Mavzu: Nafas olish kasalliklarida bemor holati.
Reja:
1) Nafas olish a'zolarining kasalliklari
2) Nafas olish a`zolarining tuzulishi va nafas olish mehanizmini o`rganish 3) Nafas olish a’zolari kasalliklarining asosiy alomatlari
|
Nafas olish a'zolarining kasalliklari
Nafas olish a'zolarining kasalliklari ikki turga bo'linadi: 1. Nafas olish a'zolarining yallig'lanish kasalliklari. 2. Nafas olish a'zolarining yuqumli kasalliklari.
Nafas olish a'zolarining yallig'lanish kasalliklari. Nafas olish a'zolarining har bir qismi ichki yuzasini qoplab turuvchi shiIliq parda tashqi ob-havo haroratining o'zgarishi, havo tarkibidagi chang zarrachalari, kimyoviy moddalar ta'sirida yallig'lanishi mumkin. Nafas olish a'zolarining ayrim qismlari, ya'ni burun, tomoq, hiqildoq, traxeya, bronxlar va o'pkaning har biri alohida yallig'lanishi yoki ulaming hammasi bir vaqtda yallig'lanishi mumkin. Shunga ko'ra, yuzaga keladigan kasallik belgilari turlicha bo'ladi.
Burun ichki shilliq pardasining yallig'lanishi (rinit) odamda aksa urish, burundan suv oqishi, burun orqali nafas olishning qiyinlashishi bilan namoyon bo'ladi. Bunda o'rta quloq bilan burun halqum bo'shliqlarini tutashtirib turuvchi yevstaxiy nayining shilliq pardasi ham yallig'lanishi tufayli o'rta quloq bo'shlig'ida havo bosimi o'zgaradi. Buning natijasida ayrim hollarda quloqning nog'orasimon pardasi yallig'lanadi, taranglashib og'riydi, ba'zan tana harorati ko'tariladi. Tomoq shilliq pardasi yallig'langanda (jaringit) tomoqda, og'riq seziladi, ovqat yutish qiyinlashadi. Ko'pincha tomoqdagi bodomsimon bezlar ham yallig'lanadi. Bu kasallik angina deb ataladi. Bunda bemor darmonsizlanadi, tana harorati ko'tarilishi mumkin. O'z vaqtida davolash tadbirlari ko'rilmasa, tomoq bezlaridagi mikroblar limfa va qon orqali yurak, buyrak va boshqa organlami zararlashi mumkin. Hiqildoq shilliq pardasining yallig'lanishi (laringit) odamda quruq va qo'pol, og'riqli yo'tal, tovushning bo'g'ilishi bilan ifodalanadi. Traxeya va bronx shilliq pardasining yallig'lanishi (traxeit va bronxit) ko'pincha birga sodir bo'ladi. Yo'talish, yo'talgan vaqtda to'sh suyagi orqa tomonining qirilib og'rishi, shilimshiq balg'am ajralishi bu kasallikning asosiy belgisidir. O'pka to'qimasining yallig'lanishi zotiljam kasalligi deb ataladi. Bunda bemor yo'taladi, nafas olishi tezlashadi, ko'krak qafasida og'riq, darmonsizlik, tana haroratining ko’tarilishi kabi belgilar yuzaga keladi. O'pkani tashqi tomondan o'rab turuvchi plevra pardasining yallig'lanishi plevrit deb ataladi. Plevrit ikki xil: quruq va ekssudatli bo'ladi. Quruq plevritda plevra pardalari yallig'lanishi tufayli ko'krak qafasida og'riq seziladi. Ekssudatli (ho'l) plevritda ikki qavat plevra pardasi orasiga suyuqlik to'planadi. Bu suyuqlik o'pkani qisib qo'yishi tufayli bemoming nafas olishi qiyinlashadi, uning lablari ko'karadi, umumiy holati og'irlashadi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |