Determinizm nimaq Determinizm so'zi sabab va oqibatning o'zaro birligini
ifodalaydi. Bu prinsipga ko'ra sababsiz oqibat bo'lmaydi. Determinizm prinsipiga
ko'ra psixika taraqqiyoti individning yashash muhiti bilan belgilanadi, ya'ni muhit
o'zgarishi bilan psixika ham o'zgaradi. Masalan: qishloqda yaxshi dars o'ta
olmaydigan qoloq bir maktabning o'quvchisi bilan shaharda maxsus chuqur ta'lim
beriladigan lisey o'quvchisi tafakkuri o'rtasida farq bo'lishi tabiiy. Farqning sababi
mavjud. Sababi muhit, shart-sharoitdir.
Agar muhit o'rtasidagi farq qanchalik kam bo'lsa, psixik xususiyatlarning
rivojlanishi va shakllanishida ham farq kam bo'ladi. Aksincha esa farq katta bo'ladi. Determinizm prinsipi nima uchun prinsip sifatida qabul qilinganq Psixologik
voqeliklarni tadqiq etishda, ularni baholashda va rivojlantirishda determinizm
prinsipiga amal qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |