Pedagog o’z ovozini, yuzini boshqarishga, pauza tutishga, gavdani,
mimikani, ishorani tutishga o’rganishi kerak.
Pedagogik munosabat muammolariga amerikalik pedagoglar katta e’tibor
beradi. Yaqinda chiqqan Dj. Brofi va T. Guddning «O’qituvchi va o’quvchi
munosabatlari» nomli kitoblarida o’qituvchining o’quvchilarni ajratib
munosabat qilishga asoslangan «sub’ektiv» munosabatlar
xususiyatlari tahlil
qilinadi. Masalan, shu narsa aniqlanganki, pedagoglar ko’proq yoqimtoy
o’quvchilarga munosabat qilar ekan. Ular uchun beparvo o’quvchilar e’tibordan
chetda qolar ekanlar. O’qituvchilar aqilli, zakovatli,
intizomli va bilimli
o’quvchilarga yaxshiroq munosabat qilar ekanlar. Sust – erksiz, lapashang
o’quvchilar ikkinchi o’rinda turar ekan.
Pedagogik munosabat usullariga o’qituvchilarning uch xil turini ajratsa
bo’lar ekan: «proaktiv» -faol, «reaktiv» -tezlik, «sierxaaktiv» -o’ta faol.
Birinchi tur munosabatni qurishda –tashabbuskor, o’quvchilar bilan aloqalarni
individual tarzda o’rnatadi, qo’yadigan vazifalari tajribaga munosib o’zgarib
boradi. U nima kerakligini biladi va uning muomalasi
maqsadga erishishga
o’rdam berishini tushunadi. Ikkinchi turi ham – vazifalar qo’yishda egiluvchan,
ammo dildan bo’shroqdir. U o’zi emas, ammo o’quvchilarning sinf bilan
bo’ladigan munosabat tusiga amrini o’tkazadilar. Buning maqsadlari aniq emas
va fe’l atvori yaqqol munofiqona.
Uchinchi turdagi o’qituvchi o’z o’quvchilariga haddan ortiq baholar
qo’yadi va xayoliy munosabat modellarini quradi. Agar o’quvchi boshqalardan
ko’ra faolroq bo’lsa – u isyonchi va bezori, agar u – sustkash bo’lsa, u dangasa
va tentak. Bu kabi o’ylab chiqarilgan baholar bunday o’qituvchilarni munosib
tarzda harakat qilishini majbur qiladi va u
doim haddan oshib ketadi va
o’qituvchilarni o’zining qoliplariga kiritadi.
Pedagogning asosiy qudrati – so’zdan tashqari uning qurolxonasida –
munosabat uchun nutqsiz vositalarning bir qatori mavjud. His-xayajonni
ifodalaydigan harakatlar – ko’zga ko’rinadigan o’qituvchining harakatlari. Bu
yerda axborot yetkazuvchi bo’lib gavdani tutish, mimka, ishora, nigoh katta rol
o’ynaydilar. Masalan, kuzatuv tadqiqotlariga ko’ra o’qituvchining yuzi
qimirlamasa, yoki ko’zga ko’rinmasa 10-15% axborot yetkazib berilmaydi.
O’quvchilar o’qituvchi nigohiga juda ta’sirchan bo’ladilar.
O’qituvchining g’azablangan, noxush kayfiyati uning ko’z qorachig’ini
toraytiradi. Uning yuzi iltifotsiz bo’lib qoladi va o’quvchilar shinamsizlik xis
qiladilar va ishini samaradorligi pasayadi. Pedagogik faoliyatda ayrim
o’qituvchilarning xirildoq ovozlari o’quvchilarga
yoqmaydi, g’azablantirishi
ham mumkin, hamda fanga nisbatan qiziqishni ham yo’qotadi va darsni
zerikarli bo’lishiga olib keladi. Bu esa ta’limdan ko’zlangan maqsadga
erishishni ruyobga chiqarmaydi. Shu boisdan avvalo pedagog bolalar bilan
muloqat qilish san’atiga ega bo’lishi lozim,
kerakli muomala ohangi va
munosabat usulini tanlashni bilishi kerak, boshqa so’z bilan aytganda,
o’quvchilarga individual yondoshishni bilishi zarur.
Pedagog doimo bolalarning katta guruhi va ular bajarayotgan ko’p jarayonlar
bilan ish olib boradi va ularning barchasi o’qituvchi nazaridan chiqib ketmasligi
kerak. Shuningdek pedagog uchun
yana bir muhim narsa shuki, bu
o’quvchining tashqi ko’rinishidan uning ruhiy holatini aniqlash. Buni
pedagogik usullarni tanlash chog’ida hisobga olmasa bo’lmaydi. Xullas, har bir
o’qituvchi o’z ustida tinmay ishlashi kerak hamda barcha sohada chuqur bilimli
bo’lishi talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: