An’anaviy va innovatsion ta’limning integratsiyasi
Reja
An’anaviy ta’lim. Integrativ faoliyat haqida tushuncha
Boshlang‘ich ta’limni integratsiyalashning nazariy asoslari
Hozirgi integratsiyaning zamonaviy muammolari
Boshlang‘ich ta’limni integratsiyalash muammolari
Integrativ ta’limning sinflarga bo‘linishi
1-asosiy savolning bayoni.
An’anaviy o‘qitish texnologiyasi asosan «o‘qituvchi-o‘quvchi» tarzida umumiy xarakterda bo‘lib, unda o‘quvchi ta’lim jarayonining ob’ekti, ya’ni passiv shaxs sifatida qaraladi. Pedagogik texnologiyada «O‘qituvchi – ta’lim – o‘quvchi» tizimiga asoslanadi va unda o‘quvchi sub’ektga ya’ni, ta’lim jarayonining faol ishtirokchisiga aylanadi. Bunda o‘quvchiga o‘zi izlanishga, o‘zi mushohada yuritishga sharoit yaratuvchi tashkilotchiga va uni nazorat etuvchi boshqaruvchiga aylanadi.
«Integrativ faoliyat» tushunchasi qator holatlar bilan bog‘liqdir. Birinchidan, «boshqariladigan» pedagogik integratsiyaning «betartib» (boshqarilmaydigan) integratsiyadan ajratish zaruriyati. Zamonaviy pedagogikaning rivojlanish qonuniyati bo‘lmish bu zaruriyat bugungi kunda maxsus tashkil qilingan integratsion ish sohasidan tashqarida ham amalga oshirilishi mumkin. Shu bilan bir qatorda, ma’lum maqsadga yo‘naltirilgan holda amalga oshirilayotgan integrativ faoliyat ham o‘zining mavjudligidan darak bera boshladi. Ikkinchidan, integratsiyani faoliyat sifatida baholash uning texnologik o‘lchamlarini ham batafsilroq tahlil qilish imkonini beradi. Uchinchidan, pedagogikada allaqachon «integrativ ish» (V.I.Zagvyazinskiy), «integrativ faoliyat» (D.D.Semyonov), «integrativ-pedagogik tafakkur» kabi tushunchalarni qo‘llash holatlari mavjud. Integrativ pedagogik faoliyat (IPF) – bu pedagogik faoliyatning o‘ziga xos turi bo‘lib, uning davomida ta’lim-tarbiya nazariyasi va amaliyoti sohasidagi u yoki bu vazifalar dolzarb tus oladi.
Amaliyot darajasida IPFning ikki xil ko‘rinishini ajratish mumkin: shakllantiruvchi va shakllanuvchi faoliyat turlari. Shakllantiruvchi faoliyat – bu ta’lim muassasalarida amalga oshiriladigan va o‘quvchilarda integrativ harakatchanlik xislatlarini va xususiyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan faoliyatdir. Shakllanuvchi IPF esa shakllantiruvchi faoliyatning mahsulidir. Shakllantiruvchi va shakllanuvchi faoliyat tuzilmalarining o‘zaro mosligi omilini hisobga olgan holda taxmin qilish mumkinki, birinchiga xos bo‘lgan tavsif ikkinchiga o‘tkazilishi yoki aksincha bo‘lishi mumkin. Birinchi faoliyatning tarkibini inversionlik, polimodallik, polivalentlik tashkil etadi. «Inversion ob’ektlar – bu an’analar birlashadigan va boyiydigan nuqtalardir» (M.A.Rozov), degan formulaga tayangan holda IPF inversionligi tushunchasi ostida biz uning muayyan tizim «chorrahasi»da turib o‘zida shu tizim haqidagi ma’lumotlarni mujassam etishni tushunamiz.
Adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, faoliyat tuzilmasiga turlicha yondashuvlar mavjud bo‘lib, shulardan ikkitasiga: faoliyatning umumiy tuzilmasiga va invariant tuzilmalariga to‘xtalib o‘tamiz. Integrativ pedagogik faoliyatning umumiy tuzilmasi o‘z ichiga sub’ektlarni, predmetlarni, maqsad, jarayon, vosita, mahsulot va natijalarni qamrab oladi.1
1. Integrativ pedagogik faoliyat sub’ekti rolini ayrim shaxslar (o‘quvchilar, o‘qituvchilar va boshqalar), guruh (jamoa), masalan, o‘quvchilar va o‘qituvchilar guruhi, shaxssiz sub’ektlar: maktab, qollej, litsey, institut, universitetlar o‘ynashi mumkin.
2. Integrativ pedagogik faoliyat predmeti – ta’lim-tarbiya nazariyasi va amaliyoti sohasida integratsion jarayonlarni tashkil etish, o‘tkazish va boshqarish.
Integrativ pedagogik faoliyat maqsadi – shaxsga xos barcha sohalarda: manaviy, kognitiv, affektiv (hissiy-qiymatli), psixomotorik sohalarda u yoki bu sifat jihatidan yangi integrativ hosilalarni shakllantirish. B.Blum tomonidan tavsiya qilingan asosiy o‘quv maqsadlari (taksonomiyasi) ham bu yangi hosilalar rolini bajarishga qodir. Integrativ pedagogik faoliyatning maqsadi maxsus tashkil qilingan o‘quv jarayoni davomida amalga oshiriladi. Integrativ pedagogik maqsadga erishishning nazariy metodologik va axboriy ta’minoti, faoliyatga mos keladigan texnologik dastakni tanlash, maqsadlarni muvofiqlashtirish va zarur vaziyatlarda ularni to‘g‘rilash (korrektirovkalash), IPFni nazorat qilish va yakuniy xulosalar chiqarish, uning maqsad va natijalarini solishtirish kabilar bu jarayonning tarkibiy qismlari bo‘lib hisoblanadi.
Integrativ pedagogik faoliyat vositalari IPF texnologik infrastrukturasining eng muhim tarkibiy qismi bo‘lib, ular maqsadga erishish hamda vazifalarni bajarish uchun xizmat qiladi. Masalan, falsafiy, umumilmiy va pedagogik kategoriyalarning o‘zi ilmiy pedagogik integratsiya vositalari bo‘lib maydonga chiqishi mumkin.
Integrativ pedagogik faoliyatning mahsuloti – shu faoliyat davomida qoida kiritilgan hodisalar, jarayonlar, narsalar majmuidir. Bu pedagogik va g‘ayriilmiy bilimlarni (falsafa va ta’lim tarixi misolida) sintez qilish yo‘li bilan hosil qilingan pedagogik fanlar; integrativ-pedagogik konsepsiya (masalan, umumiy kasbiy ta’lim integratsiyasi); integrativ pedagogik jarayon (masalan, G‘arbdagi integratsiyalashgan ta’lim muassasalari deb ataladigan muassasalarida amalga oshiriladigan jarayon); pedagogik jarayonning integrativ qismlari (masalan, integrativ kun, integrativ dars, boshlang‘ich kasbiy ta’lim mazmunini integratsiyalash); integrativ-pedagogik vaziyatlardir.
Integrativ pedagogik faoliyatning qayta o‘zgartirish xususiyati – integrativ-pedagogik vazifalarni texnik-texnologik jihatdan amalga oshirish. Quyidagilar integrativ-pedagogik qayta o‘zgartirishning ob’ektlari bo‘lib xizmat qilishi mumkin:
- pedagogik fanning to‘liq o‘zi yoki uning ayrim sohalari;
- pedagogik jarayonning to‘liq o‘zi yoki uning ayrim qismlari;
- pedagogik vaziyatlar. Insonning yaxlitlik, universallik va mukammallik darajasi-ning oshishiga olib keladigan qayta o‘zgarish jarayonlari shunday qayta o‘zgarishning mo‘tloq va eng muhim predmeti bo‘lib hisoblanadi.2
Integrativ pedagogik faoliyatning kommunikativ tomoni birinchi navbatda sub’ektlarning o‘zaro muloqoti va ta’siri bilan bog‘liqdir.
Bundan tashqari, kommunikatsiya integrativ-pedagogik vazifalarni amalga oshirish vositasi sifatida maydonga chiqadi. Xususan, bu pedagogikada integratsion jarayonlar rivojining ijtimoiy-pedagogik yo‘nalishiga tegishlidir. Yana shuni ham aytish kerakki, kommunikativ vositalar (integratsiyaning kommunikativ vositalari) – bu ta’lim-tarbiyaviy faoliyatni amalga oshirish davomida kommunikativ muhitni yaratish yo‘l, usul va shakllari majmuidir. Bular quyidagilarni ta’minlash uchun xizmat qiladi:
a) shaxslararo (o‘quvchilar bilan pedagoglar, o‘quvchilar bilan ota-onalar, pedagoglar bilan ota- onalar, o‘quvchilar bilan o‘quvchilar, pedagog va pedagog o‘rtasidagi) integratsiyani; shaxs ichki integratsiyasi – insonning o‘z-o‘zi bilan integratsiyasi;
b) ijtimoiy integratsiya – shaxs va jamoa integratsiyasi, shaxs va u yashaydigan joy integratsiyasi, shaxs va madaniyat integratsiyasi, shu jumladan, boshqa mentalitet madaniyati integratsiyasi va h.k.
Bu o‘rinda ijtimoiy psixologiya va psixotexnikaning u yoki bu elementlari, ayrim holatlarda esa psixoterapiya va psixologik ta’sirning u yoki bu elementlari, chet elning «tushunadigan», «hamkorlik qiladigan» pedagogikasi vaqillari (A. Maslou, K. Rodjers, Sh. Amonashvili, A.Benkin, V. Shatalov) faoliyatidan ham vosita sifatida foydalanish mumkin. «Yosh pedagogikasi asoslari» kursida namoyish qilingan vaziyat va usullarni kommunikativ integratsiyaning muayyan vositalari sifatida tilga olish mumkin. Vaziyatlarga «Erishilgan quvonch», «Ko‘tilmagan quvonch», «Umumiy quvonch», «Oilaviy quvonch» kabilar kirsa, «Zinama-zina», «Imkoniyat beraman», «Orqamdan ergash», «Rollar almashuvi», «Yuqtirish» kabilar esa usullarga kiradi.
Xuddi shu kabi, integrativ-pedagogik faoliyat integrativ-pedagogik amallarda mavjud bo‘ladi. Bunda integrativ-pedagogik amallar deganda IPFni amalga oshirish davomida erishiladigan integrativ mahsulot haqida tasavvurga bo‘ysunuvchi jarayon tushuniladi. Shunday qilib, integrativ-pedagogik faoliyat pedagogik jihatdan polimodal, polivalent tuzilmalar majmuining zaruriy, to‘la huquqli va to‘la qiymatli turi sifatida hamda integrativ-pedagogik amallarning yig‘indisi sifatida maydonga chiqadi.
Didaktik olimlarning tekshiruvlarida uslubning amaliy faoliyat bilan bo‘lgan genetik tabiati ajratib ko‘rsatiladi. N.N.Skatkin, I.Ye.Lerner, Ye.K.Aleksyuk, Babanskiylarning tekshiruvlarida ta’lim uslublariga taalluqli ikkilamchi tur belgilarining ta’rifi berilgan. Ular uslub – ifoda, mazmun va ta’lim usuli ekanligini isbotlab berishgan. Gegel falsafadagi uslubni mazmun harakatining shakli sifatida ko‘rsatadi. Ta’lim jarayonida turli xil mantiqiy tizimlar orqali o‘qituvchi va u bilan birgalikda o‘quvchilar o‘z bilim, qobiliyat va ko‘nikmalarini deduksiya, induksiya, sintez, umumlash-tirish, aniqlashtirish, taqqoslash shaklida ifodalaydidar. Barcha mantiqiy jarayonlar uslubning mazmun bilan o‘zviy bog‘langan ichki tomonini tashkil qiladi. Boshlang‘ich sinflarda o‘quv jarayoni foydalanilayotgan usul, uslub va shakllarining turli-tumanligi bilan ajralib turadi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yangi o‘quv rejalari va dasturlariga o‘tish davrida jamiyat va atrof-muhit o‘rtasidagi aloqalarni uyg‘unlashtirish, atrof-muhitga jiddiy munosabatni o‘rnatish va shakllantirish masalalari muhim ahamiyat kasb etadi. Atrof-muhitga jiddiy munosabatlar poydevori boshlang‘ich sinflarda o‘rgatiladi. Shuning uchun iqtisodiy ta’limning natijasi maktab ta’limining birinchi bosqichiga bog‘liq. Yangi psixologik-pedagogik tadqiqotlar kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarining bilish faoliyatlari cheklanganligi haqida ilgarigi tushunchalarni ko‘rib chiqishga imkon beradi. Bu boshlang‘ich iqtisodiy ta’limning barcha tarkibiy qismlarini o‘zgartirish va yangilashga asos yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |