- bir balkali yumaloq kesim yuzali;
b
- ikki balkali quvur shakldagi
Bir balkali rukoyat balkasining (30-rasm,
A)
oldingi uchiga quyma yasalgan
uchlik 5 payvandlanadi. Uchlikka cho’mich tagini ochuvchi mexanizm valikini
o’rnatish uchun kronshteyn 7 o’rnatiladi. Kuch berish va qaytarish kanatlari 1 va 6
yarim bloklari orqali rukoyatni oldinga yoki orqaga suradi. Balkada o’rnatilgan
oldingi 4 va orqa 2 tirgaklar rukoyatning surilish yo’lini chegaralaydi. Orqa tirgak
so’ndiruvchi apparat 8 korpusiga o’rnatilgan. So’ndiruvchi apparat rukoyat balkasi
zaboy tomonga oxirigacha surilganda kuch berish mexanizmiga beriladigan zarb
energiyasini so’ndirishga xizmat qiladi. Yechiladigan burchaklar ugolki
9
lar
kanatlarning yarim blok yo’lakchalaridan chiqib ketishiga to’sqinlik qiladi.
Ikki balkali tashqi rukoyat strelani tashqaridan qamrab o’tadi va egarli
podshipnikning ikkita yo’naltiruvchi uyachalari orqali o’tadi. Ushbu yo’naltiruvchi
uyachalar kuch berish valida strela konstruksiyasi tashqarisiga o’rnatiladi.
Ikki balkali rukoyat (30-rasm,
b)
bir uchlari quyma uchlik 2 bilan
tutashtirilgan ikkita parallel balka 1 dan tashkil topgan.
Balka ustki qoplamasi 3 bo’ylab egarli podshipnik polzunlari sirpanadi.
Qoplamalar yedirilganda ularni almashtirish mumkin. Balkaning ostki qismiga
tishli reykalar 4 payvandlanadi. Rukoyat cho’mich bilan kronshteyn 5 va uzunligi
o’zgaradigan tyag bilan bog’lanadi.
Ko’pgina mexanik ekskavatorlar rukoyatlari balkalari tyag o’rniga
gidrosilindrlar bilan jihozlangan bo’lib, bu konstruksiya cho’michning qiyalik
burchagini o’zgartirish imkonini beradi (EKG-4U, EKG-8I).
Gidrosilindrlar ekskavator mashinistining masofadan turib tishlarning kesish
burchagini cho’mich harakatining trayektoriyasi bo’yicha o’zgartirish imkonini
beradi. Cho’michning o’rnatilish burchagi gidrosilindr shtoklarining surilishi
hisobiga rukoyat o’qiga nisbatan 34-79
0
oraliqda o’zgartirilishi mumkin.
Gidrosilindrlar nasos yoki gidro-pnevmatik akkumlyatorlarning energiyasi
yordamida ishga tushiriladi.
Cho’mich.
Mexanik
kuraklar
cho’michlari
konstruksiyalari
ishga
belgilanishiga, uning tayyorlanish usuliga va yukdan bo’shatish usullariga bog’liq
holda turli ko’rinishlarda ishlab chiqarilgan. To’g’ri kuraklar cho’michlari
rukoyatga o’rnatilish usuliga qarab ikki guruhga bo’linadi: sharnirli va mustahkam
bog’langan. Birinchi guruhdagi cho’michlar ko’pchilik karyer ekskavatorlarida
mavjud. Ikkinchi guruhdagi cho’michlarning orqa devori rukoyatning cho’mich
mahkamlanadigan otlivkasi hisoblanadi.
Ekskavator cho’michlari ishga belgilanishiga qarab og’ir, o’rtacha va yengil
turlariga ajratiladi. Bu cho’michlar mos ravishda og’ir, o’rtacha va yengil kon
jinslarini qazib olish uchun, hamda ko’mirni qazib olish va yuklash uchun xizmat
qiladi.
Cho’michlarning turlari va hajmiy qatorlari 4 m
3
va undan katta hajmlarda
ishlab chiqariladi. Rossiyada o’rnatilgan OCT 24.072.06—80 ga asosan
cho’michlarning quyidagi turlari ishlab chiqariladi: KOPL – juda yengil jinslar
uchun (zichligi1,6 t/m
3
gacha); KPL – yengil jinslar uchun (zichligi1,6 t/m
3
dan 2
t/m
3
gacha); KPS – o’rtacha jinslar uchun (zichligi 2 t/m
3
dan 2,5 t/m
3
gacha); KPT
– og’ir jinslar uchun (zichligi 4 t/m
3
gacha). Cho’michlarning ishga belgilanishi
uning tayyorlanish texnologiyasini aniqlaydi.
31-rasm.
Payvand-quyma cho’mich
(a)
va cho’mich
tag qismi (b)
Og’ir sharoitlarda ishlatish uchun (rudani, qattiq jinslarni yuklash va
boshqalar) quyma cho’michlar, yengil jinslar uchun esa payvand cho’michlar
qo’llaniladi. Eng ko’p tarqalgan va ko’p ishlatiladigan cho’michlar payvand-
quyma usulda yasalgan cho’michlardir.
Rossiyaning Ijorskiy zavodida payvand-quyma usulida ishlab chiqarilgan 8-
10 m
3
hajmdagi cho’mich quyidagi qismlardan tashkil topgan: korpus 1, tag qism
2, travers 3, beshta tishlari va tag qismini ochuvchi-yopuvchi mexanizm 5.
Cho’mich korpusi to’rtta quyma qismlar chetlarini bir-birlariga payvandlash
orqali birlashtirishdan hosil qilinadi. Korpusning oldingi devori ko’proq
yedirilishga ishlaganligi sababli 110G13L yuqori marganetsli po’latdan
tayyorlanadi. Orqa devor esa past uglerodli po’latdan yaxlit quyma holatda
tayyorlanadi. Orqa devor chetlari ikki yon devor chetlari bilan payvand usulida
birlashtiriladi.
Orqa devor rukoyat bilan ulanishi uchun 6 zo’g’ota va tag qismini ochish va
cho’mich traversini qotirish uchun 7 zo’g’ota mavjud.
Tag qism zulfin yo’naltirgichi 1 va kronshteyn bilan birga 110G13L
po’latidan quyiladi. Kronshteynga tag qismini tutib turish uchun balka 5
mahkamlanadi. Zulfin richag 6 va zanjir 7 orqali tortiladi. Zulfinning surilish
o’lchami palets 9 ga kiydirilgan shayba 8 bilan moslashtiriladi.
Cho’michlar yukni bo’shatish usuliga ko’ra tag qismi erkin ochiluvchi
(mayatnikli tabaqali), jag’simon ochiluvchi va ag’darilish bilan yuk bo’shatuvchi
turlariga bo’linadi. To’g’ri kurakli ekskavatorlar cho’michlarida eng ko’p tarqalgan
turi birinchi konstruksiyadagi cho’michlar bo’lib, yukni bo’shatish uchun eng kam
harajat va kuch sarf qilinadi. Ikkinchi turdagi konstruksiyali cho’michlar to’g’ri
kurakli gidravlik ekskavatorlarda keng tarqalgan.
Zamonaviy mexanik ekskavatorlar cho’michlari orqa devori oldingi
devoriga nisbatan past. Oldingi devor kon jinslarini yaxshi qamrashi uchun va
cho’michni samarali to’ldirishi uchun tekis yoki katta radiusli silindr shaklida
yasaladi. Qattiq jinslarda ishlatilishga mo’ljallangan cho’michlarning oldingi
devori nisbatan aylana shaklda ishlab chiqariladi. Oldingi devor yuqori qirrasi
yuqori marganetsli po’latdan quyma bo’g’ot ko’rinishida yasaladi. Bu cho’mich
oldingi qirrasining mustahkamligini va uzoq ishlash muddatini oshiradi.
Bir cho’michli ekskavatorlar ishchi mexanizmlari turlari va ularning
ishlash prinsipi
Ekskavator platformasida ko’tarish, tortish va burilish mexanizmlari
lebedkalari va yuritmalari joylashadi.
To’g’ri kurakli ekskavatorlarda cho’michga zo’riqma kuchini berish kuch
berish mexanizmlari yordamida bajariladi. Kuch berish mexanizmi yuritmasidan
hosil qilinuvchi kuch kanatli-polispast tizimi yoki tishli-reykali mexanizm
yordamida egarli podshipnik orqali suriluvchi cho’mich rukoyatiga uzatiladi.
Kuch berish mexanizmining strelada joylashishi ekskavator burilish
qismining inersiya momentini va ag’darilish momentini va natijada posangi
og’irligini oshiradi, bu esa o’z navbatida cho’mich sig’imini yoki qamrash
radiusini kamaytirishni talab etadi. Buriluvchi platforma bilan birga aylanayotgan
massalar radiusi va inersiyasining dinamik momenti oshishi natijasida burilish
mexanizmi detallaridagi inersion yuklamasi ortib ketadi. Bunday holatda
platformaning tezlanish va tormozlanish vaqti oshadi, natijada ish sikli
davomiyligi ko’payadi.
Kanat-polispast tizimida kuch beruvchi ekskavatorlarda kuch berish
mexanizmining lebedkasi burilish platformasida joylashadi (EKG-10 va boshqalar).
Strelada esa faqat yo’naltiruvchi bloklar va egarli podshipnik joylashadi.
Tishli-reykali kuch berish tizimi juda og’ir sharoitlarda ishlatiladigan ekskavator
modellarida ishlatiladi.
Tirsak-richagli kuraklarda zo’riqma kuchi yuritish mexanizmidan kuch beruvchi
shtanga orqali rukoyatga uzatiladi. Kuch beruvchi shtanga rukoyat va tebranuvchi ustun
bilan umumiy sharnirda birlashgan egarli podshipnikda harakatlantiriladi (suriladi).
Bunday holda mexanizm yuritmasi ( dvigatel va reduktor) ikki oyoqli ustunda yoki
buriluvchi platformada joylashadi (EVG-35.65M). Kuch beruvchi balkaning siljishi
kanatli-polispast tizimida yoki tishli-reykali tizimda amalga oshiriladi.
32-rasm. EKG-5A ekskavatori strelasining yig’ilgan tasviri:
Do'stlaringiz bilan baham: |