4- mavzu Biomaromlar va tirik organizmlarning hayotiy shakllari. Ekologik vaqt omili.
Reja:
1.Biomaromlar .
2.Tirik organizmlarning hayotiy shakllari.
3.Ekologik vaqt omili.
Har bir tur yil va yil fasllari davomida o’z hayotini boshqaradi. Demak, biologik marom deb, organizmlar hayotining yil davomida qatiy ravishda boshqarib turilishiga aytiladi. Shuningdek, malum vaqt oraligida qandaydir bir jarayon yoki xodisaning takrorlanishi, bir holatdan ikkinchi bir holatga o’tishi hamda qayta tiklanishi tushuniladi. Marom materiya harakatining umumiy xususiyatlaridan biri bo’lib, dunyo uning qonunlari asosida mavjud. Biologik marom esa bir-birini inkor qiluvchi ikki o’zaro dialektik bog’lanishdagi hayot jarayonining, yani tiklanish va emirilishlardan iborat hayotiy jarayonlarning bir maromda borishi va o’zo’zidan qayta tiklanishini taminlashni ifodalaydi. Maromlar odatda ikki xil, yani ichki va tashqi maromlardan iborat. Tashqi maromlar geofizik xarakterga ega va ular organizmdagi endogen fiziologik jarayonlarda kuzatiladigan maromlardir. Nafas olish, yurakning urishi, tana harakati kabilar asosida bir necha maromiy jarayonlar yotadi. Organizmdagi har qanday funktsiya maromiy xarakterga ega bo’ladi. DNK va RNK ning sintezi, oqsil sintezi, hujayra organoidlarining ish faoliyati, hujayraning bo’linishi kabilar va hakazo.
Tashqi maromlar Erning Quyosh atrofida aylanishi va Er bilan Oy o’rtasidagi bog’lanishlar natijasida sayyoradagi ko’pchilik ekologik omillar qonuniy ravishda o’zgaradi. Organizmlarning hayot faoliyatidagi qator o’zgarishlar ana shu tashqi geofizik davriy o’zgarishlar bilan bog’langan bo’lib, moslanish xarakteridagi biologik maromlar deyiladi. Ular dengiz va okeanlarda bir kecha - kunduz davomida sutkalik suvning ko’tarilishi va pasayishi, shuningdek, bir oylik va bir yillik maromlardir. Odamlar va yuksak tuzilishdagi hayvonlarda faollik va tinim, tetiklik va uyqu holatlari asosiy sutkali marom hisoblanadi. Odamda 100 dan ortiq sutkali o’zgarishlar bilan bog’langan fiziologik jarayonlar aniqlangan. Hayvonlarda kuzatiladigan tetiklik va uyqu davrining almashinishi kunduzgi faol va tungi faol
turlarning ajralishiga sabab bo’ladi. Kunduzi faol hayot kechiradigan hayvonlar bo’lib uy tovuqlari, chumchuqsimonlarning ko’pchilik vakillari, yumronqoziqlar, chumolilar, ninachilar va boshqalar hisoblansa, tunda esa ko’rshapalaklar, tipratikanlar, boyo’g’li, yovvoyi cho’chqalar, mushuksimonlarning vakillari, baqalar, suvaraklar va boshqalar faol bo’ladi.
Sutkali maromlar har xil omillarga sezilarli o’zgarishi mumkin. Kunning Bundaybirinchi yarmida odam organizmining sovuq haroratga sezgirligining ortishi, kunning ikkinchi yarmida esa yuqori haroratga ortishi aniqlangan. Cho’lda yashovchi eshakqurtlar yoki qora dog’li qo’ng’izlarning faolligi tuproq yuzasida harorat va namlikning o’zgarishiga qarab surilishi mumkin.
Sutkali biomaromlar yirik va ochiq rangli gullarda yaxshi ifodalangan. Ularning gullari bir kechakunduz davomida davriy ravishda ochilib yopiladi. o’simliklarga qarab vaqtni aniqlash mumkin.
Shuning uchun ham ular «biologik soatlar» deyiladi. Ertalab qoqio’t, bo’ztikan kabilar ochilsa, ulardan keyin sachratqi, namatakning gullari ochiladi. Kechga tomon xushbo’y tamaki, nomozshomgullar ochilib, changlatuvchi xasharotlarni o’ziga jalb etadi. K. Linney turli o’simliklarning gullashiga asoslanib flora soatini yaratdi.
Dengiz va okeanlarda suvning ko’tarilishi va pasayishi sutka davomida ikki marta hamda oyning boshi va oxirida kuzatiladi. Ushbu maromlarga qirg’oqlarda yashovchi organizmlar moslashgan.
Molyuskalar suvning pasayishi vaqtida pallalarini yopib oladi. Aterina deb atalgan baliq rivojlanishi davrida oy davomidagi suvning eng yuqori ko’tarilib tushishidan foydalanadi. Suvning ko’tarilishi kuzatilishi vaqtida urg’ochisi qum ostiga uvildirig’ini qo’yib, oradan 15 kun o’tgandan so’ng ulardan yosh baliqlar chiqadi va suvning ikkinchi marta eng yuqori ko’tarilib tushishida ular suvga tushib ketadi.
Bir oyga teng bo’lgan davriylik quruqlikda va dengizda yashovchi bir necha organizmlarda kuzatiladi. YOrug’likga javob reaktsiyasi, kuchsiz magnit maydoni tasirida yoki mo’ljal olish tezligi kabilarning hayvonlarda oylik marom bilan bog’liqligi aniqlangan.
Yillik maromlar.
Ular organizmlarning umumiy xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Malumki, respublikamiz viloyatlarida yillik harorat maromiga ko’ra organizmlarning rivojlanishi uchun qulay davrlar 6 oy davom etadi. Shu davr ichida tirik organizmlarda asosiy fenologik xodisalar ruy beradi, Er yuzasidan qorlar erib, baxor nafasi sezila boshlaydi. Bodom, shaftoli, o’rik va tollar barg yozmasdanoq gullay boshlaydi. Tuproq yuzasi yashil o’tlar, o’simliklar bilan qoplanadi, uchib ketgan qushlar qaytib keladi, qishlab chiqqan hasharotlar hayoti faollashadi. YOz o’rtalarida harorat noqulay bo’ladi, daraxtlar va boshqa ko’pchilik o’simliklarning o’sishi sekinlashadi yoki butunlay to’xtaydi, qushlarning ko’payish davri tugaydi.
YOzning ikkinchi yarmidan boshlab erta kuzda ko’pchilik o’simliklarning meva va urug’lari pishadi, to’qimalarida ozuqa moddalar to’planadi. Shunday qilib, qishga tayyorgarlik boshlanadi. Daraxtlarning qishlaydigan kurtaklari shakllanadi va novdalari qotib yog’ochga aylanadi.
O’simlik va hayvonlarning atrof - muhitning asosiy omillariga nisbatan morfologik moslanishlari va aniq bir yashash tarzi organizmlarning hayot shakllari deyiladi. Organizmlarning uzoq tarixiy rivojlanish jarayonida ular yashab turgan muhitga mos ravishda har xil morfologik va biologik moslanish xususiyatlari kelib chiqqan. Mana shu moslanish xususiyatlari ularda malum tashqi kiyofani ham vujudga keltirgan. Hayot shakllari dastlab o’simliklarda ajratilgan bo’lib, bunga doyr turli tasniflar va sxemalar mavjud bo’lib, bunday tasniflash Teofrast davridan boshlangan. Teofrast barcha o’simliklarni - daraxt, buta, chala buta va o’t o’simliklarga ajratadi. Demak, har-bir o’simlik muayyan ekologik va biologik xususiyatlariga, shakl va o’lchamga yoki E.M.Lavrenko tarificha – ekobiomorfga egadir.
«Hayot shakli» terminini birinchi bo’lib 1884 yil daniyalik botanik E.Varming tamonidan qo’llangan. U «hayot shakli» deganda: - o’simlik vegetativ tanasining butun hayoti davomida tashqi muhit bilan garmoniyada ekanligini, beshikdan to qabrgacha yoki urug’dan toki xalok bo’lguncha bog’liq shaklni tushunadi.
O’simliklar ekologiyasida bu terminning sinonimi sifatida «ekobiomorf», «biotip», «o’sish shakli», «epimorf» kabilar ishlatiladi.
I.G.Serebryakov hayot shakli haqida yanada mukammal tushuncha berib, o’simliklarning «hayot shakli» deganda – malum tashqi muhit sharoitida o’simliklar guruhining o’sishi va rivojlanishi natijasida kelib chiqadigan umumiy ko’rinish (qiyofasi, gabitusi)ni tushunadi. Ana shunday qiyofa ayni tuproq, iqlim sharoitlariga moslanish ifodasi sifatida tarixan kelib chiqqandir. «Tur» va «hayot shakli» tushunchalarini aralashtirib yuborish mumkin emas, chunki har bir turning o’zi turli ekologik sharoitda har xil hayot shakllariga ega bo’lishi mumkin. Masalan: ko’pchilik daraxtlar yashash joyi atrofida buta yoki yotib o’sadigan shakllarni hosil qilishi mumkin. Boshqacha aytganda, - yashash sharoiti – ekologik omillar (iqlim, tuproq va hakazo) o’zgarishi bilan hayotiy shakllar ham o’zgaradi.
Ekologik vakt omili: .Tabiatdagi barcha tirik organizmlar ma’lum muhit sharoitlarida hayot kechiradilar. Tashqi muhit bilan jonli organizmlar o‘rtasida doimiy ravishda modda almashinuvi sodir bo‘lib turadi, bu esa organizmlarning hayotiy faoliyatini saqlashda muhim ahamiyatga egadir. Jonli tabiatning fundamental xususiyatlaridan biri, undagi hayotiy jarayonlarning davriyligi bilan tavsiflanadi.
Ichki davriylik. Bu organizmlarda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlardir. Tirik organizmlarda kechadigan barcha fiziologik jarayonlar uzluksiz davom etmaydi.Tashqi (ekzogen) ritmlar. Tabiatda doimiy ravishda takrorlanib turadigan ana shunday muhim o‘zgarishlar jumlasiga, avvalo, Yerning quyosh atrofida, oyning esa yer va o‘z o‘qi atrofida aylanishi natijasida kelib chiqadigan mavsumiy hamda sutkalik davriylik kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |