O‘rtacha yuklanish rejimi. Drossel zaslonkasining (21) ochiq holati kattalashgan sari bosh havo kanalidan o‘tayotgan havo miqdori osha boradi. Kichik diffuzorda (18) siyraklanish shundaydarajada bo‘ladiki, karbyuratorning bosh dozalovchi tizimi ishgatushadi. Yonilg'i qalqovichli kameradan bosh jiklyor (6) orqali o‘tib,bosh havo jiklyoridan (27) kirayotgan havo bilan aralashadi va emulsiya hosil bo‘ladi. Yonilg’i, drossel zaslonkasining ochiq holatiga mos ravishda, yaxshi emulsiyalanishini emulsion trubka (8) bajaradi. Hosil bo‘lgan emulsiya bosh soplo (12) orqali kichik diffuzorga (18) purkaladi.
Tezlanish rejimi. Drossel zaslonkasining (21) keskin ochilishida yonilg‘i aralashmasini boyitish tezlatgich nasos yordamida amalga oshiriladi. Tezlatgich nasos qalqovichli kamerabilan tutashgan va sharsimon kiritish klapani (9) orqali yonilg‘i o‘tadi.
Drossel zaslonkasining keskin ochilishida, drossel o‘qi bilan ulangan nasos richagi (17) diafragmani ochadi. Natijada kiritish klapani (9) bekilib, haydash klapani (10) ochiladi. Shunday qilib, nasos soplosi (konus naycha) (11) orqali yonilg‘i karbyuratorining bosh havo traktiga purkaladi.
Yonilg‘i aralashmasini to‘g‘rilash bosh jiklyordan (6) keying siyraklanishni o‘zgartirish usuli bilan amalga oshiriladi. Drossel zaslonkasi to ia ochilishiga tegishli ravishda havo qaytarish bosh kanali (2) orqali bosh havo jiklyoridan (27) o‘tayotgan havo olib ketiladi. Majburiy salt ishlash ekonomayzeri, qayd qilingan rejimda salt ishlashda havo qaytarish patrubkasi (25) orqali havoni qaytarish natijasida bosh jiklyordan (6) yonilg’i o’tishini to'xtatadi.
Ta’minlash tizimi asboblarining tuzilishi va ishlashi.Karbyuratorli dvigatel ta’minlash tizimi asboblariga karbyuratordan tashqari yonilg’i baki, yonilg’i va havoni tozalash asboblari, yonilg’i nasosi, kiritish va chiqarish quvurlari hamda so‘ndirgichlar kiradi.
Yonilgt baki avtomobilning ishlashiga zarur yonilg’i zaxirasini saqlash uchun xizmat qiladi va u nafis varaqli poiatdan tayyorlanadi. Bikrligini oshirish va yonilg’i chayqalishini bartaraf qilish maqsadida bakning ichida pardevor (to‘siqchalar) qilinadi.
Ustki qismida qopqoq bilan berkitiluvchi qo‘yish bo‘g‘zi bor. Qopqoqda bak ichi bo‘shlig‘ini atmosfera bilan tutashtiruvchi katta bo’lmagan teshik qilingan. Ba’zi bir avtomobillarda bak qopqog’ida, yonilg’ining bug’lanish natijasida nobud bo‘lishini kamaytirish maqsadida havo klapanlari mavjud: yonilg‘i miqdori kamayganda, bakka havo kirituvchi; bakdagi bosim atmosfera bosimidan oshganda uni kamaytiruvchi-chiqaruvchi.
Bakdagi yonilg’i sathini o’lchash uchun uzatgich va ko'rsatkichdan iborat distansion elektr asbob qo’llaniladi. Uzatgich reostat bilan ulangan qalqovich ko‘rinishida bo’lib, bevosita bakka, ko‘rsatkich esa kabinadagi asboblar taxtasiga o‘rnatiladi.
Yonilg’i baki yuk avtomobillarida ramaga, yengil avtomobillarda esa yukxonaga o‘rnatiladi. Ularni kronshteynlarga po’lat tasmalar yoki boltlar bilan amortizatsiyalovchi qistirmalar orqali mahkamlanadi.
Avtomobilning yonilg’i baki (16-rasm)pardevorlar (6) bilan uchta bo’lmaga ajratilgan. o‘rta bo’lmaning yuqori qismiga qo‘yish bo‘g‘zi (1) qopqogi bilan o‘rnatilgan. Qopqoqda kiritish va chiqarish klapanlari mavjud. Bakni to’ldirish sharoitini yaxshilash uchun quyish bo‘g‘ziga suriladigan patrubka (5) o‘rnatilgan. Yonilg’ini olish yonilg’i qabul qilgichning to‘rli filtri (3) orqali amalga oshiriladi. Uning yuqori qismida ajratish jo‘mragi (2) bor. Shu bo’lmaning tepa devorida yonilg’i sathini nazorat qiluvchi uzatkich o‘rnatish uchun teshik nazarda tutilgan.