Davlatning aholini ishsizlikdan muhofaza qilish borasidagi tadbirlari.
Jiddiy talofotlarga yo’l qo’ymaslik maqsadida davlat ish bilan ta’minlashni oshirish siyosatini o’tkazadi. CHunonchi, ishsizlikning friktsion va yashirinchi,turlari o’sganda davlat:
-qaytadan kasb o’rgatadi;
-ta’lim berish tizimini kengaytiradi;
-bo’sh ish joylari haqidagi axborotlarni keng tarqatadi;
-mehnat birjalariga investitsiyalarni ko’paytiradi.
Agar ishsizlik davriy xususiyat kasb etsa, davlat byudjet, fiskal, kredit-pul munosabatlari va vositalarini ishga soladi, ya’ni:
-ish bilan ta’minlashni kuchaytirish uchun ishlab chiqarishga ko’proq mablag’ sarflaydi;
-tadbirkorning manfaatdorligini oshirish uchun suda, hamda kreditlarning foiz stavkalarini pasaytiradi;
-ishlab chiqaruvchi va iste’molchilarga solinadigan soliqlarni kamaytiradi.
Bu tadbirlardan tashqarii, davlat mehnat bozorini tashkil etish va tartibga solishda:
-aholi soni, yo shva jinsi salmog’idagi o’zgarishlarga;
-ish bilan bandlikdagi tarmoq va hudud o’zgarishlariga,
-qo’shimcha ishchi kuchini ishlab chiqarishga jalb etish mezonlariga;
-ishlab chiqarish kuchlarining hududiy joylashuvi kabi omillarga alohida e’tibor beradi.
Ishsizlikni kamaytirishning iqtisodiy tadbirlaridan eng asosiysi xalq xo’jaligi tarmoqlarida bozor talabiga muvofiq kichik korxonalarni barpo etishdir. Bunga esa:
-mehnat unumdorligini oshirish;
-ish joylarining moddiy-texnikaviy, texnologiya va sarmoya ta’minotlarini yaxshilash;
-yangi noqishloq xo’jaligi mehnati zonalarini tashkil etish;
-ishlovchilar moddiy manfaatdorligini oshirish;
-oqilona soliqlar orqali erishish mumkin.
Binobarin, kichik korxonalarni tashkil etish quyidagi tamoiyillarga asoslanadi:
1.Ishlab turgan korxona (tashkilot) tarkibidan bir yoki necha tarkibiy bo’linmagan ajralib chiqishi.
2.Birlashmaning tarkibiy birligi bazasida kichik korxona tashkil etish.
3.Kichik korxonani muayyan umumiy maqsadlarni amalga oshirish uchun sa’y-harakat va resursni birlashtirishni ko’zlaydigan muassasa, korxona, tashkilot, fuqarolar tashabbusi bilan tashkil etish.
O’zbekiston Respublikasida kichik korxonalarning quyidagi turlari bor:
1.Davlat mulkiga asoslangan kichik davlat korxonalari.
2.Jamoa mulkiga asoslangan kichik shirkat korxonalari, kichik aktsiyadorlik korxonalari, xo’jalik jamoalari va shirkatlarning kichik korxonalari, jamoa va diniy tashkilotlarning kichik korxonalari.
3.Fuqarolarning mulkiga asoslangan
-yakka tartibda ishlaydigan va oilaviy kichik korxonalar.
4.Kichik ijara korxonalari.
5.Kichik qo’shma korxonalar.
1. Nominal yalpi ichki mahsulotning va baxolar darajasining bir vaqtda
pasayishi klassik model boyicha quyidagicha tushuntiriladi
A) faqat AD egri chizig'i chapga siljiydi
B) faqat AD egri chizig'i ongga siljiydi
S) faqat potenstial YalM darajasi pasayadi
D) AS egri chizig'i o'ngga siljiydi
2. Fillips egri chizig'i:
A)ishsizlik darajasi va inflyatsiya sur'ati o'zgarishlarining teskari proporstionalligini ifodalaydi sur'ati ozgarishlarining to'g'ri
B)ishsizlik darajasi va inflyatsiya proporstionalligini ifodalaydi
S)inflyatsiya sur'ati va YalM dinamikasi o'rtasidagi bogliqlikni ifodalaydi
D)baxolar darajasi va YalM dinamikasi o'rtasidagi bogliqlikni ifodalaydi.
3. Fillips egir chizig'ining zamonaviy talqiniga ko'ra, inflyatsiya darajasi
bilan musbat ega
A) kutilayotgan inflyatsiya bilan
B) ishsizlikning tabiiy darajasi bilan
S) taklif shoklari bilan
D) barcha javoblar to'g'ri
4. Kutilayotgan inflyatsiya ning osishi Fillips egri chizig'ining A) unga, inflyatsiya ning o'sishiga teng miqdorga keladi.
B) chapga inflyatsiya ning o'sishiga teng miqdorga S) pastga inflyatsiya ning o'sishiga teng miqdorga
D) yuqoriga inflyatsiya ning o'sishiga teng miqdorga
5. Makroiqtisodiyotni alohida ilmiy fan qilib yaratgan olim ?
A) K.Marks B)IA Smit
S) F Kere D) J.M Keyns
6. Rivojlangan mamlakatlarda Makroiqtisodiy siyosatining asosiy maqsadlariga quyidagilarning qaysi kirmaydi?
A) yuqori darajada bandlikni ta'minlash
B) milliy iqtisodiyotni rivojlantirish uchun qulay tashqi iqtisodiy sharoitlar yaratish
S) aholining barcha qatlamlari uchun soliqlarni kamaytirish
D) inflyatsiya darajasini kamaytirish va narxlaming barqarorligini ta'minlash
7. Quyidagi nazariyalarni xronologik tartibda joylashtiring:
A)keynschilar
B) marksizmchilar
S) neoklassik nazariya
D) klassik iqtisodiy nazariya
8. Yopiq iqtisodiyotning doiraviy aylanish modeliga Quyidagi sektor kirmaydi:
A) tadbirkorlik
B) davlat
S) tashqi dunyo
D) uy xo'jaliklari