qo‘llanilishi; 4. Mehnat predmetining tarkiblari va ularning o‘ziga xos jabhalari;
5. Mehnat faoliyati qaysi usullar yordami bilan bajarilishi; 6. Nimalarning
negizida ish (mehnat, faoliyat) amalga oshirilishi; 7. Mehnat mahsullarini
baholash mezonlari; 8. Ishning qanday ixtisoslik talab qilishi xususiyatlari.
9. Ish qanday vositalar yordami bilan bajarilish imkoniyati va uning
motivirovkasi. 10. Ishning bajarilish
shart va sharoitlari; 11. Mehnatni
(faoliyatni) tashkil qilish shakllari; 12. Mehnatning kooperatsiyasi (Kim?,
Nima?, Kim bilanhamkorlikda?); 13. Mehnatning jadalligi (intensivligi)
to‘g‘risida ma’lumotlar; 14. Mehnat faoliyatida mas’uliyatning va xavf –
xatarning qaysi daqiqalari (holatlari) uchrashi; 15. Mehnat uning sub’ektiga
qanday foyda, naf keltirishi (ish haqi, mukofot, ma’naviy ozuqa, imtiyoz,
ijtimoiy moyillik, altruizm xislati, maqtov, jamoatchilik bahosi va boshqalar);
16. Ish yoki faoliyatning o‘ziga xos xususiyatlariga ko‘ra qanday talablarga va
cheklanishlarga ega ekanligi. Insonning mehnat faoliyatini kuzatishda quyidagi
vositalarni qo‘llash maqsadga muvofiq:
-F. Gilbertning “Ish kuni fotografiyasi” metodikasi (rasmlarda
ifodalangan ishchining harakatini kuzatish, ko‘zdan kechirish orqali ularni tahlil
qilish (sa’i- harakatlar bo‘yicha tizim vujudga keltirish, ulardagi o‘zgarishlarga
binoan muayyan ketma-ketlikda joylashtirish);
- A.K. Gostevning xronokartasi (ikki yoki
uch marta yarim soatdan
smenada va smenadan keyin tekshiruv o‘tkazish);
-o’quvchilarda dars boshida, o‘rtasida va oxirida yoki boshqa
vaziyatlarda: yordamchi yumush bilan shug‘ullanish holati, dam olish, uyqu va
shu kabilar. Kuzatish metodining bir necha xil shakllari mavjud bo‘lib,
vazifalariga qarab ularning har biridan foydalanish mumkin: kuzatiluvchining
psixologik portretini yaratish (o‘smirlarda yuqori natijalar beradi), xulq-atvor
portretini tahlil qilish va hakazo. Bu kuzatishda empatiya ya’ni insonning o‘zini
xayolan suhbatdoshi o‘rniga qo‘yish orqali uning kechinmalari va hissiyotlarini
tushunishga intilishi. Bunda insonning emotsional muammolariga yondashishi
tushuniladi. Bu boshqa odam hissiyotlari va kechinmalariga hamdard bo‘la
olishdir. Bir tomondan ob’ektni tushunishda uni o‘rniga o‘zini qo‘ya
olishi
muhim bo‘lsa, ikkinchi tomondan uning ichki hissiyotlarini tushunish unga
hamdard bo‘la olish ham muhimdir.
Insonning inson tomonidan idrok etilishida yo‘naltirishning roli kattadir.
Bu ayniqsa inson haqida, noma’lum inson haqida ilk fikrlarni olishda
muhimdir. Bu borada A.A.Bodalevning o‘tkazgan tadqiqotlari nihoyatda
ahamiyatlidir. Ikki guruh o’quvchilariga bir inson rasmi beriladi. Birinchi
rasmda berilgan inson jinoyatchi deb, ikkinchi guruhda esa rasmdagi kishi yirik
olim deb e’lon qilinib, ularga portretni yozma ifodalash vazifasi beriladi.
Birinchi holatda quyidagi tavsiflar beriladi, ya’ni ko‘zlarini ichiga kirib ketgani,
ichki alam, qasosdan uzun dahan, boshlagan ishi, jumladan jinoyatni yakuniga
etkazish kabilar ekanligi qayd etiladi. Ikkinchi guruhda ichiga kirgan ko‘zlari
fikrning
chuqurligi haqida gapirib, bunda uzun dahan qiyinchiliklarga
bardoshlilik, irodalilik sifatida baholangan. Keltirilgan mulohazalardan
ko‘rinadiki, insonni inson tomonidan idrok qilinishida tashqi tomondan
berilayotgan ko‘rsatma, shaxsning bu boradagi bilim, ko‘nikma va malakalari
muhim rol o‘ynaydi.
Psixogramma professiogrammaning
asosiy qismi hisoblanadi, chunki u
kasb eki mutaxassislik bo'yicha xodimga qo'yiladigan psixologik talablar
sifatini belgilaydi. Uning xajmi va mazmuni kasbiy o'qitish, kasbiy tanlash,
kasbiy yo'naltirish, shuningdek korxona kadr siyosatiga binoan bir joydan
ikkinchi joyga o'tkazish maqsadlariga muvofiq belgilanadi.
Psixogramma quyidagi xaqqoniy ma'lumotni taqdim etuvchi manbaalar
yordamida tuziladi:
-
xronometraj jadvallari, yo'riqnomalar, instruksiyalar, izoxlar muhim
o'rin egallagan hujjatlar;
- xodimlarni shaxsiy kuzatishlari, anketalar, tabiiy va laboratoriya
eksperimentlarini o'z ichiga oluvchi yozma va og'zaki so'rovlari;
- maqsadli tadqiqotlar ma'lumotlari;
- xodimlar ish joylarida o'tkaziladigan
ergonomik tadqiqotlar -
elektrookulografiya,
elektroensefalografiya,
kinosiklografiya,
fiziologik
parametrlar telemetriyasi, telexronorefleksometriya va boshqalar.
Kasb yoki ish joyi va mutaxassislik psixologik xarakteristikasi strukturasi
quyidagi ko'rsatgich va talablar bilan belgilanadi:
- tashkilot, jihoz va mehnat sharoitiga talablar;
- mehnat psixologo-pedogogik jihatlarini boshqarish va tashkil etilishiga
talablar;
-
ishchi
guruh
rahbariga
talablar:
pedagogga,
tashkilotchiga,
mutaxassisga, shaxsga;
- ijtimoiy-psixologik ko'rsatgichlari va mehnat jamoasi parametrlari;
- shaxs psixikasiga qo'yiladigan kompleks talablar-psixofiziologik,
intellektual, neyropsixik va shaxs xususiyatlari;
-shaxs psixik holatiga qo'yiladigan kompleks talablar — ish qobiliyati,
emotsional-iroda ustanovkasi, o'zgaritirilgan holatlar talablari;
- adaptasiya, qabul qilish, o'qitish, ritm jaraenlariga kompleks talablar.
Do'stlaringiz bilan baham: