konstruktsiyani to„liq ishdan chiqishigacha olib kelishi mumkin. Masalan: tunuka
tom yopmasining xizmat qilish muddati 20 yil. Bu muddatni saqlash uchun tunuka
har 3...5 yilda bir marta moyli bo„yoq bilan ranglanib turilishi kerak. Agar
ranglanmasa tom tunikasi 5...7 yilda ishdan chiqib bo„ladi. Deraza yog„ochlari har
uch yilda bir marta ranglanib turilmasa ostki qismi chirib boshlaydi.
Chirigan
qismi vaqtida almashtirilmasa butun derazani almashtirishga to„g„ri keladi.
Ta‟mirlash ishlarining tuzulma tayyorlangan materillarning yoki
muxandislik sistemasining uzoq muddatga chidamliligiga, yuklar va atrof muhit
taьsirining intensivligiga, texnologik va boshqa jarayonlarga bog„liq.
SHunday qilib, bino elementlarining xizmat qilish muddati ulardan texnik
foydalanish tadbirlariga ko„ra belgilanadi. Bu ishlarning o„z vaqtida bajarilmasligi
belgilangan (me‟yoriy) xizmat qilish muddatini qisqarishiga olib keladi.
Yuqorida keltirilgan tadbirlarning asosiy masalalari
konstruktsiyalar va
muxandislik sistemalarini me‟yoriy xizmat qilish davrida fizik va maьnaviy
yemirilishini bartaraf etishdan iborat. Elementlarning ishonchliligi binolarga texnik
xizmat ko„rsatish va ta‟mirlash tadbirlari orqali amalga oshiriladi. Bulardan eng
muhim axamiyatlisi rejaviy ta‟mirlashlardir.
Binoning ishonchliligi u tarkib topgan elementlar ishochliligi bo„yicha
aniqlanadi. Bu o„z navbatida “Texnikadagi ishonchlilik, terminlar va aniqlashlar
me‟yoriy hujjati tavsiyasi” bo„yicha asosiy uchta xossasiga ko„ra tavsiflanadi:
- buzilmasdan ishlashi bo„yicha – birinchi yoki navbatdagi ishdan chiqqunga
qadar, berilgan vaqt oraligida majburiy tanaffuzlarsiz ish qobilyatini saqlash;
- uzoq muddatga chidamliligi bo„yicha- ta‟mirlash tuzatish ishlari va ilkis
vujudga keladigan nosozliklarni bartaraf etish tanaffuzlari
bilan chegaraviy holat
vujudga kelguncha qadar ish qobilyatini saqlash;
- ta‟mirlashga layoqatligi bo„yicha- texnik xizmat ko„rsatish va rejaviy hamda
norejaviy ta‟mirlashlar orqali bino elementlaridagi buzilish va lat yeyishlarni
oldini olish, oldindan bilish va buzilishini bartaraf etish.
Bino elementlarining buzilmasdan ishlashi quyidagi formula orqali
aniqlanadi
P = n
0
/ n, (1)
bu yerda P- berilgan vaqt oraligida bino elementining buzilmasdan ishlashi; n
0
–
berilgan vaqt oraligida, kuzatishlar amalga oshirilgan
bir xil tipdagi elementlar
ichida buzilmasdan ishlaganlarining soni; n- kuzatilgan bir xil tipdagi
elementlarning umumiy soni.
Element yoki muxandislik sistemasini ishdan chiqishi deganda uning ish
qobilyatini yo„qotish voqeligi tushiniladi. Masalan: isitish davrida 500 ta
ridiatordan 10 tasi ishdan chiqqan bo„lsa, bu partiyadagi
asboblarning keltirilgan
muddat oraligidagi buzilmasdan ishlashi P = 490/500= 0,98 miqdorni tashkil etadi.
Baьzi bir elementlarni almashtirish bilan buzilmasdan ishlash darajasi
oshadi, biroq u birinchi holatiga hech qachon qaytib kelmaydi, chunki
konstruktsiyalarda va sistemada hamma vaqt qoldiq yemirilish mavjud bo„lib, u
butun ximat qilish davrida almashtirilmaydi.
Bu qonuniyat binolarni
Do'stlaringiz bilan baham: