11. Shakldosh so'zlar berilgan qatorni aniqlang.
A) ko'z, oyoq, bosh
B) pilik, chiroq, nur
C) och, qirq, uch
D) daho, afzal, ten
12. 1.Bikir 2.Bikr. Ushbu paronimlarning ma'nasi qaysi qatorda to'g'ri berilgan?
A) 1-chiroyli; 2-puxta
B) 1-pishiq; 2-iffatli
C) 1-chidamli; 2-aqlli
D) 1-hayoli; 2-kuchli
13.Bir mazmuniy uyaga (guruhga) mansub bo'lgan so'zlar...
A) uyadosh so'zlar
B) shakldosh so'zlar
C) ma'nodosh so'zlar
D) zid ma'noli so'zlar
14. Ajoyib husndor, go'zal fasl bu!
Sadoqatli, qadrdon, oshno-yu,
do'st-u yorim bor.
(Habibiy)
Ushbu she 'rdagi sinonim qatorlarni belgilang
A) ajoyib, husndor, go'zal; sadoqatli, qadrdon, oshna, do'st, yor
B) husndor, go'zal; oshna, do'st
C) husndor, go'zal; qadrdon, oshna, do'st, yor
D) husndor, go'zal; oshno. do'st, yor
15.Qaysi qatordagi sinonim juftlik ona tilimiz ichki imkoniyatlari asosida paydo bo'lgan?
A) bet - yuz
B) dastur - reja
C) botir - jasur
D) bitik - kitob
16. Hunarmandchilik kasbiga oid atamalarni o'rganib, Farg'onaning kasb-hunar leksikasiga doir yirik kitoblar yaratgan olim kim?
A) G'anijon Abdurahmonov
B) Shavkat Rahmatullayev
C) Sobirjon Ibrohimov
D) Azim Hojiyev
Do'stlaringiz bilan baham: |