Himoya va tarqalishi – Yashash sharoitining yomonlashishi (marta suvning quriy boshlashi) bilan amyoba tanasi kichrayadi. Ektoplazmasi atrofida maxsus himoya qobig‘i (sista) hosil bo‘ladi. Sistaga o‘ralgan amyoba o‘z hayotini uzoq muddat saqlab qola oladi. Sistalashgan amyobalar shamol yordamida uzoq joylarga tarqaladi.
Kasallik qo‘zg‘atuvchi amyobalar yoki parazit turlari – Parazit amyobalarning bir necha xili odamzod ichagida ham uchraydi. Ularning ba’zilari masalan, ichakda yashaydigan Koli amyobasi (Entamoeba coli) insonga zarar yetkazmasdan ichakdagi mikroblar bilan oziqlanadi. Lekin ichburug‘ amyobasi (Entamoeba histolytica) ko‘p hollarda ichak devorlarida yara hosil qilib, ancha og‘ir o‘tadigan qonli ichburug‘ (dizenteriya - amyoba) hastaligi keltirib chiqaradi. Bularning sistalari odam najasi bilan tashqariga chiqib turadi. Sistalangan amyoba 2-3 oygacha tiriklik hususiyatini saqlay oladi. Bu kasallik asosan issiq va subtropik mamlakatlarda ko‘plab uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |