Beton qorishmasini joylash usullari
Beton qorishmasi uch xil usul bilan joylanadi: shibbalab, quyish va bosim
bilan. Betonlashni har qanday usulida asosiy qoidaga rioya qilish kerak. Yangi beton
qorishmasini, oldin joylangan qatlamdagi sementni qotishi boshlanishidan avval
joylash kerak. Bunda ishchi choklar barpo etishga o‘rin qolmaydi. Beton qorishmasi
betonlanayotgan qurilmaga taxminan bir xil qalinlikda joylanadi. Beton qorishmasi
zichlanganda titratgich armaturaga qo‘yma qismlar va qolip elementlarga suyanishi
ruxsat etilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |