Reja: 2 soat Karbyuratorli dvigatel ta’minlash tizimining vazifasi, sxemasi, umumiy tuzilishi, ishlashi


-rasm. Mexanik yuritmali ekonomayzer



Download 4,03 Mb.
bet9/22
Sana03.05.2023
Hajmi4,03 Mb.
#934666
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22
Bog'liq
7-ma\'ruza

8-rasm. Mexanik yuritmali ekonomayzer: 1-drossel zaslonkasi; 2-qo'zg'aluvchan ustun; 3-qalqovichli kamera; 4-turtkich; 5-bosh dozalovchi qurilmaning yonilg’i jiklyori; 6-ekonomayzer jiklyori; 7-ekonomayzer klapani.

Ishlash prinsipiga ko‘ra, ekonomayzerlar bosh dozalovchi qurilmadan istisno ravishda mustaqil ishlovchi va bosh dozalovchi qurilmaga kiritilgan turlarga bo‘linadi. Oxirgi holda jiklyorlar ketma-ket yoki parallel o'rnatilishi mumkin. Mexanik va pnevmatik yuritmali ekonomayzerlar mavjud.


Mexanik yuritmali ekonomayzer (8-rasm) quyidagicha ishlaydi. Dvigatel qisman yuklanishda ishlayotganda prujina klapanning (7) uyasiga taqalgan holda ushlab turadi va purkagichga yonilg‘i faqat jiklyor (5) orqali o‘tadi. Dvigatel to ia yuklanishga bo’lganda, ya’ni drossel zaslonkasi 80-85 foizga ochilishi bilanoq zaslonkaga sharnirli ulangan ustun (2) pastga qo‘zg‘aladi va turtkich (4) orqali ekonomayzer klapanini (7) ochadi. Purkagichga bosh dozalovchi qurilma jiklyoridan (5) tashqari ekonomayzer jiklyori (6) orqali qo‘shimcha yonilg’i uzatiladi va yonuvchi aralashma boyitiladi.
Tezlatish nasosi avtomobilning ba’zi bir harakatlanish sharoitlarida (dovonga ko'tarilish, quvib o’tish, tezlanish) dvigatelning ish rejimi keskin o‘zgarganida (kichik va o‘rta yuklanishdan maksimal yuklanishga birdaniga o’tishida) yonuvchi aralashmaning kambag'allashib ketishining oldini oladi.
Drossel zaslonkasining keskin ochilishida tezlatish nasosi diffuzorning ustki qismiga qo'shimcha yonilg’i purkab, yonuvchi aralashmani qisqa muddatga (2-3 sek.) boyitadi. Tezlatish nasosi drossel zaslonkasi bilan kinematik ulangan. Nasos yuritmasi ekonomayzer klapani yuritmasi bilan birga ishlangan (9-rasm).

9-rasm. Tezlatish nasosi: 1-qo‘zg'aluvchan ustun; 2-teskari (kiritish)klapan; 3-quduq; 4-porshen; 5-haydash(chiqarish) klapani; 6-tezlanish nasosining purkagichi; 7-jiklyor; 8-prujina; 9-planka;10-qalqovichli kamera.

Drossel zaslonkasi yopiq bo‘lganda porshen (4) o‘zining yuqori holatida turadi va quduqchadagi ostki qismi sharikli klapan (2) orqali yonilg’i bilan to’ldirilgan bo’ladi. Plankada (9) teshik bo’lib, unga porshen shtogi erkin o‘rnatilgan. Drossel zaslonkasi keskin ochilganda qo‘zg‘aluvchan ustun (1) planka (9) bilan pastga suriladi.


Planka pastga surilib, prujinani (8) siqadi va porshenni pastga keskin siljishga majbur qiladi. Klapan (2) yonilg’i bosimi ostida uyasiga taqaladi. Quduqdagi (3) yonilg’i kanal orqali o‘tib, haydash klapanini (5) o‘rindig‘idan ko’taradi, purkagich (6) va jiklyor (7) orqali nafis oqimda diffuzorning ustki qismiga sachraydi. Sachrab chiqqan yonilg’i havo bilan aralashib, karbyuratorning aralashtirgich kamerasiga o‘tadi.
Drossel zaslonkasining ravon ochilishida nasos ishga tushmaydi, chunki porshen pastga asta-sekin siljiydi va yonilg’i klapan (2) atrofidan hamda porshenni ustki qismidan qayta qalqovichli kameraga o‘tadi.
Ekonostat — boyitgichlarning turlaridan biri bo’lib, ekonomayzerdan farqli ravishda, yuritma va yonilg’ini dozalash bilan bog’liq bo’lgan hech qanday qo‘zg‘aluvchan qismlarga ega emas. Ekonostatlar purkagichiga joylashgan doiradagi bosimning pasayishi ta’sirida avtomatik ravishda ishga tushadi. Tezlik va yuklanishlar rejimining cheklangan diapazonida faoliyat (ta’sir) ko‘rsatadi. Ular nisbatan kam sonli silindrlarni ta’minlovchi karbyuratorlarda qo’llaniladi. Mavjud ekonostatlar yonilg’ini purkagich (3) orqali bevosita diffuzor bo‘g‘ziga yoki karbyuratorning bosh havo kanalini kiritish patrubkasi doirasiga (1) uzatadi (10-rasm).


Download 4,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish