Reja: 5-6-7-sinf dts, Jahon va O‘zbekiston tarixi darsligi tahlili



Download 466,01 Kb.
Pdf ko'rish
Sana14.02.2022
Hajmi466,01 Kb.
#448925
Bog'liq
1 topshiriq



Mavzu: Umumiy o’rta ta’lim tizimi Jahon va O’zbekiston tarixi 
fani o’quv jarayonini o’rganish. (4 soat) 
Reja: 
1. 5-6-7-sinf DTS, Jahon va O‘zbekiston tarixi darsligi tahlili
matn va matndan tashqari komponentlar (asosiy, qo‘shimcha, 
izohlovchi, uslubiy, mundarija) asosida. 
2. O‘qituvchining taqvimiy ish rejasini tuzish. 
3. 8-sinf DTS, dastur, Jahon va O‘zbekiston tarixi darsligi tahlili.
Ta’limni standartlashtirish insoniyatining ijtimoiy ongida ro‘y 
bergan tub o‘zgarishlar tufayli kelib chiqqan zaruratdir. Chunki, 
axborotlar almashinuvi maksimal chegaraga yetgan davrimizda 
dunyoning bir burchagida yashayotgan kishi ikkinchi qutbda 
sodir bo‘layotgan voqyealarni bilibgina qolmay, ularning ne 
boisda aynan shu tarzda ro‘y berganini anglashi va his qilishi 
zarurdir. Bu holat ta’lim standartlari deb atalmish tushunchani 
yuzaga chiqardi. Standart- ta’limda yaratilgan meyoriy reja, 
dastur, darsliklarni o‘zlashtirish ekvivalenti, ya’ni ta’lim 
mazmunini o‘zlashtirish darajasidir. Standartni ishlab chiqishda 
o‘quvchini haddan tashqari zo‘riqtirib yubormaslik talablariga 
rioya qilish, ya’ni u o‘quvchi yoshiga mos, uni bajarishga qurbi 
etadigan darajada bo‘lishi kerak. Bunda albatta, ta’lim 


oluvchining qiziqishi, xohishi, ehtiyoji hisobga olinishi lozim. 
Ta’lim standartlarini o‘zlashtirishda shaxsga muhim ahamiyat 
berilishi, unga yakka tartibda yondashilishi maqsadga 
muvofiqdir. Standartlarni o‘quv jarayoniga tatbiq etishdan oldin 
o‘ta puxtalik bilan tajriba-sinovdan o‘tkaziladi va shu asosda 
bosqichma-bosqich o‘quv jarayoniga kiritib boriladi. Davlat va 
jamiyat 
ta’lim 
muassasalari 
oldiga 
muayyan 
ijtimoiy 
buyurtmalar qo‘yayotgan ekan, o‘sha muassasalar tomonidan 
tayyorlanadigan kadr egallashi lozim bo‘lgan ijtimoiy 
sifatlarning minimal chegarasini ham ko‘rsatib berishi tabiiydir. 
Tarbiyalanuvchi yoki ta’lim oluvchilar egallashi lozim bo‘lgan 
bilim, ko‘nikma, malaka yohud ma’naviy sifatlarning eng quyi 
miqdori ilmiy asoslarda belgilab berilgan rasmiy pedagogik 
hujjat-davlat ta’lim standartli hisoblanadi.
O‘quvchilar tarix ta’limi jarayonida quyidagi bilim, ko‘nikma va 
malakalarni egallashlari shart: 
— jahon va O‘zbekiston tarixining davrlari, ijtimoiy tuzumlar, 
ularning atalishi va ularga xos xususiyatlar haqida tasavvurga 
ega bo‘lish; 


— asr va yil hisobini bilish, tarixiy voqea va hodisalarning 
davomiyligini, ularning qaysi davrga mansubligini ayta olish, 
eramizdan oldingi asrlarni hisoblay olish; 
— insoniyat doimo oldinga intilganligi, bu esa tarixiy 
taraqqiyotning asosi bo‘lganligini anglash; 
— jamiyatda va dunyoda kechayotgan jarayonlarga o‘zining 
mustaqil munosabatini bildira olish; 
— tarixiy manbalarni mustaqil o‘rganish asosida xulosalar 
chiqara olish; 
— tarixiy jarayonlar haqida ma’lumotga ega bo‘lish va qiyosiy 
tahlil qila olish; 
— bobomiz Amir Temurning jahon tarixida tutgan o‘rni haqida 
bilimga ega bo‘lish; 
— O‘rta Osiyodagi xonliklarning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy 
hayoti haqida ma’lumotga ega bo‘lish; 
— O‘rta Osiyo xonliklaridagi feodal munosabatlarning 
shakllanishi va rivojlanishi haqida ma’lumotga ega bo‘lish; 
— Rossiya bosqini, uning beshafqat generallari va ularga qarshi 
kurashgan vatanparvar sarkardalar, qahramonlar, milliy ozodlik 
harakatlari to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish; 


— Sho‘ro hukumati va bolsheviklarning xalqimizga qilgan 
adolatsiz qatag‘onlik siyosati, mulkiy va ma’naviy huquqlari 
paymol etilgani haqidagi ma’lumotlarni bilish; 
— O‘zbekistonning Ikkinchi jahon urushidagi ishtiroki, 
xalqimizning front va mehnat sohasidagi jasorati haqida 
tushunchalarga ega bo‘lish; 
— milliy mustaqillik va uning dastlabki yutuqlari, mamlakatimiz 
bayrog‘i, gerbi, madhiyasi, davlat ramzlari, Prezidenti, tashqi 
aloqalariga doir tushunchalarga ega bo‘lish; 
— jahon va O‘zbekiston tarixining yangi davri haqida 
ma’lumotga ega bo‘lish; 
— Prezident asarlarini bilish, ularda ilgari surilgan g‘oyalar 
asosida mushohada yurita olish
— O‘zbekistonning mustaqil, suveren, demokratik davlat 
sifatidagi tarixiy rivojlanishi haqida ma’lumotga ega bo‘lish; 
— mustaqil O‘zbekiston Respublikasining bozor iqtisodiyoti 
sharoitida rivojlanishining umumiy xususiyati to‘g‘risida 
tasavvurga ega bo‘lish; 
— dunyo xalqlari oldida turgan jahonshumul muammolar, 
ularni bartaraf etish vazifalari, O‘zbekiston Respublikasining bu 
muammolarni hal etish yo‘lida amalga oshirayotgan ishlari 
haqida ma’lumotga ega bo‘lish; 


— xarita ustida ishlay olish, tarixiy voqealar yuzasidan mustaqil 
mulohaza yurita olish, bayon qila olish, munozara va bahslarda 
faol ishtirok eta olish
— darslik, qo‘llanma, xarita, tarixiy hujjat matni ustida hamda 
ko‘rgazmali qurollar bilan mustaqil ishlay olish; 
— tarix ta’limi jarayonida egallagan bilimlarini erkin bayon eta 
olish, o‘z sinfdoshlarining fikrlariga munosabat bildira olish; 
— o‘z maktabi, ko‘chasi, tumani, qishlog‘i, shahrining o‘tmishi, 
buguni to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lish. 
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining umumta’lim 
fanlari o‘qituvchilari uchun namunaviy yillik ish rejasi 






Download 466,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish