Ishchi choklarni barpo etish
Betonlanayotgan qurilmani yaxlitligini ta’minlash uchun, beton qorishmasini
to‘xtovsiz joylash maqsadga muvofiqdir. Betonni oldingi qatlamini qotishi
boshlangunga qadar navbatdagi beton qorishmasini joylash ruxsat etiladi. Agar,
qurilmani betonlashda tanaffus qilish zaruriyati tug‘ilsa, ishchi choklar barpo etiladi.
Ishchi chok bu yangi joylangan beton qorishmasi bilan qotgan beton orasidagi
bo‘shliqqa aytiladi betonlashda tanaffus bo‘lishi sababli hosil bo‘ladi. Ishchi chok
quyidagi holatda hosil bo‘ladi qachon-ki, oldingi to‘liq qotgan betonga navbatdagi
beton qorishma qatlami joylanganda. Betonlashdagi bu tanaffus odatda 7 soatdan
oshganda boshlanadi (11.6 va 11.7-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |