umumiy psixologiya-psixik faoliyatning umumiy qonuniyatlari va ularning
o'ziga xos jihatlarini o'rganadigan maxsus soha;
pedagogik psixologiya-kishiga ta'lim va tarbiya berishning psixologik
qonuniyatlarini o'rganishni o'z predmeti deb biladi;
yosh davrlar psixologiyasi-turli yoshdagi odamlarning tug'ilgandan to
umrining oxirigacha psixik rivojlanish jarayonini, shaxsning shakllanishi va o'zaro munosbatlari qonuniyatlarini individning yoshiga mos tarzda o'zgarishi tamoyillarini
o'rganadi;
ijtimoiy psixologiya-odamlarning jamiyatdagi birgalikdagi ish faoliyatlari
natijasida ularda hosil bo'ladigan tasavvurlar, fikrlar, e'tiqodlar, hissiy kechinmalar va
xulq-atvorlarini o'rganadi;
mehnat psixologiyasi-kishi mehnat faoliyatining psixologik xususiyatlarini,
mehnatni ilmiy asosda tashkil etishning psixologik jihatlarini, qonuniyatlarini
o'rganadi;
muhandislik psixologiyasi-avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemalari
operatorining faoliyatini, odam-texnika o'rtasida funksiyalarni taqsimlash va
muvofiqlashtirishning xususiyat-larini o'rganadi;
Do'stlaringiz bilan baham: |