Reja: Birinchi yordam ko’rsatishdan maqsad



Download 30,18 Kb.
bet4/8
Sana09.07.2022
Hajmi30,18 Kb.
#761916
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
5-AMALIY MASHG’ULOT. Suvga cho’kkan odamga,muzlagan,elektr toki urgan odamlarga birlamchi tibbiy yordam ko’rsatish

Haqiqiy cho’kish odatda, suzishni bilmagan kishilarda ro’y beradi.
Asfiksiya yoki «quruq» cho’kish hiqildoqning reflektor spazmi tufayli, suv o’pkaga kirmay qolishi bilan kechadi. Yuqori nafas yo’llari suvdan ta’sirlanganda hiqildok yoki traxeyaning yo’li butunlay bekilib qoladi va cho’kkan odam bo’g’ilib (asfiksiya bo’lib) o’lib qoladi. Iflos, xlor konsentrasiyasi ko’p, kimyoviy moddalar, eritma zarrachalari bor bo’lgan qumli suvda ham bo’g’ilib cho’kish xollari kuzatilgan. Bunday cho’kkan odamniyam rangi oqarib ketadi. Cho’kishning bu turi ko’pincha (5-20 foizgacha) bolalar va ayollar o’rtasida uchraydi.
Sovuq (16 dan past) suvda cho’milgan kishi sovuqlik shoki yuz berishi natijasida cho’kib ketishi mumkin. Ma’lumki, odam sovuq suvga tushganida teridagi qon tomirlar torayadi. Qon tana yuzasidan ichki a’zolarga ko’chib ketadi va shuning uchun ularning faoliyati anchagina tezlashadi. Bu esa moddalar almashinuvining ortishiga, oksidlanish jarayonining tezlashishiga, binobarin, issiqlik xosil bo’lishining ko’payishiga olib keladi. Yurak faoliyati ham ancha tezlashadi. Shuyaing uchun qonning tomirlar bo’ylab harakatlanishi kuchayadi, teriga juda ko’p iligan qon keladi va teri yuzasi qattiq sovub ketmaydi. Agar odam uzoq-vaqt sovuq suvda cho’milsa, yoki sovuq suvga tushib ketsa, dastlabki paytda yuragini «to’xtab qolganday» his etadi. Chunki yurak faoliyati bir necha sekundgacha nixoyatda sekinlashib qoladi. Teri retseptorlaridan boshlangan intensiv impuls katta yarimsharlar po’stlog’iga borishi natijasida bosh miya tomirlari torayadi, miyada spastik anemiya ro’y beradi va yurak reflektor ravishda to’xtab qoladi.
Boshqacha bo’lishi, ham mumkin. Masalan, quyosh nurining kuchli ta’siridan haddan tashqari issiqlab ketgan vaqtda cho’milganda, og’ir ish qilganida yoki mast xolatda (tana harorati 37° ga yana aroqning 40° si qo’shilib, shu harorat bilan sovuq suvga tushilganda) cho’milganida suvda sovuqlik shoki yuz berishi mumkin.
Bundan tashkari, agar odam uzoq vaqt sovuq (20°dan iast) suvda cho’milsa (chiniqmagan bo’lsa) sovqotadi, sovuqlik shoki rivojlanmasada, u cho’kib ketishi mumkin. Bunday suvda issiqlikni tashqariga chiqarish keskin ravishda kuchayib, gavdaning harorati pasayib ketadi, markaziy nerv sistemasi asta-sekin susayib, skelet mushaklari og’riydi va tirishib qizarib, tomirlar tortishadi. Tezlik bilan yordam ko’rsatilmasa, ba’zan ko’ngilsiz xodisa yuz beradi. Sovuq suvga cho’kkan odamda klinik o’lim xolati uzoq (20 minutgacha) cho’zilib, cho’kkanga hatto 20 minut bo’lgan bo’lsa ham, tiriltirish mumkinligini esda tuting.
Suvga sakrashda, sho’ng’ish, qorin yoki jinsiy a’zolar suvga urilganda yoki bosh bilan suv ostiga urilish tufayli jaroxatlanish shoki avj olishi natijasida odam cho’kib ketishi ham mumkin. Shikastlanib, suv ostida qolganda, suv nafas yo’llariga, alveolalarga o’pkaga kiradi va odam cho’kishiga sabab bo’ladi. Bunday cho’kish xolati, ikkilamchi cho’kish deyiladi.
Vestibulyar analizatorlarning buzilishi, asfiksiya bilan birga rivojlanishi ham ba’zan odamning cho’kishiga olib keladi. Suvda bo’lgan odamning qulog’iga sovuq suv tushganida (quloq pardasi nuqsoni yoki Yevstaxiy nayi orqali) vestibulyar apparatning kuchli ta’sirdanishi oqibatida odam suvda tik tura olmaydi, boshi aylanadi, ko’ngli aynaydi va h.k. Ma’lumki, odam suvga sho’ng’iganida boshi bilan pastga yoki yuqoriga qilayotgan harakatini bemalol his eta oladi. Vestibulyar apparati zararlangan kishi esa suvda qaysi xolatda harakatlanayotganini yoki suvning ma’lum qatlarnidan pastga yoki yuqori tomon siljiyotganini bilolmay qolib asfiksiyaga uchraydi va ko’pincha g’arq bo’lib ketadi. Odatda, kar-soqovlarning vestibulyar apparati zararlanganligiga ko’ra, ularning yoz oylarida cho’milishlari ancha xavflidir. Chunki bunday kishilar orasida shu kabi xodisalar ro’y berish extimoli ko’proq bo’ladi.
Suv ostida suzuvchi sportchilarda ham o’ziga xos cho’kish xolatlari uchraydi. Suvning ostida tura olish muddatini uzaytirshy maqsadida suvga sho’ng’uvchi o’zini suvga tashlashdan avval, bir necha marta tez-tez va chuqur nafas oladi (giperventilyasiya). Bunda qondagi karbonat angidrid (suv tanqisligidan gazning suyuqlikdagi bosimi (20 mm sim ustgacha) pasayadi. Suv ostida esa qondagi karbonat angidridning tanqisligi odatda, oshadi va alveolalar havosidagi karbonat, angidridning tanqisligi darajasiga (38-42 si. m ust. ga) yetadi. Qonda kislorod tanqisligi keskin kamayishi natijasida miya gipoksiyasi rivojlanib, suzuvchi hushidan ketishi mumkin.

Download 30,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish