1
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM
VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK INSTITUTI
ZAMONAVIY SURIYA ADABIYOTI
tanlov fanidan
MA’RUZALAR MATNI
Magistratura 5A 220101- Adabiyotshunoslik
dots. Akbarova M.X
TAShKENT 2009
2
Suriya adabiyotida «An-Nahda» harakati
Reja:
1. Suriyada ma’rifatparvarlik harakati.
2. Suriyadagi ilk ma’rifatparvarlar ijodi.
3. Suriya adabiyotida publisistikaning taraqqiyoti
Arab adabiyotida XIX asrda milliy uyg‘onish (an-Nahda) jarayoni yuzaga keldi.
Bu davr feodal munosabatlarning tanazzuli, milliy - ozodlik harakati va ma’naviy
hayotdagi jiddiy siljishlar zamoni sifatida ma’lum XIX asrning oxirgi o‘n yilligida
Suriyaga xorijiy kapital ko‘plab kirib kela boshladi.
Suriyaning kapitalistik bozor munosabatlariga tortilishi, yangi ijtimoiy
munosabatlarning qaror topishi, Suriya xalqining turklar va xorijiy kapital
hukmronligiga qarshi kurashi mamlakatdan qutilishiga olib keldi.
Suriya ma’rifatparvarlari keng xalq ommasini ma’rifatli qilishni asosiy maqsad
qilib oldilar, vatanlarining ijtimoiy, madaniy rivojlanishi omilini shunda ko‘rdilar.
"Arab milliy burjuaziyasining shakllanishi va milliy o‘zini anglashning o‘sishni
qamrab oladigan bu davr Suriya va Misr uchun, ta’bir joyiz bo‘lsa, fikrlashga qobil
aql butun mavjudot uchun yagona o‘lchov bo‘lib xizmat qiladigan
ma’rifatparvarlik davri vazifasini o‘tadi.
1
Arab ma’rifatparvarligi va maorifini rivojlantirishga Butrus al-Bustani (1819-
1883) katta hissa qo‘shdi. U maktab ochib yoshlarda o‘z madaniyatiga qiziqish
hissini uyg‘otdi, arab tilining izohli lug‘atini tuzdi, ensiklopediya yaratdi.
Grammatika, ritorika, poetika bo‘yicha qator qo‘llanmalar tuzgan Nasif al-Yaziji
(1800-1871) xam xuddi shunday mavqega ega. Ingliz, rus missionerlari tomonidan
ochilgan maktablar ham Suriya madaniy hayotida ijobiy rol o‘ynadi.
1
Долинина А.А. Очерки истории арабской литературы нового времени. М.:1968.С.40.
3
Bu davrda publisistika ancha rivojlanib, XIX asr arab adabiyotining mustaqil
janriga aylandi. Suriyaning bir qator ko‘zga ko‘ringan ma’rifatparvari - Adib
Ishoq, Abdurahmon al-Kavakibiy, Muhammad Kurd Ali, Abdulloh Marrish
faoliyati matbuot bilan bog‘liq holda kechgan.
Suriya matbuoti boshqa arab mamlakatlari kabi milliy o‘zlikni anglashni
uyg‘otib, Sharqning G‘arb bilan bo‘lgan aloqalariga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.
Demokratik ro‘znoma sahifalarida o‘quvchiga tushunarli tilda bayon etilgan
dolzarb muammolar aks etdi, hamda tashqi istiloga, diniy ayirmachilikka qarshi
chaqiriqlar bayon etildi.
Fransuz ma’rifatparvarlari, jumladan Russo g‘oyalari Fransis Marrashga
(183601875) ta’sir ko‘rsatdi. U adolat, erk, aql g‘alabasiga ishonar, vatandoshlarini
fikriy yangilanish, tafakkurni o‘tmish sarqitlaridan ozod qilishga chaqirar edi.
F. Marrashning qarashlarini uning singlisi Suriyalik ayollardan chiqqan birinchi
publisist Marena Marrash ham qo‘llab-quvvatlar edi. Uning maqolalari Xalil
Sarkisning "Lisan al-Hol" gazetasi va Butrus al- Bustoniyning "al-Janon" jurnalida
chiqib turar edi. Uning maqolalarda musulmon oilalarida hukm surgan eski urf-
odatlar tanqid ostiga olinardi. U vatandosh ayollarni oilada va jamiyatda erkin
bo‘lishga da’vat etardi.
Mana shu davrdagi Suriyaning antifeodal kurashining eng ko‘zga ko‘ringan
ideologi Abdurahmon al - Kavokibiy edi. Uning "Shaharlar onasi" va "Istibdod
tabiati" asarlarida feodal tuzum sarqitlaridan xoli yangi jamiyat qurishga da’vat
qilinadi. Al - Kavokibiy birinchilardan bo‘lib arablar birligi g‘oyasini ko‘tarib
chiqdi. U jamiyatni yangilash uchun islohatlar bilan birgalikda inqilobiy yo‘lni
ham inkor qilmas edi.