Reja 1Zilzila haqida umumiy tushuncha 2Zilzilaning yuzaga kelish sabablari 3Zilzila kuchi 4Zilzilar tarixi 5Imoratlarga, inshootlarga yer silkinishining taʼsiri


Gyandja zilzilasi Gyandja zilzilasi



Download 237,76 Kb.
bet3/5
Sana01.07.2022
Hajmi237,76 Kb.
#726161
1   2   3   4   5
Bog'liq
REJA

Gyandja zilzilasi Gyandja zilzilasi — hozirgi Ozarbayjon hududining Gyandja shahri yaqinidagi 1139-yili 30-sentabr kuni bo'lgan 11 ballik zilziladir. Oqibatda 230 ming kishi halok bo'ldi, 8 ta ko'l hosil bo'ldi (Geygel ko'li). Bu zilzila tarixdagi eng falokatli 5 zilzilalar toifasiga kiradi.
Buyuk Xitoy zilzilasi Buyuk Xitoy zilzilasi (xit. 嘉靖大地震) — Shensi provinsiyasida 1556-yil 23-yanvar kuni sodir bo'lgan. Salkam 830 000 kishi halok bo'ldi. Epetsentr Vey daryosi vodiysida bo'lib, Xuasyane shahri butkul yo'q bo'ldi. 20 mlik yoriqlar paydo bo'ldi, 500 kmlik hududga zilzila ta'sir ko'rsatdi. Zilziladan so'ng ancha vaqt aftershok holati kuzatildi.
Yamayka zilzilasi 1692-yilning 7-iyun kuni tahminan 11:43 da Port-Royal shahrida sodir bo'lgan. 2 ming kishi sunami oqibatida, 3 ming kishi tarqalgan kasallik va jarohatlar oqibatida halok bo'ldi.
Ulug' Sitsiliya zilzilasi Sitsiliya tarixidagi eng kuchli zilziladir, 1693-yil Etna vulqoni otilishi ortidan sodir bo'ldi. 60-100 ming kishigacha insonlar halok bo'ldi. Shundan so'ng arxetikturaning barokko uslubining yangi ko'rinishi "sitsiliya barokko"si yaraldi.

Messina zilzilasi
Messina zilzilasi Messina zilzilasi (ital. Terremoto di Messina) 1908-yil 28-dekabr kuni soat 5:20 da Sitsiliya va Appenin yarimoroli o'rtasida 7.8 magnitudada sodir bo'ldi. 3 m lik sunami yuzaga keldi. Halok bo'lganlar soni turli ma'lumotlarga ko'ra 200 minggacha bo'lgan.
Ashxabod zilzilasi Rixter shkalasi bo'yicha 7.3 ballik zilzila 1948-yil 6-oktabr kuni mahalliy vaqt bo'yicha 02:17 da sodir bo'ldi. Z. O'chog'i Ashxabod shahrining ostida 18 km chuqurlikda joylashgan edi. Markazda MSK-64 shkalasi bo'yicha tebranishlar 9-10 balgacha yetgan. Shahar to'liq buzildi, 35 ming kishi vafot etdi.
Toshkent zilzilasi
Asosiy maqola: Toshkent zilzilalari
1966-yil 26-aprel soat 5 dan 22 minut 52 sekund oʻtganda Toshkentda qattiq yer qimirlash roʻy berdi. Zilziladan avval kuchli portlashdagi kabi tovush eshitilib, shahar chekkasida shafaq koʻrindi. Ilmiy tekshirishlarning natijalariga koʻra, shafaqning kelib chiqishiga sabab, yer ostida yigʻilgan tektonik kuchlanishning yer yuzasiga chiqishi vaqtida elektr energiyasiga aylanishidir. Zilzila oʻchogʻi 5–10 km chuqurlikda joylashgan. Zilzila energiyasi 1014 joulga yaqin, epitsentrda uning kuchi 8 ballga yetgan. Zilzila markazi (Qashqar mahallasi va Labzak oʻrnida) vertikal zarblar kuchining magnitudasi (M) 5,3 ga, silkinish 8 balldan ziyod, maksimal vayronalik zonasi 10–12 km2 ga teng boʻlgan. Zilzila oʻchogʻi choʻziqroq shaklda boʻlib, shimoli-gʻarbdan janubi-sharqqa yoʻnalgan. Zilzila natijasida atrofga seysmik toʻlqinlarning soʻnib borishi natijasida 8, 7, 6 balli maydonlar ajratilgan. Yerning 2-3 Gs chastotada tebranishi 10-12 daqiqa davom etdi. 9-maydan 10-mayga oʻtar kechasi, 24-may va 5-iyunda kuchli (6–7 ball) silkinishlar takrorlangan. Zilzila natijasida 2 mln. m2 dan ziyod turar joy, 236 ma’muriy bino, 700 ga yaqin savdo va umumiy ovqatlanish shoxobchalari, 26 kommunal xoʻjalik korxonasi, 180 ga yaqin oʻquv yurti, 8 ming oʻrinli maktablar, 36 madaniy-maishiy muassasa, 185 tibbiyot va 245 sanoat korxonasi binolari zarar koʻrdi, 78 ming oila yoki 300 ming kishi boshpanasiz qoldi, qurbonlar boʻldi. Asosiy tebranish 1966–68-yillar mobaynida bir qancha aftershoklar bilan davom etdi. Markaziy seysmik stansiya birinchi kuchli zarbadan soʻng silkinishlarning 2500 dan ortiq takrorlanganini qayd qildi.

Zilzila ortidan paydo bo'lgan sunami

Download 237,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish