Reja: 1 Nafas olish a'zolarining kasalliklari


Nafas olish a'zolarining yuqumli kasalliklari



Download 35,54 Kb.
bet2/6
Sana28.04.2022
Hajmi35,54 Kb.
#586149
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Nafas olish kasalliklarida bemor xolati

Nafas olish a'zolarining yuqumli kasalliklari. Nafas olish a'zolarining yuqumli kasalliklaridan aholi o'rtasida ko'p uchraydigani gripp va o'pka silidir.
Gripp.
 Bu kasallikni maxsus gripp viruslari qo'zg'atadi. Ular uch xil: (A, B, S) bo'ladi. Bulardan tashqari, adenovirus deb ataluvchi viruslar ham grippga o'xshash kasallikni keltirib chiqaradi.
Gripp kasalligi ko'pincha kuz va qish tasllarida tarqaladi. Ob-havoning sovishi odamning nafas a'zolari yallig'lanishiga sabab bo'ladi. Yallig'langan shilliq pardalarda esa viruslarning yashashi va ko'payishi uchun qulay sharoit tug'iladi. Bundan tashqari, kuz va qish fasllarida odamlar ko'proq yopiq binolarda bo'ladi. Bunda bitta bemordagi kasallik virusi ko'plab odamga yuqishiga sharoit yaratiladi. Virus asosan havo-nafas yo'llari orqali yuqadi.
Gripp kasalligi yo'talish, aksa urish, burundan suv oqishi, holsizlik, bosh og'rishi, tana haroratining ko'tarilishi, qo'l-oyoqlarning qaqshab og'rishi, ishtaha pasayishi, ba'zida ko'ngil aynishi va qusish kabi belgilari bilan xarakterlanadi.
Gripp kasalligi bilan og'rigan bemor, kasallik belgilari yuzaga kelishi bilanoq alohida xonaga yotqizilishi kerak. U ko'chaga chiqmasligi, hatto shifoxonaga ham bormasligi shart. Chunki bitta bemor o'nlab va yuzlab sog'lom odamlarga kasallik yuqtirishi mumkin. Shuning uchun shifokor uyga chaqiriladi.
Bemorni parvarish qiluvchilar og'iz-burunlariga to'rt qavatli
doka niqob tutishlari zarur. Uning idish-tovoqlari, sochiq va boshqa buyumlari alohida bo'lishi shart. Xonaning eshik dastasiga xloramin yoki xlorli ohakning 0,5% li eritmasiga namlangan doka bog'lab qo'yiladi. Uning havosini tez-tez yangilab turish lozim.
O'pka sili. Sil (tuberkulyoz) yuqumli kasallik hisoblanadi. Kasallik qo'zg'atuvchi mikrobni 1882-yilda nemis olimi Robert Kox aniqlagan, shuning uchun uning nomi bilan Kox batsillasi deb ataladi. Kasallikni qo'zg'atuvchi mikrob havo, idish-tovoqlar, qaynatilmagan suv orqali yuqadi. Chunki sil kasalligi bilan og'rigan bemorning balg'ami va tupuk tomchilaridagi mikroblar havoga tarqalib, idish-tovoqlarni, sochiq va boshqa buyumlarni zararlashi, ular orqali sog'lom odamlarga yuqishi mumkin. Mikroblar kasallangan sigirning qaynatilmagan suti orqali ham yuqishi mumkin. Shuni alohida ta'kidlash lozimki, odam organizmiga sil mikroblari tushganda hamma vaqt ham kasallik sodir bo'lavermaydi. Odatda, zaiflashgan, chiniqmagan odam organizmida mikrob yashashi va ko'payishi uchun qulay sharoit bo'ladi. Natijada bunday odam kasallanadi.
Sil kasalligining belgilari quyidagilar: darmonsizlik, ishtaha yo'qolishi, uxlagan vaqtda terlash, bo’lgan sari oza borish, rangning oqarib-sarg'ayishi, bo'yin, qo'ltiq osti limfa bezlarining mosh, no'xat hajmida kattalashib, barmoq bilan paypaslaganda sezilishi. Bu belgilar paydo bo'lishi bilanoq kasallik aniqlanib, unga davo qilinmasa, asta-sekin bemor yo'talib balg'am ajrata boshlaydi. Bu esa o'pka silining chuqurlashganini bildiradi. O'pka silidan tashqari, jag' osti limfa bezlari sili, ichak va buyrak sili, suyak sili va boshqa a'zolarning sil kasalligi bo'ladi. Sil kasalligining oldini olish uchun odam yoshlik chog'idanoq kasallikka berilmaslik choralarini ko'rishi lozim. Shaxsiy gigiyena qoidalariga. amal qilish, tartib asosida sifatli ovqatlanish, badantarbiya, mehnat rejimiga rioya qilish zarur. Bulardan tashqari, bolalar chaqaloqligidan boshlab to maktabni bitirgunicha ma'lum muddatlarda silga qarshi emlanadi. Har yili bir marta tibbiy ko'rikdan o'tib turishi lozim. Kasallikning yuqorida aytib o'tilgan belgilari sezilsa, zudlik bilan shifokorga murojaat etish zarur.







Download 35,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish