Reja: A. Navoiyning tuyuqlari. Qit’alari va fardlari Shoirning ruboiylari


Saxo-vu buxl bobida nukta surmak va arolarida ikki vosita kelturmak



Download 31,23 Kb.
bet4/4
Sana23.01.2022
Hajmi31,23 Kb.
#406215
1   2   3   4
Saxo-vu buxl bobida nukta surmak va arolarida ikki vosita kelturmak

Debon bergan kishi erdur, va lekin

Demay berganga erlik bil musallam.

Ne deb, ne bersa bilgil ani xotun,

Debon bermasni xotundin dagʻi kam.

Bu yerda ham sarlavha asar haqidagi tasavvurlar uchun asos vazifasini ado etadi. Qitʼa mavzusi sarlavhada oʻz aksini topgan. Unda gap “saxo” va “buxl” haqida boradi. “Saxo” – saxovat, saxiylik, qoʻli ochiqlikni, “buxl” esa baxillik, xasislik, qurumsoqlikni anglatadi. Shu yerda “musallam” soʻziga ham izoh berish zarurati bor. U qarshilik qilmay, inkor etmay maʼqullangan degan maʼnoni bildiradi. Demak, muddao qoʻli ochiqlik va qurumsoqlik haqida mulohaza yuritishdan iborat.Adib ikki xil xususiyatga ikki xil asos (vosita, yaʼni sabab) ni keltiradi. Ulardan birinchisi – saxovat. Dastlabki ikki misra shu fazilat tavsifi uchun xizmat qiladi. Agar kishi bir soʻzni aytsa, soʻng unga amal qilsa, masalan, boshqalarga biror narsani berish haqidagi soʻzining ustidan chiqsa uni haqiqiy er, erkak deyish mumkin. Bu misrada xalqimizning maʼnaviy bisotidagi “Yigit soʻzidan qaytmas, arslon izidan” maqolining mazmuni mujassamlashgan. Agar mulohaza shu bilan tugasa, albatta, katta bir poyetik kashfiyot haqida gap ham boʻlishi mumkin emas edi. Shuning uchun ham Navoiy avval shu misrani keltiradi, keyingi misrada undan-da kuchliroq va muhimroq mulohazani oʻrtaga chiqaradi (“Demay berganga erlik bil musallam”). Demak, aytmasdan (yoki ayttirmasdan) turib berish imkoniyati ham mavjud. Alisher Navoiy ayni mana shu imkoniyat haqida gapirmoqchi.Muhtoj odamning biror narsa umidida kelganida, uning ehtiyojini qondirishning oʻzi ham insoniylik taomiliga toʻla mos va muvofiq keladi. Ammo muhtojning muhtojligini bila turib (eng muhimi, yordam berish imkoniyatiga ega boʻlib turib), unga nisbatan beparvo va loqayd boʻlish ham bor. Adib masalaning bu tomoniga daxl qilayotgani yoʻq. Aksincha, bu boradagi saxovat uchun yana bir boshqa imkoniyatni esga olmoqda. Muhtoj kishi soʻramasdan turib ham unga mol beradiganlar bor. Adib mana shu toifa haqida gapirmoqchi. Ular esa haqiqiy mard, haqiqiy saxovat egalaridir. Qitʼaning birinchi qismi shu bilan yakunlanadi. Demak, endi gap sarlavhada vaʼda berilgan ikkinchi qism ustida borishi kerak. Xuddi shunday boʻladi ham. Jamiyat ahli orasida biror himmat koʻrsatishdan oldin uni taʼkidlab, urgʻulab, “yaxshiligini pesh qilib” koʻrsatadiganlar ham topiladi. Alisher Navoiy nazarida bu xususiyat maqtovga loyiq emas. U qoralanishi kerak. Shunga koʻra, bu toifaga mansublarni erkaklar qatorida sanab boʻlmaydi. Ular ayollar qatorida sanalishga mahkumdir. Lekin bu ham hali hammasi emas ekan. Bundan ham pastkashroq toifalar mavjud: ular aytadilar-u, lekin bermaydilar, yaʼni vaʼda berishadi-yu, biroq ishlari vaʼdalariga xilof boʻladi. Ularni xotindan ham pastroq darajada baholash maqsadga muvofiq boʻladi. Har holda xalqimizda “xotindan xarob”, “xotindan ham xarob” degan ifodalar bejiz paydo boʻlmagan ekan. Buning zamirida ayol kishini yerga urish maʼnosi yoʻq, aksincha, erkak (yigit) kishining bir soʻzli, mard boʻlishiga undov turibdi, xolos.


Adabiyotlar:




  1. B.Jаlilоv vа bоshqаlаr. O’zbеk аdаbiyoti. T-2006

  2. B.Qоsimоv vа bоshqаlаr. O’zbеk аdаbiyoti. 10-sinf uchun dаrslik. T.-2001

  3. N.Mаllаyеv. O’zbеk аdаbiyoti tаriхi. “O’qituvchi” T.-1965

  4. Q.Yo’ldаshеv vа bоshqаlаr. Аdаbiyot. 7-sinf uchun dаrslik. T.-2003

Download 31,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish