Reja: Angliyada parlamentning vujudga kelishi



Download 30,21 Kb.
bet6/6
Sana27.06.2022
Hajmi30,21 Kb.
#710732
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Angliyada parlamentning vujudga kelishi. Parlamentning vujudga kelishi va vakolatlarining kengayishi

Davlat tuzumi absolut monarxiya davrida Angliyada hokimiyat va boshqaruvning oliy organlari qirol, Yashirin kengash va parlament edi.
Biroq, bu davrda Angliyada real hokimiyat qirolning qo‘lida to‘p-langandi. U ko‘p sonli va faqat o‘ziga bo‘ysunadigan organlar orqali qonun chiqarish, ijro etish va oliy sud hokimiyatini amalga oshirardi.
Yashirin kengash bundan oldingi davrda vujudga kelgan, lekin absolut monarxiya davrida batamom rasmiylashgan edi. U davlatning oliy mansabdor shaxslari: lord-kansler, lord-xazinachi, qirolning shaxsiy muhrini saqlovchi lord va boshqalardan iborat edi.
Kengash tarkibi doimiy bo‘lmagan. Oliy mansabdor shaxslar bilan bir qatorda boshqa mansabdor shaxslar ham Kengash ishlariga taklif qili-nardi. Genrix VIII ning reglamentiga (1426 yilgi) asosan kengash tarkibiga 14 ta davlat va saroy mansabdor shaxslari, 4 ta per va 2 ta yepiskop kirardi.
Yashirin kengash qirol huzuridagi maslahatchi organ bo‘lgan. Uning vakolatlarini qirol belgilardi. Qirol hokimiyatning kuchayishi bilan mamla-katni boshqarishga taalluqli ko‘p hujjatlar qirol tomonidan kengashni chet-lab o‘tgan holda chiqarilgan. Yashirin kengashning majlislarida ko‘pincha qirollar ishtirok etmasdilar. Ular bunday hollarda kengash majlislarini yuritishni uning a’zolaridan biriga topshirardilar.
Yashirin kengashning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud organi sifatidagi roli va ahamiyati uning komissiyalari va komitetlari faoliyatida namoyon bo‘lgan. Ularning ichida fuqarolik va asosan jinoiy ishlar bo‘yicha favqulodda sud organi bo‘lgan "Yulduz palatasi" alohida o‘rin egallaydi.
Yashirin kengashning asosiy vazifasi monarx hokimiyatiga qarshi har qanday chiqishlarga qarshi kurashish edi. U farmonlar, reglamentlar, yo‘riqnomalar, manifestlar, proklamatsiyalar chiqarish bilan markaziy va mahalliy davlat organlari ustidan nazoratni amalga oshirardi. Kuchayib borayotgan qirol hokimiyati bu davrda parlamentni tugata olmadi. O‘tgan davrda asos solingan jentri va burjuaziya ittifoqi parlamentning mustah-kam saqlanib qolishini ta'minladi. Bu ittifoq qirol hokimiyatining tabaqalar o‘rtasidagi ixtiloflardan foydalanib, markazda va joylarda vakillik muassasalarini tugatishiga yo‘l qo‘ymasdi.
Qirol hokimiyatining parlament bilan o‘zaro munosabatlarda ustun-ligi 1539 yilgi statut bilan rasmiylashtirildi. Unga ko‘ra, Yashirin kengash-ning chiqargan farmonlari va ordonanslari parlament hujjatlari bilan tenglashtirilgan edi. Garchand, parlament 1547 yilda rasman bu statutni bekor qilgan bo‘lsa ham, qirol hokimiyatining parlamentdan ustunligi amalda saqlanib qolgan edi.
Absolutizm davrida ingliz parlamentining vakolatlari rasman ilgarigidek qoldi. Parlament ilgarigidek soliqlar va yig‘imlar miqdorini o‘rnatish imtiyoziga ega edi. Parlamentning qirol hokimiyati tomonidan yangi soliqlar o‘rnatilishiga qarshi turishi qirollarni zayomlarga murojaat etishga, tovarlarni chetdan olib kelish va chetga chiqarishda bojlar joriy qilishga, katta to‘lovlar evaziga kompaniyalarga qat’iy savdo huquqi (savdo monopoliyasi) imtiyozlarini berishga majbur etdi.
Absolut monarxiya davrida qirol hokimiyatining ingliz cherkovi usti-dan ustunligi batamom o‘rnatildi. Angliyada qirol hokimiyatiga bo‘ysuna-digan cherkov ta’sis etish maqsadida Reformatsiya60 o‘tkazildi. Buning na-tijasi o‘laroq cherkov yerlari tortib olingan va davlat mulkiga aylantirilgan (sekulyarizatsiya qilingan)di. Angliya parlamenti Genrix VIII davrida 1529 yildan 1536 yilgacha qator qonunlar chiqarib, qirolni cherkov bosh-lig‘i deb e’lon qilib, unga oliy cherkov lavozimlariga nomzodlar ko‘rsatish huquqini beradi. XVI asrning oxirida qonun chiqarish yo‘li bilan yangi cherkovning diniy ta’limoti mazmuni, shuningdek, ibodat qilish tartibi o‘r-natilgan.
Download 30,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish