mumkin. Qo‘shimcha axborot taqdim etishi mumkin bo‘lgan ko‘plab kataloglar, ma’lumotnomalar hamda uyushmalar, jumladan, Xalqaro Franchayzing Uyushmasi mavjuddir.
Ommaviy axborot vositalari. Ommaviy axborot vositalari (mass- media) juda katta axborot, g‘oyalar va ko‘pgina hollarda, korxonani barpo etish uchun bevosita qulay imkoniyatlar manbayidir. Gaze-talar, jurnallar, televideniye, hozirda esa Internet ham — bularning barchasi mass-mediaga misoldir. Masalan, gazeta va jurnallardagi tijorat e’lonlarini diqqat bilan ko‘rib chiqsangiz, sotiladigan korxona to‘g‘risida ma’lumot topishingiz deyarli aniq. Bunday taklifga javob, tadbirkorlikka kirish yo‘lidan biri bo‘lishi mumkin.
Bosma nashrlar yoki Internet saytlaridagi maqolalar yoxud hujjatli teleko‘rsatuvlar orqali modadagi o‘zgarishlar yoki iste’molchilarning xohishlari to‘g‘risida axborotga ega bo‘lish mumkin. Masalan, hozirgi vaqtda odamlar sog‘lom oziq-ovqat va jismoniy chidamlilikni tarbiyalash usullari bilan ko‘proq qiziqishlari to‘g‘risida o‘qishingiz yoki eshitishingiz mumkin.
Shuningdek, siz buxgalter, oshpaz va ofitsiant, qo‘riqchilar xizmatlari kabi ma’lum kasbiy ko‘nikmalarni talab etuvchi xizmatlarga talab borligi to‘g‘risidagi e’lonlarni topishingiz mumkin. Yoki bu e’lonlarda investorlarni jalb etishni taqozo etadigan yangi konsepsiya, misol uchun franshiza, taqdim etilishi mumkin.

Download 50,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish