Reja: Angliyada parlamentning vujudga kelishi


Absolut monarxiya davrida Angliyaning ijtimoiy-siyosiy



Download 30,21 Kb.
bet4/6
Sana27.06.2022
Hajmi30,21 Kb.
#710732
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Angliyada parlamentning vujudga kelishi. Parlamentning vujudga kelishi va vakolatlarining kengayishi

5. Absolut monarxiya davrida Angliyaning ijtimoiy-siyosiy tuzumi (XV asrning oxiri - XVII asrning o‘rtasi)
Angliyada absolut monarxiya boshqa mamlakatlarda bo‘lgani kabi, feodalizmning inqirozi va kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlarining vujudga kelishi davrida o‘rnatilgandi. Shu bilan birga ingliz absolutizmi o‘ziga xos qator xususiyatlariga ham ega edi. Shunday o‘ziga xos xusu-siyatlariga qarab ingliz absolutizmi adabiyotlarda "tugallanmagan" degan nom olgan. Angliyada o‘tgan davrga xos eski siyosiy institutlarning saqlanib qolganligi, shuningdek, fransuz klassik absolutizmiga o‘xshash ba’zi yangi elementlarning yo‘qligi absolutizmning "tugallanmaganligi"ni, to‘liq ko‘rinishda namoyon bo‘lmaganligini tavsiflaydi.

Ingliz absolut monarxiyasining asosiy xususiyati shundan iborat edi-ki, Angliyada kuchli qirol hokimiyati bilan bir qatorda parlament ham fao-liyat ko‘rsatishda davom etgan. Shu tariqa Fransiya hamda Yevropa qit’a-sidagi boshqa mamlakatlardan farqli o‘laroq, ingliz absolutizmi parlament bilan vakolatli muassasa sifatida chiqishib keldi, chunki parlament bu yer-da o‘z ijtimoiy tarkibi jihatidan rivojlanayotgan absolutizmning muhim ta-yanchi va madadi edi. Ingliz absolutizmining yana bir xususiyati shundan iborat ediki, Angliya grafiklarida bu vaqtda mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish (yarim saylanadigan sheriflar va mahalliy sudyalar, maslahatchi sudyalar, shaharlarning saylanadigan munitsipalitetlari va hokazolar) saqlanib qol-gandi. Buning sababi shunda ediki, bu organlarga ham odatda o‘sha "itti-foqchi sinflar" - o‘rta dvoryanlar bilan burjuaziya kirib, ular absolutizm-ning ijtimoiy tayanchi sifatida umuman juda katta rol o‘ynardi. Nihoyat, ingliz absolutizmi qit’adagi absolutizmga o‘xshash muntazam armiya tuz-madi, bunga Angliyaning orolda joylashish mavqei ko‘p jihatdan sabab bo‘ldi. O‘rta asrlarda va hatto yangi davrning dastlabki asrlaridagi harbiy-texnika vositalarining, quruqlikdagi kuchlarning Angliyaga hujum qilishi juda qiyin vazifa hisoblanardi. Ammo XVI asrdagi ingliz qirollari munta-zam armiya tuzmasalar ham, parlament bilan birgalikda harbiy flotni mut-tasil mustahkamlab bordilar. Buning oqibatida harbiy flot dushmanning dengizdan hujum qilishidan mamlakatning xavfsizligini to‘la ta'minlabgina qolmay, ingliz mustamlaka va savdo ekspansiyasi uchun qudratli vosita bo‘lib ham xizmat qilardi.
Shunday qilib, Angliyadagi absolutizm yuqoridagi jihatlari bilan qit’adagi, xususan, Fransiyadagi absolutizmdan farqlanardi.
Ingliz absolutizmi XV asrning oxiridan XVII asrning o‘rtasigacha bo‘lgan davrda hukm surdi.

Download 30,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish