Poydevorlarni betonlash sxemasi:
a-kran yordami bilan; b-lentali va titratgichli konveer bilan; v-o‘zi yuradigan beton
joylagich bilan; 1-tminorali kran; 2-badya; 3-o‘rmalovchi kran; 4-avtobetonqorgich; 5-beton qabul qiluvchi; 6-lentali konveer; 7-beton uzatgich; 8-inventar to‘sin; 9-betonlanayotgan poydevor; 10-rastyajka; 11-teleskopik strela; 12- beton joylagich; 13-avtosomosval
Qurilmalarni betonlashni mexanizatsiyalash sxemasi:
1-avtobeton qorgich; 2-betonnasosni qabul qiluvchi bunker; 3-betonnasos;4-sharnirli strela; 5-beton
o‘tkazish uchun yumshoq shlang; 6-avtomashina.
Pog‘onali poydevorlarni betonlash:
a-balandligi 3 m gacha; b,v-3 m dan baland; 1-qolip sinchi; 2-qayiladigan bad’ya; 3-ish joyi; 4-devor qolipi; 5-ichki titratgich; 6-zina qolipi; 7-xobot; 8-qabul qiluvchi varonka; 9-rezinali shlang.
Devorlarni betonlash:
a-qolipni ajratadigan moslama; b-devorni qavatlab betonlash; 1-qolip;
2-qolipni qovurg‘asi; 3-betonlashdagi ishchi chok; 4-tortqich; 5-qabul qiluvchi voronka;
6-zvenoli xobot; 7-bad’ya; 8-itratgich; 9-beton qatlami.
Beton qorishmasini zichlash
Beton qorishmasi uch xil usul bilan joylanadi: shibbalab, quyish va bosim
bilan. Betonlashni har qanday usulida asosiy qoidaga rioya qilish kerak. Yangi beton qorishmasini, oldin joylangan qatlamdagi sementni qotishi boshlanishidan avval joylash kerak. Bunda ishchi choklar barpo etishga o‘rin qolmaydi. Beton qorishmasi betonlanayotgan qurilmaga taxminan bir xil qalinlikda joylanadi. Beton qorishmasi zichlanganda titratgich armaturaga qo‘yma qismlar va qolip elementlarga suyanishi ruxsat etilmaydi. Chuqur titratgichni beton qorishmasiga cho‘kish chuqurligi avval joylangan beton qorishma qatlamiga 5-10 sm chuqurroq tushishini ta’minlash zarur. Navbatdagi beton qorishmasi avvalgi beton qatlamni qotishi boshlanishidan avval joylash zarur. Titratishni davomiyligi yetarli zichlashni ta’minlashi kerak, uni asosiy belgilariga:
- joylangan beton qorishmasini cho‘kishini to‘xtashi;
- yuzada sement ustinri paydo bo‘lishi.
Beton ishlarini bajarish jarayonida qolip va qo‘yma qismlar holatini nazoratlabturish kerak (1-rasm).
Titratgich turlari:
a-ichki titratgich; b-tashqi titratgich; v-yuza titratgichi; 1-qolip; 2-debalans; 3-titratgichning ishchi maydonchasi; 4-titratgichni siljituvchi egiluvchan tortqi.
Beton qorishmasi shibbalash, zichlash, titratish (vibratsiya) va vakuumlash
yo‘li bilan zichlashtiriladi. Titratish beton qorishmasini zichlashda asosiy usul hisoblanadi. Beton qorishmasini titratish usulida zichlash o‘zaro bog‘liq ikki parametr: amplituda va tebranish chastotasi bilan xarakterlanadi.
Yuqori chastotali titratgichlar yupqa devorli konstruksiyalar va mayda
to‘ldiruvchili betonlarda ishlatiladi. Beton qorishmasiga tebranishlarni uzatish xarakteriga ko‘ra titratgichlar ichki, tashqi va yuza titratgichlarga bo‘linadi. Ichki titratgichlar poydevor, ustun, va shu kabi konstruksiyalarni betonlashda; tashqi titratgichlar zich armaturalangan yupqa devorli konstruksiyalarni betonlashda; yuza titratgichlari esa yopma plitalar, pollar va yo‘llarni betonlashda ishlatiladi (2-rasm).
Beton qorishmasini vakuumlash undagi erkin kimyoviy bog‘lanmagan suvni va havoni surib olishga asoslangan. Bu usulda zichlangan betonning nihoyaviy mustahkamligi titratish usuliga nisbatan 15-20% ortiq bo‘ladi. Betonning sovuqqa chidamliligi va suv o‘tkazmasligi ortadi.
Vakuum qurilmasi vakuum-nasos, vakuum-shchit va suruvchi shlanglar
komplektidan iborat. Vakuum-shchit o‘lchami 100x125 sm ga teng. Nasos ishga tushgach shchit bilan beton sirti oralig‘ida vakuum hosil bo‘ladi va beton tarkibidagi havo va erkin suv so‘rilib shlanglar orqali suv yig‘gichga uzatiladi. Vakuumlash natijasida 20-25% erkin suv so‘rib olinadi. Vakuumning ta’sir chuqurligi 20-30 sm ni tashkil etadi. Vakuumlash usuli yupqa devorli konstruksiyalar (obolochka, to‘sinsiz
orayopmalar, parda devorlar) ya’ni qalinligi 25...30 sm dan oshmaydigan
konstruksiyalarda samarali hisoblanadi.
Beton qorishmasini tayyorlashda, tashish va joylashda g‘ovvaklar paydo
bo‘ladi; to‘ldirgichlar zich joylashmagan va ular orasidagi bo‘liq havo bilan to‘lgan bo‘ladi. Zichlash jarayonidan maqsad - betonni yuqori zichligi va birxilligini ta’minlashdan iborat. Sifatli beton olish uchun faqatgina qorishma tarkibigina emas shu bilan birga tanlangan zichlash usuli ham ahamiyatli. Quyma betonni zichlashni asosiy va eng keng tarqalgan va samarador usuli - titratishdir. Qurilish sharoitida zichlashni uch turi qo‘llaniladi, asosan elektromehanik titratgichlar, ichki, tashqi va yuzaki (3-rasm).
Titratgichlar bilan beton qorishmasini zichlash:
a-chuqur titratgich; b-titratgich paket; v-eguvchan val bilan titratgich; g-yuzagi titratgich; d-tashqi titratgich; e-beton mustahkamligini oshish grafigi. 1-tsilindirli ishchi korpus; 2-po‘lat shtanga; 3-
reginali shlangi; 4-vklyuchatel; 5-kabel; 6- ushlagich; 7-elektrodvigatel; 8-qolip; 9-yuzaki titratgich; 10-titratgichni ish maydoni; 11-tashqi titratgich; 12-yuzaki titratgichni joyni ‘zgartiruvchi
moslama.
Beton qorishmasini yuzaki titratgichlar bilan 20...60 sek, chuqur titratgichlar
bilan 20...40 sek va tashqi titratgichlar bilan 50...90 sek zichlanadi
Do'stlaringiz bilan baham: |