Reja: 10. Professiografiya va professiоgramma tushunchasi, ularning tavsifi


 4. O’qituvchi professiogrammasi va psixogrammasi



Download 218,59 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana07.12.2022
Hajmi218,59 Kb.
#880389
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Reja 10. Professiografiya va professiоgramma tushunchasi, ularn

10. 4. O’qituvchi professiogrammasi va psixogrammasi 
Professiogramma - kasbning turli ob’ektiv xarakteristikalarining tasnifi 
ya’ni Kasb tanlashga yo‘naltirilgan shaxsning qiziqishi, mayli, xohishi, o‘zini 
o‘zi baholashi, nufuzi kabilarga oid materiallarni o‘zida mujassamlashtirishdir. 
O‘quvchilarni professiogramma bilan tanishtirishda bosh maqsad quyidagi 
tarkibiy qismlari o’z aksini topadi: 
A)asosiy mehnat qurollari - kasb tanlovchining diqqati, shijoati, fikr - 
xayoli - xuddi shu qurollarga qaratilgan va yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak;
B)asosiy mehnat operatsiyalari: mehnat quroli bilan qanday faoliyatni 
amalga oshirish imkoniyati mavjudligini aniqlash va qaysi sohalarda ishlatish 
mumkin ekanligini bilish; ishlab chiqarish jarayonidagi operatsiyalarning rolini 
to‘g‘ri tasavvur qila olish; operatsiyalarning yangi variantlarini qidirish va 
kashf qilish uchun harakat qilish;
V) asosiy qurollar va vositalar: qo‘l aslahalaridan - slesar, xirurg, 
skripkachi, g‘ijjakchi, kamon chaluvchi kabi kasb egalari foydalanadi; 
G) mehnat sharoitlari: kasb tanlovchini o‘rab turgan tabiiy muhit va 
sharoitlar,kishilar va hokazo.
O’qituvchilik professiogramma quyidagilarni o’z ichiga oladi:
1) O’qituvchi shaxsining xususiyatlari;
2) O’qituvchining ruxiy-pedagogik tayyorgarligiga qo’yilgan talablar;
3) Maxsus tayyorgarlik hajmi v amazmuni;
4) Ixtisosga oid usuliy tayyorgarlikning mazmuni.
Professiogramma oldiga quyidagi talablarni qo‘yish maqsadga muvofiq: 
1. Ishning qanday nomlanishi va uning nimalardan tuzilishi 2.Ishning maqsadi, 
samaradorligi xususida ma’lumotlar; 3.Mehnat quroli sifatida nimalar 


qo‘llanilishi; 4. Mehnat predmetining tarkiblari va ularning o‘ziga xos jabhalari; 
5. Mehnat faoliyati qaysi usullar yordami bilan bajarilishi; 6. Nimalarning 
negizida ish (mehnat, faoliyat) amalga oshirilishi; 7. Mehnat mahsullarini 
baholash mezonlari; 8. Ishning qanday ixtisoslik talab qilishi xususiyatlari.
9. Ish qanday vositalar yordami bilan bajarilish imkoniyati va uning 
motivirovkasi. 10. Ishning bajarilish shart va sharoitlari; 11. Mehnatni 
(faoliyatni) tashkil qilish shakllari; 12. Mehnatning kooperatsiyasi (Kim?, 
Nima?, Kim bilanhamkorlikda?); 13. Mehnatning jadalligi (intensivligi) 
to‘g‘risida ma’lumotlar; 14. Mehnat faoliyatida mas’uliyatning va xavf – 
xatarning qaysi daqiqalari (holatlari) uchrashi; 15. Mehnat uning sub’ektiga 
qanday foyda, naf keltirishi (ish haqi, mukofot, ma’naviy ozuqa, imtiyoz, 
ijtimoiy moyillik, altruizm xislati, maqtov, jamoatchilik bahosi va boshqalar); 
16. Ish yoki faoliyatning o‘ziga xos xususiyatlariga ko‘ra qanday talablarga va 
cheklanishlarga ega ekanligi. Insonning mehnat faoliyatini kuzatishda quyidagi 
vositalarni qo‘llash maqsadga muvofiq: 
-F. Gilbertning “Ish kuni fotografiyasi” metodikasi (rasmlarda 
ifodalangan ishchining harakatini kuzatish, ko‘zdan kechirish orqali ularni tahlil 
qilish (sa’i- harakatlar bo‘yicha tizim vujudga keltirish, ulardagi o‘zgarishlarga 
binoan muayyan ketma-ketlikda joylashtirish);
- A.K. Gostevning xronokartasi (ikki yoki uch marta yarim soatdan 
smenada va smenadan keyin tekshiruv o‘tkazish); 
-o’quvchilarda dars boshida, o‘rtasida va oxirida yoki boshqa 
vaziyatlarda: yordamchi yumush bilan shug‘ullanish holati, dam olish, uyqu va 
shu kabilar. Kuzatish metodining bir necha xil shakllari mavjud bo‘lib, 
vazifalariga qarab ularning har biridan foydalanish mumkin: kuzatiluvchining 
psixologik portretini yaratish (o‘smirlarda yuqori natijalar beradi), xulq-atvor 
portretini tahlil qilish va hakazo. Bu kuzatishda empatiya ya’ni insonning o‘zini 
xayolan suhbatdoshi o‘rniga qo‘yish orqali uning kechinmalari va hissiyotlarini 
tushunishga intilishi. Bunda insonning emotsional muammolariga yondashishi 
tushuniladi. Bu boshqa odam hissiyotlari va kechinmalariga hamdard bo‘la 
olishdir. Bir tomondan ob’ektni tushunishda uni o‘rniga o‘zini qo‘ya olishi 
muhim bo‘lsa, ikkinchi tomondan uning ichki hissiyotlarini tushunish unga 
hamdard bo‘la olish ham muhimdir.
Insonning inson tomonidan idrok etilishida yo‘naltirishning roli kattadir. 
Bu ayniqsa inson haqida, noma’lum inson haqida ilk fikrlarni olishda 
muhimdir. Bu borada A.A.Bodalevning o‘tkazgan tadqiqotlari nihoyatda 
ahamiyatlidir. Ikki guruh o’quvchilariga bir inson rasmi beriladi. Birinchi 
rasmda berilgan inson jinoyatchi deb, ikkinchi guruhda esa rasmdagi kishi yirik 
olim deb e’lon qilinib, ularga portretni yozma ifodalash vazifasi beriladi. 
Birinchi holatda quyidagi tavsiflar beriladi, ya’ni ko‘zlarini ichiga kirib ketgani, 
ichki alam, qasosdan uzun dahan, boshlagan ishi, jumladan jinoyatni yakuniga 
etkazish kabilar ekanligi qayd etiladi. Ikkinchi guruhda ichiga kirgan ko‘zlari 


fikrning chuqurligi haqida gapirib, bunda uzun dahan qiyinchiliklarga 
bardoshlilik, irodalilik sifatida baholangan. Keltirilgan mulohazalardan 
ko‘rinadiki, insonni inson tomonidan idrok qilinishida tashqi tomondan 
berilayotgan ko‘rsatma, shaxsning bu boradagi bilim, ko‘nikma va malakalari 
muhim rol o‘ynaydi.
Psixogramma professiogrammaning asosiy qismi hisoblanadi, chunki u 
kasb eki mutaxassislik bo'yicha xodimga qo'yiladigan psixologik talablar 
sifatini belgilaydi. Uning xajmi va mazmuni kasbiy o'qitish, kasbiy tanlash, 
kasbiy yo'naltirish, shuningdek korxona kadr siyosatiga binoan bir joydan 
ikkinchi joyga o'tkazish maqsadlariga muvofiq belgilanadi.
Psixogramma quyidagi xaqqoniy ma'lumotni taqdim etuvchi manbaalar 
yordamida tuziladi: 
- xronometraj jadvallari, yo'riqnomalar, instruksiyalar, izoxlar muhim 
o'rin egallagan hujjatlar;
- xodimlarni shaxsiy kuzatishlari, anketalar, tabiiy va laboratoriya 
eksperimentlarini o'z ichiga oluvchi yozma va og'zaki so'rovlari;
- maqsadli tadqiqotlar ma'lumotlari; 
- xodimlar ish joylarida o'tkaziladigan ergonomik tadqiqotlar - 
elektrookulografiya, 
elektroensefalografiya, 
kinosiklografiya, 
fiziologik 
parametrlar telemetriyasi, telexronorefleksometriya va boshqalar.
Kasb yoki ish joyi va mutaxassislik psixologik xarakteristikasi strukturasi 
quyidagi ko'rsatgich va talablar bilan belgilanadi: 
- tashkilot, jihoz va mehnat sharoitiga talablar;
- mehnat psixologo-pedogogik jihatlarini boshqarish va tashkil etilishiga 
talablar;

ishchi 
guruh 
rahbariga 
talablar: 
pedagogga, 
tashkilotchiga, 
mutaxassisga, shaxsga; 
- ijtimoiy-psixologik ko'rsatgichlari va mehnat jamoasi parametrlari;
- shaxs psixikasiga qo'yiladigan kompleks talablar-psixofiziologik, 
intellektual, neyropsixik va shaxs xususiyatlari; 
-shaxs psixik holatiga qo'yiladigan kompleks talablar — ish qobiliyati, 
emotsional-iroda ustanovkasi, o'zgaritirilgan holatlar talablari; 
- adaptasiya, qabul qilish, o'qitish, ritm jaraenlariga kompleks talablar. 

Download 218,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish