23-rasm. Avtomobil dvigatelining kiritish quvuri: 1-to‘la oqimli moy filtrini о‘rnatish uchun flanes; 2-moy quyish bo‘g‘zi uchun teshik; 3-termostat uchun flanes; 4-o'ng taraf silindrlar blokiga uzatuvchi kanallar; 5-tiqin bilan berkitilgan texnologik teshik; 6-isitgich kranini о‘rnatish uchun teshik; 7-karterni shamollatish flanesi; 8-chap taraf silindrlar blokiga uzatuvchi kanallar; 9-tormoz yuritmasini vacuum kuchaytirgichi naychasi shtutseri uchun teshik; 10-karbyuratorni о‘rnatish uchun flanes; 11-sovitish suyuqligi harorati uzatgichi uchun teshik.
Kiritish quvurini silindrlar blokiga jips biriktirish uchun metall-asbest qistirmalar qo‘yiladi. Flanesga (10) o‘rnatilgan karbyuratorni o‘ng kamerasi kiritish quvurini kanallari (4) orqali yonuvchi aralashmani o‘ng silindrlar blokiga, chap kamerasi esa kanallar (8) orqali chap silindrlar blokiga uzatadi.
Yonuvchi aralashma oqimidan kiritish quvurlarini devorlariga oqib tushgan yonilg’ining to‘la bug’lanishini ta’minlash maqsadida sovitish suyuqligini issiqligidan yoki ishlatilgan gazlardan foydalanilgan holda kiritish quvurlarini isitish ko‘zda tutilgan. Yonuvchi aralashmani isitish maqsadida kiritish quvurini (1) karbyuratorga yaqin joylashgan qismini chiqarish quvuriga (5) (22-rasm) shpilkalar yordamida tutashtirilgan va orasiga temir-asbest qistirma (4) o‘rnatilgan.
Zaslonka (8) yordamida (22-rasm,b va d) kiritish quvurini isitish kamerasidan o‘tayotgan ishlatilgan gazlar miqdori o‘zgartiriladi. Isitishni rostlash sektorida (6) "Yoz" va "Qish" belgilari bor. Sektorni burib va uni aniq holatda qotirib, kiritish quvurini isitish darajasi rostlanadi.
ZIL-130, GAZ-53A va GAZ-53-12 (23-rasm) avtomobillari dvigatellarida kiritish quvurida sirkulyatsiyalanayotgan sovitish suyuqligi tegishli kanallarning atrofidan oqib o‘tadi va ulardan o‘tayotgan yonuvchi aralashmani isitadi. Lekin isitish darajasini rostlash imkoniyati yo‘q. Chiqarish quvuri metall-asbest qistirma orqali blokka yoki blok kallagiga mahkamlanadi. Chiqarish quvurining bir tomoni chiqarish klapanlarining kanallari, ikkinchi tomoni esa qabul qilgich quvuri orqali so‘ndirgich bilan birlashgan. V simon dvigatellarda ikkita chiqarish quvuri bo'lib, ular qabul qilgich quvurlari orqali aksariyat, bitta so'ndirgich bilan birlashgan.
So'ndirgich. Silindrlarda ishlatilgan gazlar katta tezlikda shiddat bilan harakatlanib, alanga va uchqun aralash shovqin hamda shitob bilan tashqariga chiqadi. Bunday holatni kamaytirish maqsadida issiqbardosh po'latdan tayyorlangan silindrik yoki oval shakldagi so'ndirgich qo'llaniladi.
So'ndirgichning ichida ko'p teshikli quvurchalar va bir necha ko'ndalang pardevorlar o'rnatilgan. So'ndirgichning ta’siri gazlarning ichki quvurchalar teshiklaridan korpus bo'shlig'iga chiqib kengayishi, so'ngra pardevorlar orasidan o'tib, yo'nalishini o'zgartirishi va chiqishda tormozlanishiga asoslangan.
Yuk avtomobillarining so'ndirgichi (22-rasm,e) korpus (10), teshikli ichki quvur (13), kengaytirish kameralarini (12) hosil qiluvchi pardevorlardan (11) iborat. Qabul qilish quvuri (17) orqali gazlar so'ndirgichga kiradi va trubada (13) harakatlanib, uning teshiklaridan chiqib, kamerada (12) kengayadi hamda ketma-ket pardevorlarga urilib harakat yo'nalishi o'zgaradi, tezligi birmuncha kamayadi va shovqin pasayadi. Yengil avtomobillarga asosiy so'ndirgichdan oldin ishlatilgan gazlarni kengaytiruvchi birlamchi so'ndirgich qo’yiladi.
Bunday qo'shimcha so'ndirgich yordamida kengaytirilgan gazlar soviydi va ularning jamg'arilgan energiyasi birmuncha kamayadi. So'ndirgichlar avtomobillarda elastik mahkamlanadi. Yuk avtomobillarida ularni lonjeronga, yengil avtomobillarda esa kuzov poliga qotiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |