Reja : Lok-bo‘yoq materiallarning tavsifi


Obidalarning yog’och fragmentlari restavratsiyasi



Download 251,34 Kb.
bet2/2
Sana22.01.2022
Hajmi251,34 Kb.
#399885
1   2
Bog'liq
lak buyoq

2.5.2. Obidalarning yog’och fragmentlari restavratsiyasi

YOg’och binoning bezakli detallari va boshqa elementlarini tiklash, agar ular puturdan ketgan yoki zararlangan bo’lsa ham saqlanib qolsa, bir muncha oson kechadi. Bunday holatda saqlanib qolgan nusxa detal nafaqat me’mor uchun tuzilayotgan loyihaga namuna bo’ladi, balki duradgor uchun tayyorlanayotgan aniq nusxaga bevosita model sifatida ham xizmat qiladi.

Eski imoratni qismlarga ajratish imkoniyatlarini suiste’mol qilish yaramaydi, o’ta zaruriyat paydo bo’lgan holatdagina shu yo’lni tanlash kerak, chunki putur ketgan kesik yog’ochning ichi qoida tariqasida shikastlangan bo’ladi, shu bois yangidan yig’ilaytganda detallarni bino qismlarga ajratilguncha bo’lgan holatdagidek qilib birlashtirish juda qiyindir.

YOg’och yodgorliklarini emirilishdan himoya qilish. YOg’och imoratlar odatda biologik agentlar, asosida zamburug’lar, qisman esa xashoratlar ta’siridan emirila boshlaydi. Ba’zan esa yong’inlar natijasida kuyib ketadi, kimyoviy himoya choralari qo’llanmasdan qurilgan yog’och ob’ektlarda zamburug’lardan emirilishning ikkita turi: surunkali, konstruktiv choralar bilan engib bo’lmaydigan hamda qurilish va foydalanish paytidagi xatolar tufayli kelib chiqadigan avariya oqibati ko’rinishlari kuzatiladi.

Emirilishning surunkali turi buzg’unchilarga har hil qulay sharoit yaratib berilgan muxitda paydo bo’ladi, hamda turli konstruksiyalar uchun tegishli ravishda turlicha tezlikda kechadi. YUqori tezlikda surunkali emirilishga xos hisoblangan tipik konstruksiyalar, ustunlar, qoziqoyoqlar, to’sinlar va doimo tuproqqa tegib turadigan pastki chorcho’plardir. Emirilishning surunkali turi faqatgina kimyoviy choralar bilan oldi olinishi va bartaraf etilishi mumkin. Surunkali emirilishlarga po’stloqli (gilamli), markaziy, yumshoq ustki va aralash chirish kiradi.

Emirilishning avariya oqibatidagi turi odamning ayib bilan ro’y beradi. Bu tur qurilishdagi xatolar (tuproqdan yomon gidroizolyatsiya qilish, bo’sh ventilyatsiya, tom yaxshi yopilmaganligi va boshqalar) mavjud bo’lgan konstruksiyalar uchun hos hisoblanadi, shuningdek, foydalanishdagi xatolar (tom yoki qoplamadan chakka o’tish, suv chiqarib tashlanadigan quvurlarning nosozligi, ventilyatsiya rejimning buzilishi, daraxtlar va butalar o’sib chiqish) ham avariya holatini keltirib chiqarishi mumkin. Emirilishning avariya oqibatidagi turi qoida tariqasida muntazam bo’lmaydi, biroq sharoit o’zgarishi bilan u tinchib qolishi yoki yana jonlanishi hech gap emas.

Hashoratlar tomonidan emirilish asosan ularning lichinkalari faoliyati evaziga ro’y berdi. YOg’och inshootlarni ta’mirlash jarayonida bosh shart ularning asosiy konstruksiyalarini biobuzg’unchiliklarning rivojlanishiga sharoit tug’diradigan namlanishdan himoya qilishdir. To’suvchi elementlar asosiy tayanch konstruksiyani tuproq, yomg’ir va qor suvlaridan muxofaza etadi, isitilmaydigan imoratlarda esa yonlanma va tik tabiiy ventilyatsiya yordamida uning kondensatsion namlikdan qurishiga imkon yaratib berish kerak bo’ladi.

Agar u yoki bu imoratda nosoz qoplama ostida uzoq muddat turib qolish natijasida chirish boshlangan bo’lsa, kesikni saqlab qolishning faqat ikkita usuli mavjud: qoplamni kapital ta’mirlash yoki ob’ekt qoplamasini olib tashlash, boshqa himoya qobig’i o’rnatish, masalan, konstruksiyani tashqi tomondan tegishli antiseptiklarga obdon to’yintirish lozim bo’ladi.


YOg’och imoratlarning poydevorlari roli nafaqat imoratning geometrik barqarorligini ta’minlash, balki biologik emirilishlardan ximoya qilish maqsadida uni tuproqning nam qatlamidan muxofazalashdan ham iboratdir. Poydevorning konstruksiya quyi qismini ventelyatsiyalash omili sifatidagi roli ham aniqlangan, baland va isitilmaydigan inshootlarga esa u butun imorat uchun ventilyatsiya vazifasini bajaradi. Konstruksiyaning quyi qismini namlanishdan himoya qilishda, shuningdek, ko’prikchalar va suv chiqarib tashlaydigan ariqchalar katta ahamiyatga egadir.
YOg’och konstruksiyalarning ko’pga chidashini kimyoviy vositalar yordamida uzaytirish ta’mirlash ishida butunlay yangi sahifa ochadi.

Xozirgi vaqtda himoya vositalari etarli miqdorda taklif etilgan. Ular quyidagilarga bo’linadi: ta’sir etish yo’nalishiga (mo’ljallanishi) ko’ra-antiseptiklar, antipirinlar, mustahkamlagichlar va kompleks preparatlar; eritma xususiyati va boshqa alomatlariga ko’ra-suvda eriydigan va organik eritmalarda eriydigan; tarkibiga ko’ra-ftorli, borli, xlor fenolli va aralashgan holdagi; yuvilishiga ko’ra-tez yuviladigan, qiyin yuviladigan va yuvilmaydigan; shakliga ko’ra-bir komponentli (kimyoviy moddalar) va ko’p komponentli.


Eski imoratlarni himoya qilish uchun ishlov berish va to’yintirishning usullari qo’llanilishi mumkin.
YOg’och sirtiga ishlov berish usuli material yuzasiga purkagich yoki cho’tka yordamida to’yintiruvchi suyuqlikni singdirishdan iborat.
Bosim ostida quyish chirigan joylarni yoppasiga konservatsiya qilish imkonini beradi. To’yintiruvchi suyuqlik uchun katta bo’lmagan bosim ostida ballon uchida suv kirishi mumkin bo’lgan yoriqqa quyiladigan yoki purkaladi.
To’yintiruvchi suyuqlik solingan vannada tindirishdan alohida konstruksiyalar uchun foydalaniladi.
Antiseptikni yog’och sirtiga quritmasdan turib takror va takror sepish ham to’yintirish sifatida malakalanadi. Panelli to’yintirish eski imoratlarni qismlarga ajratmay turib yaxshilab to’yintirishning yangi usulidir.


 

Download 251,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish