Reja: Birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi va to‘rtlamchi uglerod atomlari


Musbat induktiv effekt (+I-effekt)



Download 0,55 Mb.
bet7/8
Sana23.04.2022
Hajmi0,55 Mb.
#576843
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Organik birikmalardagi bog‘larning uzilish usullari

Musbat induktiv effekt (+I-effekt) namoyon qiladigan o‘rinbosarlarga barcha metallar, tuzsimon moddalardagi O, S zaryadlangan atomlari, alkil radikallari CH3, C2H5, C(CH3)3 kiradi. Elektromanfiyligi uglerod va vodorodnikidan kichik bo‘lgan bu o‘rinbosarlar elektronodonor ta’sir ko‘rsatib, qo‘shni uglerod atomini manfiy zaryadlaydi:

Mezomer effekt. -Bog‘i, p-elektronlari yoki musbat zaryadlangan uglerod atomi bor o‘rinbosar sp2 yoki sp-gibridlangan uglerod atomi bilan bog‘langan birikmalarda mezomer effekt (M-effekt) namoyon bo‘ladi. Bunday birikmalarda o‘rinbosarning p- yoki -orbitallari molekula asosiy qismining orbitallari bilan bir-birini qoplaydi. Natijada molekulaning asosiy qismi va o‘rinbosar odatdagi -bog‘dan tashqari, uncha katta bo‘lmagan, qo‘shimcha -elektron buluti bilan ham bog‘lanadi. Boshqacha aytganda, o‘rinbosarning p-elektronlari yoki -bog‘i molekula asosiy qismidagi -bog‘i bilan tutashish tizimini hosil qiladi:

vinilmetilketon
(3-buten-2-on)

vinilxlorid
Formulalardagi egik ko‘rsatgichlar p- yoki -elektronlar qaysi bog‘ yoki atom tomon siljishini ko‘rsatadi. Induktiv effektda -bog‘ning qutbliligi o‘zgarsa, mezomer effektda elektron buluti qo‘shni -bog‘ tomon qisman siljiydi.
Elektronlar juftini tutashishi bor zanjirga yoki aromatik halqaga beradigan quyidagi o‘rinbosarlar +M-effekt namoyon qiladi:

O‘rinbosar tutashish tizimidan elektron juftini o‘ziga tomon tortganda manfiy mezomer effekt (–M-effekt) namoyon bo‘ladi. –M-effekt beradigan o‘rinbosarlar quyidagilar:
–CN, –N=O, –NO2
Bir xil atomlar orasida qo‘sh bog‘ yoki uch bog‘ tutgan guruhlar (C=C, N=N, CC) musbat va manfiy mezomer effektlarni o‘tkazuvchanlari hisoblanadi.
Giperkonyugatsiya. Alkil guruhlar (xususan, metil) qo‘sh bog‘ yoki uch bog‘ uglerodi bilan bog‘langan birikmalar (CH3–CH=CH2, CH3–CCH, CH3–CHO, CH3–CC–CH3, CH3–CN, C6H5–CH3) da qo‘sh yoki uch bog‘ning -elektron orbitallari alkil guruhining C–H bog‘lari orbitallari bilan qoplanadi. -Bog‘larning elektronlari ishtirok etadigan bunday delokallashish giperkonyugatsiya yoki , -tutashish deyiladi.
Giperkonyugatsiya alkil guruhlarining +I-effektini kuchaytiradi, ya’ni giperkonyugatsiya va +I-effektlarining yo‘nalishi bir xil bo‘ladi. Masalan, propenda CH3 guruhining+I- va +M-effektlarini turlicha aks ettirish mumkin:

+J; +M
Giperkonyugatsiya tufayli qo‘sh yoki uch bog‘ uglerodlarining elektron zichligi bu effekt bo‘lmagandagiga nisbatan ancha ortadi. CH bog‘larning vodorodlari qisman musbat zaryadlanadi. Tutash tizimi bor birikmalardagi elektron siljishlar (elektron effektlari) va ularning sinflanishi to‘g‘risidagi qarashlarni 1925-1933-yillarda K.Ingold ilgari surdi.
+M- va –M-effektlar tutashishli birikmalardagi bog‘larning uzunligiga, molekuladagi o‘rinbosar va asosiy qismining kimyoviy tabiatiga muayyan darajada ta’sir ko‘rsatadi.

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish