Reja An’anaviy ta’lim. Integrativ faoliyat haqida tushuncha Boshlang‘ich ta’limni integratsiyalashning nazariy asoslari Hozirgi integratsiyaning zamonaviy muammolari



Download 41,41 Kb.
bet2/7
Sana09.02.2022
Hajmi41,41 Kb.
#438840
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-мавзу

2-asosiy savolning bayoni.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yosh xususiyatlariga javob beradigan va dars talablariga mos keladigan maqsadni aniqlash bunday yangilanishning asosiy masalasidir. XIX-XX asrlar oralig‘ida pedagogikada kichik maktab o‘quvchilarining tabiiy muhit bilan tanishtirishning integratsiyalangan kursini yaratish fikri paydo bo‘lgan. Bu fikr A.Ye.Gerd, D.N.Kaygorodov, A.P.Pavlov nomlari bilan bog‘liq bo‘lib, ular boshlang‘ich maktabga atrofdagi jonli va jonsiz dunyo haqidagi bo‘linmagan kursini kirgizishni talab qilishdi. Integratsiyalashgan ta’lim-tarbiya, fanlararo aloqalarning ayrim jihatlari mashhur pedagoglarning (Ya.A.Komenskiy, D.Lokk, I.Gerbart, M.Pestalotssi, K.Ushinskiy va boshqalar), didaktiklarning (I.D.Zverev, M.A.Danilov, V.N.Maksimova, S.P. Baranov, N.M. Katkina va boshqalar), psixolog olimlarning (Ye.N.Kabanova, N.Pishkalo, Meller, N.F.Talыzina, Ye.A.Samarina, G.I.Vergeles), metodist olimlarning (M.R.Lvov, V.G. Goretskiy, N.N.Svetlovskaya, Ye.M.Kulyagin, G.N.Pristupova, L.V.Levenberg) ishlarida ko‘rib chi­qilgan. Boshlang‘ich ta’lim dars jarayonida bir qator ishlar fanlararo aloqalarga bag‘ishlangan. Bu fanlarni integratsiyalashda olimlardan T.G.Rizayeva, G.N.Akvileva, D.I.Troytap, G.V.Baltyukova, N.Ye.Velenkin, N.M.Drujnina, T.S.Nazarova, I.K.Blinova, R.G.Matyushova tomonidan katta ishlar olib borilgan. Ushbu muammo o‘zbek olimlaridan R.Mavlonova, Q.Abdullayeva, N.U.Bikbayeva, A.G.Grigor­yans, Ye.I.Nikolayeva, X.K.Qayumovlar-ning ishlarida ko‘rib chiqilgan.3
Boshlang‘ich maktab fanlarining integratsion aloqalari kam ishlab chiqilgan bo‘lib, qarama-qarshi ifodalangan. Bu aloqalarning mohiyati haqida olimlar orasida qarama-qarshiliklar ko‘p. Integratsiya atama va uslubiy nuqtai nazardan hodisa sifatida nima ekanligini ko‘rib chiqaylik. «Integratsiya» so‘zi lotincha integratio – tiklash, to‘ldirish, «integer» – butun so‘zidan kelib chiqqan. Bu borada ikki tushunchaga egamiz:
Tizim, organizmning alohida tabaqalashtirilgan qism va vazifalarning bog‘liqlik holatini bildiruvchi tushuncha va shu holatga olib boruvchi jarayon.
Tabaqalashtirish jarayonlari bilan birga amalga oshirilayotgan fanlarni yaqinlashtirish jarayoni. Differensiatsiya franchuzcha «differen» – tiofion, lotincha «differentia» – farq, har xillik), ya’ni butunni bo‘laqlarga bo‘lish, ajratish demakdir. Ta’lim mazmunini integratsiyalash – dunyo an’anasi (g‘oya, fikr, intilish). Integrativ yondashish turli darajadagi tizimli aloqalarning ob’ektiv yaxlitligini aks ettiradi (tabiat - jamiyat - inson). Integratsiya ilgari bo‘lingan qismlarni bir butunga birlashtirish bilan bog‘liq. U tizim elementlarining yaxlitlik va uyushqoqlik darajasini oshirishga olib keladi. Integratsiyalash mobaynida bir-biriga bog‘liqlik hajmi oshadi va tartibga tushadi, shu tizim qismlarning ishlashi va o‘rganish ob’ektining yaxlitligi tartibga solinadi. Bu umumiy qoidalarni qanday qilib maktab ta’limida qo‘llash mumkin? Zamonaviy didaktik va metodikada ta’kidlanishicha, o‘quvchilarni o‘qitish, rivojlanishi va tarbiyasining muvaffaqiyatlari ularda dunyo birligi haqidagi tushunchaning shakllanganligi, o‘z faoliyatlarini umumiy tabiat qonunlari asosida yo‘lga solish zaruriyatini tushunishlari, tabiatshunoslik kursida fanlararo va fanlar ichidagi aloqalarni yecha olishlari bilan bog‘liq. Ta’limdagi integratsiya o‘quv fanlari mazmunini konstruksiyalashga tizimli yondashish orqali ko‘rib chiqiladi.
Integratsiyaning turli darajalari ajratiladi: boshlang‘ich, tabiat haqidagi elementlar, bilimlarni birlashtirish; oraliq – fanlar bo‘limlarini bo‘lish integratsiyasi; yakuniy – tabiatshunoslikni o‘rganish bilan bog‘liq bo‘lgan ta’limning oxirgi bosqichi integratsiyasi. Shu bilan birga, tabiiy-ilmiy ta’limini to‘liqroq va kengroq integratsiyalash imkoniyati ham inkor etilmaydi. Maktab ta’limini integratsiyalash jarayonining psixologik asosi sifatida psixolog Ye.A.Samarinning assotsiativ tafakkur to‘g‘risidaga fikrlari olinishi mumkin. Bu fikrlarning mazmuni shundaki, har qanday bilim bu o‘xshatish, bilimlar tizimi esa o‘xshatishlar tizimidir.
Ye.A.Samarin o‘xshatishlarning quyidagi turlarini ajratadi:

  • lokal (mahalliy, ma’lum bir joy, narsa bilan chegaralangan);

  • biror tizimga tegishli bo‘lgan;

  • tizim ichidagi;

  • tizimlar orasidagi;

  • aqliy faoliyat darajalarini o‘xshatishlarining mos keladigan darajasiga birlashtirish xususiyatiga qarab tasniflaydi.

Tabiat yoki predmet haqidagi eng oddiy bilimlarni hosil qiluvchi bog‘liqlikning eng soddasi ma’lum bir joy yoki tushuncha bilan chegaralangan lokal tasavvurdir. Bu bog‘liqlik boshqa bilimlardan nisbatan ajralgan, shuning uchun eng oddiy aqliy faoliyatni ta’minlaydi. Bu kichik maktab yoshiga xos. Biror bir tizimga tegishli bo‘lgan tasavvurlar eng sodda tizimli tasavvurlardir. Ular biror bir mavzu, predmet yoki hodisani o‘rganish asosida hosil bo‘ladi. Biror bir predmetni bilish, yangi dalil va tushunchalarning tanlanishi ularni bilimlar bilan taqqoslanishi orqali amalga oshiriladi. Bilimlarni eng oddiy umumlashtirish sodir bo‘ladi, lekin olingan bilim hamma unga yaqin bo‘lgan bilimlar bilan bog‘lansa ayni muddao bo‘lar edi.
Bunda o‘quvchilarning tahlil qilish va umumlashtirish faoliyatlari vujudga keladi. Tizim ichidagi tasavvurlar o‘quvchilarning butun bir fanlar tizimining bilishini ta’minlaydi (fizikaviy, kimyoviy, biologik bilimlar tizimi), o‘rganilayotgan fan doirasida bilimlardan keng foydalanish kuzatiladi. Tizim ichidagi tasavvurlar, vaqt, muhit, son bog‘lanishlarni aks ettiradi. Predmetlararo tasavvurlar aqliy faoliyat­ning eng yuqori pog‘onasi hisoblanadi. Ular bilimlarning turli tizimlarini birlashtiradi, hodisa yoki jarayonning xilma-xilligini bilishga imkoniyat beradi. Shu bilimlar asosida umumiy tushunchalar kelib chiqadi. Tizimlararo tasavvurlarning shakllanishi, ularni bilimlardan foydalanishga, ularni bir-biriga bo‘ysundirishga, bilimlar chegarasida bo‘shliqlikni aniqlashga imkon beradi. Bayon qilingan psixologik dalillar boshlang‘ich, to‘liqsiz o‘rta va o‘rta maktab ta’limini integratsiyalashning asosiy xususiyatlarini aniqlashga imkon beradi.
S.P.Baranov, L.R.Bolotin, V.A.Slastyoninning «Pedagogika» kitobida darslarda qo‘llaniladigan fanlararo bog‘lanish ko‘rsatiladi, lekin integ- ratsiyalashgan ta’lim muammolari aks etmagan.
«Boshlang‘ich ta’lim» jurnallarida maktab ta’limini integra­tsiyalash muammosiga katta ahamiyat beriladi. L.N. Baxareva o‘zining «Boshlang‘ich maktab o‘quv mashg‘ulotlarini o‘lkashunoslik asosida integratsiyalash» maqolasida «Integratsiya – differensiya jarayonlari bilan birgalikda amalga oshirilayotgan fanlarni yaqinlashtirish va bog‘lash jarayoni bo‘lib, yangi, butun, yaxlit bo‘limlar yaratishga yordam beruvchi, fanlararo aloqalarni amalga oshirishning yuqori ko‘rinishidir», - deb ta’kidlaydi.
O‘quv jarayoni integratsiyasi predmetlar tizimini inkor etmaydi, integratsiya tizimini takomillashtiradi, kamchiliklarini bartaraf etadi, predmetlar orasidagi aloqalar va bog‘liqliklarni chuqurlashtiradi, bunday yondashuvlar differensiya va integratsiya orasidagi munosabatlarni tushunishga tayanadi. Pedagogikaning maqsadi bir xil maqsad va vazifalarga ega bo‘lgan turli fanlarning element va qismlarini bir butunga birlashtirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, u integratsiyani amalga oshirishda o‘qituvchilarga yordam berishdir. Olib borilgan tajribalar shuni ko‘rsatadiki, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida, keyinchalik esa bitiruvchilarda u yoki bu fanlarni o‘rganib, shu bilim, ko‘nikmalarni; boshqa fanlarni o‘rganishda qo‘llashga qiynalib, ularga mustaqil fikrlash, olingan bilimlarga o‘shxash yoki yangi vaziyatlarga ko‘chira bilish ko‘nikmalari yetishmayapti. Bularning hammasi boshlang‘ich sinflardagi turli fanlar bo‘yicha mashg‘ulotlarning o‘zaro kelishmovchiligi tufayli sodir bo‘lmoqda. Bu holatda integratsiya bir predmet bo‘yicha bilimlarni ikkinchisiga ko‘chirish va faoliyatning almashinishi emas, balki zamonaviy fanlar integratsiyasi yo‘nalishlarini aks ettiruvchi yangi didaktik ekvivalent (mos bo‘lgan, o‘xshash, keng keladigan narsa)larni yaratish jarayonidir.
Psixolog Ye.N.Kabanova-Millerning aytishicha, «o‘qituvchiga hali uchramagan vazifa asosida bilim, ko‘nikma va qobiliyatlarni mustaqil ko‘chirilishi aqliy rivojlanishning muhim ko‘rsatkichidir». U o‘zining «Boshlang‘ich sinflarda ta’limni integratsiyalash tajribasi» ishida maktab ta’limini integratsiyalashning muhimligiga e’tiborini qaratsa, L.P.Giyenko integratsiya darsni samarali qilish vositasi, predmetlar aloqalarini yangi pog‘onalarga ko‘tarish shakli, deb hisoblaydi.
Integratsiya – o‘qituvchilarning turli fanlar bo‘yicha kuzatishlari va xulosalarini tasdiqlab yoki chuqurlashtirib beruvchi yangi dalillarni topib berish manbayidir. Ular faoliyatning turli shakllari almashib turishi orqali o‘quvchilar charchashi va asabiylashishining oldini oladi.



Download 41,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish