Psixikani faoliyatda taraqqiy etish prinsipi. Bu prinsipga ko'ra inson shaxsi va
uning psixologik xususiyatlari faoliyatda taraqqiy etadi. Bu prisipning asoschisi
psixologiyada faolyait nazariyasining asoschisi hisoblangan A.N.Leontyevdir.
Leontyev o'zining «Psixika taraqqiyoti muammolari» nomli asarida quyidagi fikrni
keltirgan: «Inson shaxsi va ongi faoliyatda shakllanadi, faoliyatd taraqqiy etadi va
aynan shu faoliyatda namoyon bo'ladi». Shu prinsiplarga asoslanib psixologik qonuniyatlar amalga oshiriladi va tegishli xulosalar chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |