28-rasm. Ekskavator-draglayn (a) va uning cho’michi (b).
EKG ekskavatorlari ishchi uskunalari
Ishchi uskunalar ekskavator turini va uning konstruktiv sxemasini belgilaydi.
Ekskavatorlar ishchi uskunalariga strela, rukoyat, cho’mich va ba’zi ish bajaruvchi
mexanizmlar kiradi. Ekskavatorlarda ushbu
uskunalarni katta va kichik
o’lchamdagilari yoki boshqa turdagilari bilan almashtirish mumkin bo’ladi. Bir
cho’michli ekskavatorlar ishchi uskunalarining xilma-xilligiga qaramasdan
ularning barchasi ish bajaruvchi organning ekskavator platformasi
bilan
bog’lanishiga qarab ikki guruhga ajratiladi: qattiq bog’langan, egiluvchan
bog’langan. Birinchi guruhga - to’g’ri va
teskari kurakli ekskavatorlar, ikkinchi
guruhga esa draglaynlar kiradi.
Draglaynning ishchi uskunasi cho’mich va streladan tashkil topadi. To’g’ri
va teskari kuraklar ishchi uskunalari esa strela, rukoyat, cho’mich, kuch berish
mexanizmi va cho’mich tagini ochish mexanizmlaridan tashkil topgan.
Surilma rukoyatli to’g’ri kuraklar ishchi
uskunalarining mavjud
konstruksiyalari strelasi konstruksiyasi bo’yicha ikki turga bo’linadi.
• rukoyat balkalari strela atrofidan o’tuvchi tashqi rukoyatli mexanik
kuraklar (EKG-5A, EKG-12, EKG-4US, EKG-20);
• rukoyat balkalari strela orasidan o’tuvchi ichki rukoyatli mexanik kuraklar
(EKG-10, EKG-15 va ularning modifikasiyalari).
Tashqi rukoyat ikki balkadan tashkil topadi va strelani o’rab turadi. Ichki
rukoyat esa bitta balkadan tashkil topadi va strelaning ichidan o’tadi.
29-rasm. Strelaning konstruktiv sxemalari (planda):
A
- bir balkali (yon taraflaridan
tortilgan);
b,v
- kesim yuzasi to’rtburchak shakldagi bir balkali tayanch zo’g’otalar
ochilgan;
g, j
- butun ramali ikki balkali;
d,e
- qirqilgan ikki balkali.
Tashqi rukoyatlar kon jinslarini massivdan ajratishda cho’michning
yaxshi
turg’unligini ta’minlaydi va og’ir sharoitlarda ishlatishga mo’ljallangan mexanik
kuraklarda ishlatiladi.
Bir balkali rukoyatlarning afzalliklariga ikki balkali rukoyat bilan
solishtirlganda
kichik
massaga
egaligi,
o’zining
va
egarli
uzellari
konstruksiyasining oddiyligidir. Bir balkali rukoyatlar ko’proq kanatli kuch berish
mexanizmi bilan ishlatiladi. Ikki balkali rukoyatlar esa ko’proq tishli-reykali kuch
berish tizimida ishlatiladi.
Strela
.
Hozirgi kunlarda kanatli kuch berish tizimida ishlatilayotgan
ekskavatorlarda ikki balkali strela va ichki bir balkali rukoyatlar qo’llaniladi. Bir
balkali strela va tashqi ikki balkali rukoyatlar esa tishli-reykali kuch berish tizimi
bilan jihozlangan ekskavatorlarda qo’llaniladi. Bu ekskavatorlar EKG-5A, EKG-12
va EKG-20 mexanik kuraklaridir.
Ekskvatorlarning zamonaviy modellari ko’pgina strelalari tayanch tomoniga
kengaytirilgan shaklda ishlab chiqarilmoqda. Buning uchun strela yon taraflaridan
qo’shimcha tortuvchi
konstruksiyalar ulanadi, bu strelaning barqarorligini
ta’minlaydi (EKG-5A).
Bir balkali ichki rukoyatlar uchun odatda ikki balkali strela
;
ikki balkali
tashqi rukoyatlar uchun bir balkali strela qo’llaniladi
Ikki balkali strelalar kanatli va tirsak-richagli
kuch berish tizimida
ishlaydigan ekskavatorlarda qo’llaniladi. Bu strelalar yaxlit ramali yoki sharnir-
birikmali usulda ishlab chiqariladi.
Tirsak-richagli va kanatli kuch berish tizimida ishlaydigan ekskavatorlar
strelalarida kuch berish mexanizmi joylashtirilmaganligi uchun faqat bo’ylama
siqilish hisobiga ishlaydi (uncha katta bo’lmagan o’zining og’irligi ta’siridagi
yuklamalarni hisobga olmaganda).
Kanatli kuch berish tizimida ishlaydigan ekskavatorlarning sharnir-birikmali
ikki balkali strelasi pastki va yuqorigi qismlardan tashkil topgan
.
Strelaning pastki
qismi ikki oyoqli ustun 5 va podkos 4 bilan birgalikda mustahkam uchburchak
hosil qiladi. Strelaning yuqorigi qismi pastki qismi bilan sharnir orqali bog’langan
bo’lib strela kanati yoki qattiq tortqi 3 yordamida osib qo’yiladi.
Kuch berish mexanizmining ish bajaruvchi qismi egarli podshipnik 8 bilan
birga strelaning pastki va yuqorigi qismlarini birlashtiruvchi o’qda joylashadi.
Strelaning yuqorigi qismi faqat ko’tarish kanatidan hosil bo’ladigan yuklamani
uzatishga xizmat qiladi va U to’rtburchak yoki quvur shaklidagi ikkita ustundan
tashkil topadi .
Strela korpusi to’rtburchak yoki quvur yuzali ko’rinishda payvand orqali
tayyorlanadi. Quvur shaklidagi elementlar yuqori mustahkamlikka
ega va yengil
bo’ladi.
Tirsak-richagli kuch berish tizimida ishlovchi yuqori quvvatli ekskavatorlar
strelalari sinchli ‘anjara shaklidagi yaxlit ramali ikki balkali konstruksiyaga ega.
Rukoyat
(30-rasm) mexanik ekskavatorlarda cho’michga zo’riqma kuchini
uzatishga, gidravlik ekskavatorlarda ko’tarish kuchini uzatishga xizmat qiladi.
Balkalar soniga qarab bir balkali (ichki) va ikki balkali (tashqi) rukoyatlar
farqlanadi. Bir balkali rukoyat to’g’ri burchakli yoki aylana kesim yuzali ichi bo’sh
balkadan tashkil topgan bo’lib, bir uchi cho’mich bilan proushina yoki flanets
orqali boltlar bilan ulanadi. Rukoyatning ikkinchi uchiga kuch berish bloki (kanatli
kuch berishda) yoki universal sharnir vilkasi (tirsak-richakli kuch berishda)
qotiriladi.
30-rasm. Bir cho’michli ekskavator rukoyatlari:
a
Do'stlaringiz bilan baham: