18-Dars.Sakkokiy, Gadoyi
Reja:
1.Sakkokiy –qasidanavis shoir
2.Gadoiy lirik tasvir ustasi
Uyg'ur iboratining fusahosidin va turk alfozining
bulag'osidin Mavlono Sakkokiy va Mavlono
Lutfiykim, birining shirin abyoti ishtihori
Turkistonda bag'oyat va birining latif g'azaliyoti
intishori Iroq va Xurosonda benihoyatdurur ham
devonlari mavjud bo'lg'ay.
Alisher Navoiy
Sakkokiy.
Alisher Navoiyning ushbu bahosi Sakkokiyning o'z zamonasida juda mashhur bolgani hamda she'riyati xalq va ijod ahli orasida keng yoyilganini ko'rsatadi.
Sakkokiy — adibning taxallusi. Uning asli ismi ma'lum emas. «Sakkokiy» so'zining ma'nosi «pichoqchi» bo'lib, bu adibning kasbiga ishoradir.
Sakkokiyning qachon tug'ilgani va qachon vafot etgani ham ma'lum emas. Ammo uning yozgan asarlari orasida bir necha qasidalar mavjud bo'lib, ular Xalil Sulton, Arslon Xo'ja Tarxon, Xo'ja Muhammad Porso va Mirzo Ulug'beklar singari tarixiy shaxslarga bag'ishlangan.
Ma'lumki, Xalil Sultonning hukmronlik qilgan davri 405-409- yillarga to'g'ri keladi. Arslon Xo'ja Tarxon Ahmad Yugnakiyning «Hibat ul-haqoyiq» asarini ko'chirtirgan shaxs sifatida tarixda qolgan. Bu voqea 1444-yilda Samarqandda bo'lgan edi. Mirzo Ulug'bekning hayotiga oid sanalar esa 1394-1449- yillarni o'z ichiga oladi.
Agar qasida yozishning ancha murakkabligini, buning uchun muayyan ijodiy tajriba zarurligini e'tiborga olsak, Xalil Sultonga bag'ishlangan qasida yozilgan paytlarda (1405—1409-yillar) Sakkokiyning qalami anchagina charxlanganini ko'rish mumkin. Demak, Sakkokiy XIV asrning ikkinchi yarmida, ehtimol, oxirgi choragida tug'ilgan.
Shoirning movarounnahrlik ekanligi haqidagi ma'lumot esa Alisher Navoiyning «Majolis ul-nafois» asarida qayd etilgan.
Sakkokiy o'zbek va fors-tojik tilidagi manbalarni puxta o'rganib chiqqan, ulardan
-136-
o'z asarlaridaijodiy foydalangan. Adib asarlarini mutolaa qilish jarayonida Firdavsiy, Nizomiy Ganjaviy, Shayx Muslihiddin Sa'diy, Xo'ja Hofiz Sheroziy singari mashhur adiblardan ijodiy oziqlanganini his etish mumkin. Ammo turkiy tilda yaratilgan asarlar, ayniqsa, xalq og'zaki ijodi Sakkokiy ijodining takomiliga juda katta ta'sir ko'rsatgan.
Sakkokiy asarlarida xalqona ibora va ifodalar, maqol va hikmatli so'zlarning ko'p uchrashi tasodifiy emas. «O'zimga o'zim qildim», «ko'zi chiqsin», «eson qol» singari xalqona ifodalar Sakkokiy g'azallarining tiliga o'ziga xos tarovat bag'ishlagan.
Sakkokiy — g'azalnavis shoir. Uning g'azallarida ishq, oshiqlik, hijron iztiroblari, visol lazzati, oshiq qalb kechinmalari juda ustalik bilan tasvirlanadi.
Sakkokiy tasviridagi yor benihoya go'zal:
Yuzungni ko'rsa qilur gul o'zini yuz pora,
Xo'tan yozisida ohu ko'zingdin awora.
Yorning yuzi shu qadar chiroyliki, gul uni ko'rib toqat qila olmaydi, «o'zini yuz pora» qiladi. Gulning tashqi ko'rinishi, har bir yaprog'ining varaq-varaq bo'lib turishi shunday tasvirga imkon bergan. Bu mumtoz adabiyotimizda husni ta 'lil san 'ati deb yuritiladi. Uning asosida muayyan bir hodisani real — hayotiy mantiq bilan emas, balki shoirona xayol — badiiy mantiq bilan «isbotlash» yotadi. Keyingi misraning yaratilishida ham shu san'atdan foydalanilgan. Ohuning Xo'tan dashtida yurishiga sabab aslida uning yashash tarzi. Bu tabiiy asos. Ammo shoir uchun shuning o'zi kifoya emas. U buning sababini yor ko'zi tufayli deb biladi.
Shundan keyin ko'ngil va og'iz ta'rifi beriladi:
Ko'ngil shakar bikin og'zing ko'rib adam bo'ldi,
Aytmading bir og'iz, ey faqiri, hech kora.
Og'iz shakardek shirin. Bu yerda gap so'z haqida bormoqda. Yor aytayotgan har bir so'z ana shu sifatga ega. Bu marhamatdan lirik qahramon o'zini yo'qotadi. Ammo yor unga parvo qilmaydi. Demak, Sakkokiy ta'rifidagi yor ham an'anaviy sifatlarga ega.
Sakkokiy xalqona urf-odatlar, ibora va ifodalardan juda mohirlik bilan o'z o'rnida foydalanadi:
Bale, bu ranj-u baloni men ixtiyor etdim,
O'zumga ishni o'zum qildim, emdi ne chora.
Bu ranj-u balo — oshiqlik bilan bog'liq. Ya'ni yorni sevish, unga muhabbat bogiash lirik qahramonning ixtiyoriy ishidir. Shuning uchun ham u o'zimga o'zim qildim, endi na chora demoqda. Bu yerda bale, endi ne chora, o 'zimga ishni o 'zim qildim kabi ifodalar xalq og'zaki ijodida, og'zaki so'zlashuvda tez-tez qoilanishi bilan e'tiborni tortadi.
Endi quyidagi baytni kuzataylik:
Ko'zum yoshinga nazar qil, ko'ngil boiur ravshan,
Ey sarvinoz, oqar suvg'a qilsa nazzora.
Darhaqiqat, oqib turgan tiniq suvga qarash kishi ko'ngliga huzur, halovat beradi,
-137-
uni xotirjam qiladi, asablarini tinchlantiradi. Ammo bu yerdagi oqar suvga e'tibor bersak, chiroyli manzara namoyon bo'ladi. Zero, bu yerdagi oqar suv ko'z yoshlaridir. Lirik qahramon ko'zidan oqayotgan yoshni oqar suvga o'xshatishda kuchli mubolag'a bor. Ayni shu mubolag'a ko'ngilda shirin bir zavq uyg'otadi.
Keyingi tasvir bu tuyg'ularni yanada kuchaytiradi:
Bu quyosh qatralarin ko'r yuzum uza g'alton,
Muning bikin yurumas hech falakda sayyora.
Lirik qahramon yuzida ko'zidan oqqan yosh tomchisining harakati xuddi osmonda sayyoralarning yurishiga qiyoslanmoqda. Naqadar go'zal va ta'sirli o'xshatish!
Ko'z yoshi, yosh qatralari uzluksiz oqib turadi. Bu kecha-yu kunduz davom etadi. Ana shu holatdagi kishiga tasalli beruvchi kuch ham «yor g'amidan o'zga kishi» bo'la olmaydi:
Kecha-yu kunduz ishim yigiamoq, kuchim zori,
G'amingdin o'zga kishi yo'q qoshimda g'amxora.
Oxirgi baytda yana bir chiroyli so'z o'yini qoilangan. «Jonga tegdi» iborasi ikki ma'noni anglatmoqda. Birinchisi, dastlab seziladigan «jonga tegib ketdi», «bezor qildi» ma'no- sida. Ammo uning «jonga aniq tegdi», «nishonga bexato urdi» degan ma'nosi ham bor. Aslida asosiy tayanch nuqta ham mana shudir:
Ko'zung balosi bilan jonga tegdi, Sakkokiy,
Dag'i ne qilg'usi, bilmon, oxir bu makkora.
«Bu makkora» ifodasi ham ikki ma'noda qo'llangan. U ham ko'zga, ham yorga tegishli. Baytda har ikki ma'no ham o'z o'rnida qo'llanilgan. Bu iyhom san'atiga misol bo'ladi.
Bunday go'zal ifodalar, tasvir aniqligi quyidagi g'azal uchun ham xos:
Kim ermas ul oy mubtalosi,
Yolg'uz menga yo'q aning balosi.
Ul oy — istiora. Bu istiora yorni anglatadi. U shu qadar go'zal, chiroyliki, unga hamma mubtalo. Oshiq ham ana shu «hamma»ning ichida bor. Ammo uning istioralari boshqacha:
Tushti bu zaif jonimg'a dardi,
O'lmaktin azin yo'q ul davosi.
E'tibor berilsa, «jon»ning sifati «zaif» so'zi bilan ifodalangan. Shunga ko'ra misrada «uning davosi o'limdan boshqa emas» shaklidagi tasvir o'z o'rniga tushgan. Keyingi bayt ham shu fikrni mantiqan davom ettiradi:
Bergusi g'arib boshimni yelga,
Ruxsora-yu zulfining havosi.
Ruxsora (yuz), zulf (soch)gina emas, yorning ko'zlari ham go'zal, jozibador:
Kim ko'rsa aning ko'zini aytur:
Ne turfa erur bu turk balosi?
Buning ustiga u shirali ovoz egasi ham. U turkiy yallalarning mohir ijrochisi sifatida ham alohida ta'rifga loyiq:
Turkona ir irlag'uncha oning,
Kuydurdi meni alay-bulosi.
-138-
Sakkokiy husni ta'lil san'ati vositasida yor yuzining go'zalligini o'ziga xos tarzda tasvirlaydi:
Oyina sening yuzung ko'rubon,
Lof ursa yuzingda yo'q safosi.
Maqsad yor yuzini ta'riflash. Undagi tiniqlik, takrorlanmas jozibasi oyna orqali ko'rsatilmoqda. Oyna ayni shu xislatlari bilan maqtanmoqchi edi, ammo ko'chgan sirlari uning safosini yo'qqa chiqargan. Ammo u go'zalning tiniq yuzi oldida xira tortib ketadi.
Maqta'da yana oshiq - lirik qahramonning ishq yo'lidagi iztiroblari tasvirga olingan:
Dard-u g'am-u ranj-u men-u o'lmoq
Sakkokiyga bo'ldi jon g'izosi.
Sakkokiy g'azallarida ishq-muhabbat mavzusi yetakchilik qiladi. Ammo ana shu g'azallar orasida ijtimoiy mavzularning ham ustalik bilan yoritilganini kuzatish qiyin emas. Adib bir o'rinda o'zini «oyog'i bog'langan qush» deb ta'riflaydi. Boshqa bir baytda esa quyidagi tasvirni o'qiymiz:
Falakkim barcha olamning qilur qon bag'rini har dam,
Eshitsa bag'ri qon boig'ay mening oh-u fig'onimni.
Bu bejiz emas. Ijtimoiy hayotdagi tengsizlik, adolatsiz- likning bundan o'zga natijasi bo'lmas ham edi. Shuning uchun ham adibning buni taqdiri azalga bogiashi tabiiy ko'rinadi:
G'am yegil, ey Sakkokiy, chun awalda qassomi azal,
Aysh o'zgalarga-u senga ranj-u g'am in'om ayladi.
Sakkokiy bu ranj-u g'amlardan qutulish yo'lini odil podshohlar, xususan Mirzo Ulug'bek singari «mehribon», «sohibqiron»lar siymosida ko'radi. Buni ana shu buyuk shoh va olimga bag'ishlangan mashhur qasidasida aniq ko'ramiz. U shunday boshlanadi:
Jahondan ketti tashvish-u mabodiyi amon keldi,
Xaloyiq, aysh eting, bukun sururi jovidon keldi.
Ulug'bek «mabodiyi amon» — tinchlik, omonlik asosi, hayot tayanchi deb baholanmoqda. U «sururi jovidon» — abadiy shodlik garovi sifatida ta'riflanmoqda.
Keyingi misralarda buning sabablari aniq ochib berilgan:
Boyindi taxtining qadri, uzun toj ko'kka toshlodi,
Adolat bog'i sabz o'ldi, chu No'shiravon keldi.
Tarixiy ma'lumotlar ushbu ta'riflarning real asoslari borligini tasdiqlaydi. Shoir sifatida Sakkokiyning ushbu haqiqatni tez anglab olgani, chuqur his etgani shubhasizdir. Shunga ko'ra u bu tuyg'ularini o'tli misralarda ifoda etadi:
Kerak jon bulbuli tun-kun navodin tinmasa bir dam,
Chu do'stlarig'a xurram yoz, aduvlarg'a xazon keldi.
Raiyat qo'y erur, sulton anga cho'pon-u yo bo'ri,
Bo'ri o'lga-yu qo'y tingoy, chu Musoteg shubon keldi.
(Aduv — dushman, raiyat xalq demakdir.)
Ta'kidlash joizki, xalqni qo'yga, hukmdorni cho'ponga, zolim amaldorlarni
-139-
bo'riga o'xshatish adabiyotimiz tarixida qadimdan ma'lum. Yozma adabiyotda bunday o'xshatishni dastlab Yusuf Xos Hojibning «Qutadg'u bilig» asarida uchratamiz:
Qapug'da terildi qamug'ach bo'ri, Ey elik, qapug' kaz ko'dazib yuri.
Budun qo'y sani-ul, begi qo'ychisi, Bag'irsaq kerak qo'yga qo'y tutguchi.
(Saroyda talay och bo'rilar yig'ilgan, Ey elig, saroyni juda avaylab saqlab yur.
Xalq bir qo 'y kabi, beg esa qo 'ychivonidir, Qo'y uchun qo'y tutuvchisi mehribon (jonkuyar)
bo 'lishi kerak.)
Ko'rinib turibdiki, Sakkokiy bu an'anadan unumli foydalangan, uni ijodiy rivojlantirgan.
Qasidada Ulug'bek «Ulus haqida ming turli atodin mehribon», «xisravi oliy», «Sulaymoni zamon» sifatlari bilan ulug'langan. Bunday o'xshatishlar qasida janrining talablari bilan ham uyg'undir. Odatda, qasidada tilga olingan qahra- monning asosiy xususiyatlari madh etiladi, ulug'lanadi. Sak¬kokiy qasidasida ham shu hoi mavjud:
"Salotin dunyoda ko'p keldi-yu kechdi, seningdek bir,
Falakning gar tili bo'lsa ayitsunkim qachon keldi?
Qasidada Ulug'bekning odil shoh, zakovatli inson sifatidagi qiyofasi mahorat bilan chizib berilgan. Sakkokiy o'zining asarlari bilan o'zbek mumtoz adabiyotiga munosib hissa qo'shgan adiblardan biridir.
Sakkokiy ijodi har doim zamondoshlarimiz ehtiromiga sazovor. U ulkan tarbiya maktabi bo'lib qolaveradi.
Gadoiy
Uyg'ur iboratining fusahosidin va turk alfozining
bulag'osidin Mavlono Sakkokiy va
Mavlono
Lutfiykim, birining shirin abyoti ishtihori
Turkistonda bag'oyat va birining latif g'azaliyoti
intishori Iroq va Xurosonda benihoyatdurur ham
devonlari mavjud bo'lg'ay.
Do'stlaringiz bilan baham: |