7-MAVZU: BENZINLI DVIGATELLARNING TA’MINLASH TIZIMI.
REJA: 2 soat
1.Karbyuratorli dvigatel ta’minlash tizimining vazifasi, sxemasi, umumiy tuzilishi, ishlashi.
2.Yonilg‘i nasosi, filtrlar, yonuvchi aralashma.
3.Benzinni purkash tizimlarining tuzilishi, ishlash prinsipi. Qismlarining vazifalari.
4. Ishlatilgan gazlarni zararligi va uni kamaytirish tadbirlari.
Tayanch so’z va iboralar: karbyurator, karbyuratsiyalanish, yonilg’i aralashmasi, jiklyor, karbyurator-aralashtirgich, ekonostat, ekonomayzer, tezlatish nasosi, diffuzor, drossel-zaslonka, qalqovich, benzobak, filtr-tindirgich, benzonasos, havo filtri, so’ndirgich, yonilg’i bosimi regulyatori.
1.Karbyuratorli dvigatel ta’minlash tizimining vazifasi, sxemasi, umumiy tuzilishi, ishlashi.
Ichki yonuv dvigatellarining ishlashi uchun uni havo va yonilg‘idan iborat yonuvchi aralashma bilan ta’minlash kerak bo‘ladi. Ta’mirlash tizimining vazifasi dvigatelning ish rejimiga mos ravishda ma’lum tarkibdagi yonuvchi aralashma tayyorlash (benzinli dvigatellarda silindrdan tashqarida, dizellarda silindr ichida) va uni kerakli miqdorda silindrlarga uzatish hamda ulardan ishlatilgan gazlarni chiqarish uchun xizmat qiladi. Ishlatiladigan yonilg‘ini turiga qarab ichki yonuv dvigatellari quyidagi turlarga bo‘linadi:
1.benzinli (karbyuratorli va injektorli) dvigatellar;
2.dizelli dvigatellar;
3.gaz yonilg‘isida ishlaydigan (suyuq va siqilgan) dvigatellar.
Karbyuratorli yonilg‘i ta’minlash tizimi bir vaqtning o‘zida quvvatni, momentni oshirgan holda yonilg‘i tejamkorligini oshirish va chiqindi gazlarni zararsizligi bo‘yicha qo‘yiladigan talabga javob bera olmaydi.
1-rasm. TICO avtomobili dvigatelining ta’minlash tizimi: 1-havo filtri; 2-karbyurator; 3-yonilg’i qaytarish shlangi; 4-yonilg’i nasosi; 5- yonilg’i keltirish shlangi; 6- yonilg’ini mayin tozalash filtri; 7- yonilg’i baki; 8-havo tozalagich qopqog’i; 9-filtrlovchi element; 10- havo tozalagich korpusi; 11-shpilka; 12-chiqarish kollektori qistirmasi; 13- chiqarish kollektori; 14-bolt; 15-gayka; 16-zichlovchi halqa; 17-qabul qiluvchi truba; 18-prujina; 19- qabul qiluvchi trubani qotiruvchi bolt; 20- chiqarish trubasi; 21-qo’shimcha so’ndirgichi mahkamlash sterjeni; 22- so’ndirgichi kuzovga mahkamlash sirg’asi; 23-vtulka; 24-bolt; 25-qistirma; 26- so’ndirgich;
Karbyuratorli dvigatellarning ta’minlash tizimining asosiy kamchiligi quyidagidan iborat:
1.silindrlar sonini karbyuratordan har xil masofada joylashgan;
2. yonilg‘i aralashmasi karbyuratorda tayyorlanadi va silindrlarga tayyor aralashma uzatiladi.
Bu kamchiliklar natijasida silindrlarga har xil tarkibdagi yonilg‘i aralashmasi yetib boradi va yonilg‘i sarfi oshadi. Bu kamchiliklarni yo‘qotish uchun yonilg‘i aralashmasini har bir silindr oldida tayyorlash kerak bo‘ladi.
Zamonaviy avtomobil dvigatellarida har bir silindrning kiritish klapanlari yaqinida yonilg‘i aralashmasini tayyorlaydigan elektron yonilg‘i purkash tizimi (injektorlar) qo‘llaniladi.
Elektron yonilg‘i purkash tizimi quyidagi afzalliklarga ega:
1.tezkor, sababi raqamli mikroprotsessor boshqaradi;
2.yonilg‘i aralashmasi aniq tarkibga ega;
3.yonilg‘i aralashmasini tarkibini uzoq muddat bir xil ushlab turish mumkin;
4.yuqori yonilg‘i tejamkorligini ta’minlaydi;
5.chiqindi gazlarni zararli ta’sirini kamaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |