7-amaliy ish. Simulink bibliotekalarining bloklari
1
. O‘zgarmas signal manbasini tekshirish
Modelning bo‘sh oynasini hosil qiling va unga 1-rasmda ko‘rsatilgandek
Constant
va
Display
bloklarini joylashtiring.
Constant
bloklarining parametrlarini
o‘zgartirib har xil turdagi sathi o‘zgarmas signallarni hosil qiling va ularni
Display
bloki yordamida o‘lchang.
1-rasm. O‘zgarmas signal manbasi Constant
2.
Impuls signal manbasini tekshirish
Modelga Pulse Generator va Scope bloklarini joylashtiring (2-rasm) va Pulse
Generator blokining parametrlarini o‘zgartirib hosil bщlgan signallarni Scope bloki
yordamida kuzating.
2-rasm. Pulse Generator
3. Ossillograf Scope blokini tekshirish
Modelga
sinusoidal signal manbasi Sine Wave va Scope bloklarini joylashtiring
(3-rasm). Modelni ishga tushurib Scope blokining ustida sichqonchaning tugmasini
to‘xtovsiz ikki marta bosing modellash jarayonida signalning o‘zgarishini kuzating.
3-rasm. Ossillograf Scope
Aks ettirilayotgan grafiklarning masshtablarini quyidagi yo‘llar bilan
o‘zgartiring:
•
Sichqonchaning chap tugmasi
,
yoki
knopkalardan biri va keyin
kerakli grafikning ustida bosiladi. Natijada masshtab 2,5 marta ortadi.
•
Sichqonchaning chap tugmasi
,
yoki
knopkalardan biri bosiladi va
keyin kerakli grafikning ustida bosilgan holatda surib dinamik ramka
yordamida garfikning masshtabi orttirilishi kerak bo‘lgan qismi ko‘rsatiladi
(4-rasm).
4-rasm. Grafikning masshtabini orttirish
•
Grafik oynasining ustida sichqonchaning o‘ng tugmasi bosiladi va
konteks menyudan
Axes properties…
komandasi tanlanadi. Grafik
xossalarining oynasi ochiladi. Undagi
Y-min
va
Y-max
parametrlar
yordamida vertikal o‘qning chegaraviy qiymatlari ko‘rsatiladi. Ushbu
oynada grafikning sarlavhasini ham
%
ifodaning o‘rniga
yozib ko‘rsating (5-rasm).
5-rasm. Scope bloki xossalarining oynasi
Blokning parametrlari
Scope parameters
oynasida o‘rnating. (6-rasm).
6-rasm. Scope blokining umumiy parametrlari General
4. “Erkin” rejimdagi Floating Scope ossillografni tekshirish
Model oynasiga 7-rasmda ko‘rsatilgan bloklarni joylashtiring
.
7. Floating Scope ossillografidan foydalanishga misol
Floating Scope
ossillografi kirishlarga ega emas. SHuning uchun aks ettirilishi
zarur bo‘lgan signal vositalar panelidagi
(
Signal selection
) yordamida tanlanadi.
Buning uchun quyidagi amallar bajaring:
•
Grafik aks ettirilishi kerak bo‘lgan koordinatalar sistemasining ustida
sichqonchaning chap tugmasi bosiladi. Natijada tanlangan koordinatalar
sistemasi perimetri bo‘yicha ko‘k rangga kiradi (7-rasm).
•
Signal selection
vositasi yordamida
Signal Selector
dialog oynasi
ochiladi
(8-rasm).
•
CHiqishlaridagi signallar kuzatilishi kerak bo‘lgan bloklarning bayroqchalari
belgilanadi.
•
Hisoblashlar bajarilgandan keyin
Floating Scope
blokining oynasida
tanlangan signallar aks etadi.
8-rasm. Signal Selector dialog oynasi
Nazorat savollari
1.
O‘zgarmas signal manbasi Constant nima vazifani bajaradi va qanday parametrlarga
ega?
2.
Signallar generatori Signal Generator qanday signallardan birini shakllantirishi
mumkin?
3.
To‘g‘ri burchakli impulslarni shakllantirish uchun qanday blokdan foydalaniladi?
4.
Ossillograf Scope qanday vazifani bajaradi?
5.
Ossillograf oynasidagi asboblar paneli qanday tugmalarga ega?
6.
Ossillograf oynasida aks ettirilayotgan grafiklarning masshtablarini qanday yo‘llar
bilan o‘zgartirish mumkin?
Floating Scope ossillografi bilan ishlash tartibini tushuntirib bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |