Eng bila menging yaxshi, saqogʻing yaxshi.
Bir-bir ne deyin, boshdin ayogʻing yaxshi.
Mazkur ruboiy turkiy tilning ichki imkoniyatlarini, har qanday hol va holatning, narsa va predmetning, hodisaning tasvirini ona tilida yaratib bera olish imkoniyatini yaqqol koʻrsatib berishi bilan ham eʼtiborga molik. Unda maʼshuqa portretini chizib koʻrsatish asosiy maqsad sifatida namoyon boʻlgan. Dastlab yuzning yuqori qismidagi uzvlar koʻz, qosh va qaboq qalamga olinadi. Ularning barchasi yor uchun mos va munosib. Bu hukm “yaxshi” soʻzi orqali ravshanlashadi. Bu soʻzning misra oxirida kelishi uning gapdagi vazifasi kesim ekanligini koʻrsatib turibdi. Odatda, gapdagi hukmning asosiy mazmun va mohiyati kesimda oʻz ifodasini topadi. Keyingi qismda yuzning navbatdagi uzvlar: yuz bilan dudoq qoʻyiladi. Ayni paytda roʻyxatga yuz bilan bevosita bogʻlanmagan yana bir jumla (“soʻz”) ham jalb etiladi. Demak, shoir maʼshuqaning faqat tashqi koʻrinishini emas, balki uning maʼnaviy olamini ham nazarda tutadi. Zero, inson maʼnaviyati uning nima deyishida, nimani qanday aytishida ham oʻz aksini topadi. Soʻng yana zohiriy belgilarga oʻtiladi: yuz, yuzdagi xol, iyaklarning mos va mutanosibligi qayd etiladi. Oxirgi bayt ruboiyga yakun yasaydi. Bu yerda yana bir yangi soʻz oʻyiniga duch kelamiz. U “boshdin oyogʻing yaxshi” tarzida shakllantirilgan. Bu yerda ham soʻzlarning oʻz va koʻchma maʼnolari mujassamlashgan. Yaʼni, “boshing ham, oyogʻing ham yaxshi” degan sanoq va boshingdan oyogʻinggacha boʻlgan hamma uzvlaring goʻzal degan mulohaza oʻz ifodasini topgan.
Navoiy ruboiylarini ingliz tiliga tarjima qilish ishlari tashabbuskorlaridan biri iste’dodli tarjimon K.Ma’murovdir. Albatta, ruboiy shakliy hususiyatlari va ichki qofiyalanishi jihatdan g‘azaldan farq qilib, vazn qo‘llanishi jihatidan soddaroqdir. Shu ma’noda K.Ma’murov uning ohangini tarjimaga aniq ko‘chira olish, turkiy ruboiylar jarangini inglizcha yangratish imkoniyatini topgan. Alisher Navoiy ruboiylari orasida turli tillarga oid so‘zlar ishtirokida yozilgan she’rlar bor. She’rni yaratishdagi bunday usul ijodkorlar orasida «shiru shakar», «shiru shahdu shakar» kabi nomlar bilan atalib kelingan. Mazkur ruboiyda o‘zbek tilida keng qo‘llanilayotgan “aziz” va “umr” kabi so‘zlarining ishlatilishiga balki e’tibor bermas edik, biroq ularning “umri aziz” shaklidagi birikmasi grammatik nuqtai nazaridan forscha iborani yasamoqda, shu sababli bu ruboiyda mazkur badiiy usuldan ustalik bilan foydalanganligini anglash mumkin:
Jondin seni ko‘p sevarmen, ey umri aziz,
Sondin seni ko‘p sevarmen, ey umri aziz.
Har neniki sevmak ondin ortuq bo‘lmas,
Ondin seni ko‘p sevarmen, ey umri aziz .
Q.Ma’murov tarjimasi:
I love you more than my soul, oh, my dear,
I love you more than all numbers, oh, my dear,
Loving anything can not be more than that,
I love you much more than that, oh, my dear.
Ruboiyning inglizcha jarangi ham aynan Sharqona ohangga egaki, bunday she’rlar ingliz lirikasida uchramaydi. Ammo mazkur ruboiydagi “Sondin seni ko‘p sevarmen, ey umri aziz” misrasida shoir “son” deganda aynan sanoq sonlarni nazarda tutmagan balki “sanalishi mumkin bo‘lgan har qanday mavjudotdanda kuchliroq sevaman” demoqchi. Bu esa cheksizlikni anglatadi. Shu o‘rinda tarjimon son so‘zini soddagina qilib – numbers (raqamlar,sonlar) so‘zi bilan tarjima qilib jiddiy xatoga yo‘l qo‘ygan:
I love you more than all numbers, oh, my dear…
So‘zma-so‘z tarjimasi:
Men seni hamma raqamlardanda ko‘ra kuchliroq sevaman azizim…
Ingliz tilida “hamma raqamlardan ko‘ra kuchli sevmoq” degan ibora yo‘q. Binobarin chet tilida o‘ta jo‘n chiqqan bu iborani Navoiy ham qo‘llayotgani yo‘q. Agar tarjimon “sondin” so‘zining baytdagi ma’nosi sanab adog‘iga yetib bo‘lmas cheksizlik ekanligini tushunganida ingliz tilida bu so‘zni – infinity (cheksizlik)deb bergan bo‘lar edi. Bu so‘z makmillan lug‘atida quyidagicha izohlanadi:
1 [uncountable] a space, time, or distance that continues without end or limits
a barren landscape stretching into infinity
2 [singular] a very large amount of something, or a very large number of things
infinity of: an infinity of combinations an infinity of patience a.
[uncountable] maths the largest number that exists
Ko‘rib turganimizdek bu so‘zning 1-ma’nosi cheksizlik, chegara bilmas masofa, 2-ma’nosi juda katta sanoqqa ega bo‘lgan real va mavhum predmetlar, katta sanoq sonlar. Ba’zan arab raqamlarini ham anglatadi:
Arabic numeral, arithmetic progression, base, coefficient, common factor, common multiple, computation, constant, cube, cube root..
Demak, bu so‘z aynan sanab bo‘lmaydigan cheksizlikni bildiradi. Ingliz badiiy adabiyotida mazkur bayt tarjimasiga aynan mos keluvchi: Love more than infinity — cheksizlikdanda ko‘proq sevmoq degan iborasi mavjud. Shu misrani mutarjim:
I love you more than infinity, oh, my dear…
deb tarjima qilganda edi, ingliz tilida asliyatning bor ma’nosi va badiiyligi to‘liq ifodalab berilar edi.
Alisher Navoiy ruboiylari orasida qofiyalar to‘rt bo‘lakka bo‘lingan holda yaratilganlari ham bor. Dastlabki uch bo‘lakda bir xil qofiyali so‘zlar keltiriladi. She’rda bunday usul qo‘llanilganda ichki qofiya san’ati hosil bo‘ladi. Bunga quyidagi ruboiy misol bo‘ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |