Reja: Asab tizimining tuzilishi va fiziologiyasi



Download 37,2 Kb.
bet4/13
Sana14.06.2022
Hajmi37,2 Kb.
#668839
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
11-ma'ruza

NERV TOLALARI
Nerv stvoli yoki nerv umumiy perinevral parda bilan qoplangan talaygina nerv tolalaridan iborat. Yakka nerv tolasi esa nerv hujayralarining o‘siqlari – akson va dendritlardir. Nerv tolasi o‘q silidr va uni qoplovchi plazmatik membranadan iborat. Bu membrana qo‘zg‘aluvchan. Unda potensialga bog‘liq natriy va kaliy kanallari bo`lishi tufayli harakat potensiali (nerv impulsi) hosil bo`lishi mumkin. Qo‘zg‘lishning toladan o‘tishi ham o‘q silindrning plazmatik membranasiga bog‘liq. O‘q silindri gialoplazmaga toigan va unda neyrofibrillalar, mikronaychalar, mitoxondriyalar kabi organellalar uchraydi. O‘q silindri tashqaridan Shvann parda yoki Shvann va miyelin parda bilan qoplangan.
Umurtqali hayvonlarning aralash nervini tashkil qiluvchi tolalar yo‘g‘onligi, qo‘zg‘aluvchanligi‘ qo‘zg‘alishning ulardan o‘tish tezligiga qarab asosiy uch guruhga bo`linadi .
Jadvalda keltirilgan raqamlarga ko'ra, guruhni tashkil qiluvchi tolalarning diametri birinchisidan ikkinchisiga, ikkinchisidan uchinchisiga o'tishi bilan o'rta hisobda ikki marta kamayadi va hokazo. Shunga yarasha qo'zg'alishning tolalardan o'tish tezligi ham deyarli ikki baravar sekinlashadi. Qo'zg'alishdan keyin taraqqiy etadigan refrakterlik esa tola qancha ingichka bo'lsa, shuncha uzoq davom etadi. Demak, tola ingichkalanishi bilan uning labilligi kamayib boradi.
A-turga mansub tolalarning hammasi miyelin bilan qoplangan. A-alfa turidagi tolalar skelet muskullarini nervlaydi. Ular orasida murakkab retseptorlar – muskul duklaridan boshlanuvchi afferent tolalar va skelet muskullarini qo'zg'atib, harakatga keltiradigan efferennt tolalr tafovut qilinadi. A-beta va A-delta tolalar markazga intiluvchi tolalar bo'lib, turli retseptorlardan (taktil, ichki a'zolardagi, haroratni va ba'zi bir og'riqni sezuvchi retseptorlardan) impulslarni MNT ga o'tkazadi. A-gamma tolalar esa afferent tolalardir. Ular muskul duklarining qisqaruvchi elementlarini nervlaydi.
B-turdagi tolalarga simpatik va parasimpatik preganglionar tolalar kiradi. C-turdagi tolalarni postganglionar vegetetiv tolalar va teridagi og'riqni sezuvchi retseptorlar, ba'zi termoretseptorlar, hamda bosimni sezuvchi retseptorlar bilan bog'langan afferent tolalar tashkil qiladi.
Neyronning o'siqlari somadan ajralgan holda yashay olmaydi. Tola kesilgandan keyin uning soma bilan bog'liq bo'lmagan periferik qismi halokatga uchraydi. Miyelin va uvalangan tola so'rilib ketadi. Saqlanib qolgan Shvann hujayralari markaziy yo'nalishda soma tomon o'sa boshlayda. Tolaning markaziy uchi yo'g'on tortadi, undan bir talay shoxchalar chiqadi. Bu shoxchalardan bir qismi Shvann hujayralari hosil qilgan qinga qarab, periferik to'qima yoki a'zoga yetib olguncha, bir kecha-kunduzda 0,5-4,5 mm tezlikda o'saveradi. Natijada o'sha to'qima yoki a'zoda nerv oxirlari hosil bo'lib, ularning nervlanishi asl holiga keladi. Bu jarayon odatda 5-6 hafta, ba'zan yillab davom etadi. Nerv tolalarining asosiy vazifasi qo'zg'alishni o'tkazishdan iborat. Bundan tashqari, neyronlar o'zi nervlaydigan to'qimalarga nisbatan trofik ta'sir ko'rsatadi. Trofik ta'sir ahamiyatini denervatsiyalangan (nervlardan mahrum qilingan) to'qoma va a'zolarda yaqqol ko'rish mumkin. Vaqt o'tishi bilan nervsizlantirilgan to'qima va a'zolar distrofiya va atrofiyaga uchraydi. Masalan, skelet muskuli denervatsiyadan keyin kichiklashib, kuchsizlanadi. Ushbu trofik ta'sir qisman tola orqali to'qimaga yetib keladigan impulslarga bog'liq bo'lsada, uni yuzaga chiqarishda akson bo'ylab neyronning somasidan nervlangan to'qimaga oqib o'tadigan moddalar asosiy rol o'ynaydi. Impulslarga bog'liq neyrotrofik ta'sur qo'zg'alish o'tayotgan vaqtda ajraladigan mediatorlarga bog'liq. Bu mediatorlar membranadagi biokimyoviy jarayonlarga ta'sir qiladi va siklik adenozinmonofosfat (sAMF), siklik guanozinmonofosfat (sGMF) va boshqa moddalar miqdorini o'zgartiradi. Neyronning trofik markazi hujayra tanasida, yadroga yaqin sohada joylashgan. Bu yerda sintezlangan oqsil, RNK, mediatorlar va boshqa moddalar akson bo'ylab hujayra organellalari (mitoxondriyalar) bilan oqib, presinaptik sohaga yetib keladi. Hozir aniqlanishicha, bu oqim teskari yo'nalishda, presinaptik sohadan somaga qaratilgan bo'lishi ham mumkin. Quturish, poliomiyelit, uchuqqa sabab bo'ladigan viruslar va ba'zi bakterial toksinlar teskari yo'nalishda oqib, periferiyadan MNT ga yetib keladi.
Moddalarning nerv tolalaridagi oqimi aksonlarda yaxshi o'rganilgan. Hozir tez va sekin akson oqimi borligi aniqlangan. Tez akson oqimida (250-400 mm/24 soat) mitoxondriyalar, mediatorga to'la pufakchalar, oqsillar neyron tanasidan tola oxiri – oxirgi tarmoqlargacha tashiladi. Bu oqim akson ichidagi mikronaychalar va neyrofilarnentlar shikastlanganda, hamda aksonda ATF va Ca2+ yetishmovchiligida to'xtaydi.
Sekin akson oqimi – bu umuman aksoplazmaning oqimidir. Bu oqimda aksoplazmadagi unsurlarning (oqsillar, mikronaychalar, neyrofilarnentlar, RNK, ion kanallari va nasoslari) hammasi ishtirok etadi. Akson o'rtasidan qattiq bog'lansa, periferik qismidagi aksoplazma oqishda davom etadi va tolaning bir qismi bo'shab, ingichkalashadi. Markaziy qismining oxiri esa somadan oqib kelayotgan aksoplazmaga to'lib,shishib ketadi. Sekin akson oqimining tezligi 1-4 mm/24 soat. Bu oqim tolalarning o'sishi va qayta tiklanishida (regeneratsiyasida) muhim ahamiyatga ega.

Download 37,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish