Reja: Asosiy vositalar auditini tashkil etish va o`tkazish ketma-ketligi


Asosiy vositalarning mavjudligi va saqlanishini tekshirish



Download 157,5 Kb.
bet3/8
Sana27.04.2022
Hajmi157,5 Kb.
#585582
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Asosiy vositammolari

3. Asosiy vositalarning mavjudligi va saqlanishini tekshirish
Asosiy vositalarning mavjudligi va saqlanishini auditorlik tekshiruvidan o`tkazishdan maqsad moliyaviy hisobot moddalarining haqqoniyligini ta'minlashdan iborat.
Bunda auditor quyidagilarni tekshirishi lozim:

    • qiymati subyektda belgilab qo`yilgan chegaradan past bo`lgan obyektlar yokiqiymatidan qat'iy nazar xizmat muddati 12 oydan kam bo`lgan obyektlar asosiy vositalar qatoriga o`tib qolmaganligi;

    • subyektda asosiy vositalar inventar va xojalik jihozlari qatoriga va aksinchao`tkazilmaganligi, bunda shuni nazarda tutish zarurki, obyekt qiymatining chegarasi obyektni sotib olish (foydalanishga topshirish) sanasiga aniqlanadi. Asosiy vositalarni inventar va xojalik jihozlari qatoriga asossiz o`tkazish auditorlik tekshiruvi mobaynida aniqlanadigan xatolardan biridir. Ko`p hollarda bunday o`tkazishning sababi subyektning amortizatsiya hisoblash ishlarini kamaytirishga intilishi hisoblanadi.

Auditorlik tekshiruvi mobaynida subyektning asosiy vositalar obyektlariga mulkiy talab darajasida rasmiylashtirilganligini isbotlash zarur.
Auditorga asosiy vositalar obyektlarini yaratish, sotib olish; berish shartnomalari, zarur hollarda esa qonunchilikka muvofiq olish-sotishni ro`yxatga olish guvohnomasi taqdim qilinadi.
Asosiy vositalarning to`g`ri baholanganligini aniqlash asosiy vositalar mavjudligi va harakatini tekshirish mobaynidagi muhim masalalardan biri hisoblanadi. Chunki, mulk solig`i bo`yicha budjet bilan hisob-kitoblar, shuningdek subyekt faoliyatining moliyaviy natijalarini aks ettirish va hisobot tuzish shunga bog`liq.Asosiy vositalarni baholashning to`g`riligini tekshirish yoppasiga (obyektlar soni unchalik katta bo`lmaganda) yoki tanlab o`tkaziladi.
Asosiy vositalarni baholash va dastlabki qiymatini aniqlash amaldagi qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi hamda asosiy vositalar obyektlarini sotib olish usuliga bog`liq.

  • auditor O`zbekiston Respublikasi fuqarolik kodeksiga muvofiq asosiy vositalaroldi-sotdi shartnomalarining mavjudligi va rasmiylashtirilishini, ayrim xarajatlarni asosiy vositalar qiymatiga qo`shishning qonuniyligini;

  • tugallangan qurilish obyektlari inventar qiymatining to`g`ri aniqlanganligini;

  • qo`shimcha qurilgan, jihozlangan, zamonaviylashtirilgan yoki qisman tugatilganidan so`ng obyekt qiymati to`g`ri aniqlanganligini tekshiradi.

Bunda auditor 21-son «Xojalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy-xojalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qo`llash bo`yicha yo`riqnoma» nomli BHMS ga muvofiq kiritilgan o`zgartishlarga alohida e'tibor qaratishi zarur. Xususan, asosiy vositalarni sotib olish va qurish bilan bog`liq, ammo belgilangan tartibga ko`ra asosiy vositalarning dastlabki qiymatiga qo`shilmaydigan xarajatlar obyektlarning dastlabki qiymatiga qo`shilmasdan, 9430 – «Boshqa operatsion xarajatlar» schyot debetiga olib borilganligiga e'tibor berishi kerak.
Auditor, baholarni kelishish bayonnomasi va ta'sis hujjatlarida asosiy vositalar baholanishining aks ettirilishi; boshqa xarajatlarni asosiy vositalar dastlabki qiymatiga qo`shishning qonuniyligi; bozor baholarini qo`llashning ishonchliligini tekshiradi.
Shuningdek, bozor bahosini aniqlash uchun aynan shularga o`xshash mahsulot baholari to`g`risida tayyorlovchi tashkilotlarning yozma ravishda bergan ma'lumotlaridan; ommaviy axborot vositalari va maxsus adabiyotlarda e'lon qilingan baholar to`g`risidagi ma'lumotlardan; ayrim asosiy vositalar obyektlarining qiymati to`g`risida ekspert xulosalaridan foydalanish mumkin. Bunday asosiy vositalarni tashib keltirish bo`yicha subyekt tomonidan qilingan xarajatlar ham obyekt qiymatiga qo`shiladi.
Chet el valutalari hisobiga sotib olingan asosiy vositalarni baholash chet el valutasini O`zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan belgilangan, asosiy vositalar obyektini sotib olish sanasiga amal qilayotgan valuta kursi bo`yicha so`mga hisoblab o`tkazish yo`li bilan amalga oshiriladi.
Auditor shartnoma shartlariga muvofiq mulkka egalik huquqining o`tish vaqti to`g`ri aniqlanganligi; asosiy vositalarni sotib olish bilan bog`liq bojxona to`lovlari va boshqa chiqimlarning sotib olingan asosiy vositalar qiymatiga qo`shilganligini tekshirishi lozim. Shuningdek, asosiy vositalarni baholashning to`g`riligini tekshirish mobaynida asosiy vositalar dastlabki qiymatining o`zgarganligiga, qanday sabablar (qo`shimcha qurish, jihozlash, qayta jihozlash, qisman tugatish) o`zgarishga olib kelganligiga, kapital qo`yilmalarga doir xarajatlar 0800 – «Kapital qo`yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar» schyotlarida aks ettirilganligiga e'tibor qaratishi lozim.
So`ngi yillarda asosiy vositalarni qayta baholashni tekshirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. 21-BHMS ga muvofiq subyektlarda asosiy vositalar obyektlarini qayta baholash summalari 8530 - «Mulklarni qayta baholash bo`yicha tuzatishlar» schyotida aks ettiriladi. Bunday tekshiruv qayta baholash natijalari rasmiylashtirilgan hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
Bunda auditor quyidagilarni tekshirishi lozim:

  • barcha asosiy vositalar to`g`riligiga yoki ularning bir qismi qaytabaholanganligi;

  • qayta baholash qanday usullar yordamida o`tkazilganligi (indeksatsiya qilishyoki hujjat bilan tasdiqlangan bozor baholari bo`yicha to`g`ridan-to`g`ri hisoblab o`tkazilishi va h.k.);

  • bozor baholarini tasdiqlaydigan hujjatlarning mavjudligi;

  • hisob-kitoblar to`g`riligini tanlab tekshirish;

  • qayta baholashdan so`ng eskirganlik darajasi o`zgarganligi;

  • qayta baholash natijalarining inventar kartochkalarida aks ettirilganligi;

  • qayta baholash natijalarining buxgalteriya hisobi schyotlarida to`g`ri aks

ettirilganligi;

  • qayta baholash natijalarining hisobot tuzishda hisobga olinganligi va shungao`xshashlar.


Download 157,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish