Personal autpleysmenti
Personal autpleysmenti (inglizcha Personal outplacement) – rekrutment yo’nalishi bo’lib, bunda rekruting agentligi buyurtmachi kompaniyadan ma’lum muddatga va ma’lum sharoitlarda bo’shatilayotgan xodimlarning bandligini ta’minlash bo’yicha maqsadli xarakatlarni amalga oshiradi.
Kompaniyadagi tashkiliy o'zgarishlar (qayta tuzilmalash, qo'shilish, sotib olish) yoki ishlab chiqarish hajmida barqarorlik yo'qligi natijasida xodimlarning qisqarishi natijasida autpleysment xizmatiga talab ortadi.
Qoida tariqasida, mijoz-kompaniya provayderdan xodimlarni joylashtirishni quyidagilarga ko’ra buyurtma qiladi:
- "yaxshi ish beruvchi" sifatidagi kompaniyaning obro'sini saqlab qolish;
- raqobatchilar oldida kompaniyaning xavfsizligini ta'minlash ("xafa bo'lgan" ishdan bo'shatilgan ishchi maxfiy ma'lumotga ega va uni raqobatchilarga "sotishi" mumkin, anti-reklama bilan shug'ullanishi, hujjatlarni o'g'irlashi mumkin - bularning barchasi biznes uchun tahdiddir);
- ishchilarning sodiqligini saqlash (qolgan ishchilar uchun qulay ma'naviy va ruhiy muhit);
- samaradorlik va mehnat unumdorligining keskin pasayishini oldini olish;
- moliyaviy xarajatlarni qisqartirish (autpleysment mehnat shartnomasini muddatidan oldin bekor qilishda kompensatsiya to’lashdan ko’ra bir necha baravar arzonga tushishi mumkin, u qisqartirilayotgan xodimning 2-3 ish haqi barobarida bo’lishi mumkin; ishdan bo'shatilgan shaxs kompaniyani sudga berishi mumkin va shu bilan sarflangan pullarga qo'shimcha ravishda sud xarajatlari va ma'naviy kompensatsiya xarajatlari qo’shadi).
Bundan tashqari, ushbu xizmat yordamida o'zining tashabbus ko’rsargan istalmagan xodimni "engilgina ishdan bo'shatish"ni amalga oshirish mumkin. Xodim o'z joyida ishlayotgan paytda, agentlik unga yangi ish qidiradi, keyin mustaqil ravishda u bilan bog'lanib, uni kompaniyadan "olab ketadi".
Ishdan bo'shatilgan xodimlarga qarab, autpleysmentning quyidagi turlari ajratiladi: "ommaviy" (bir guruh xodimlar bilan ishlash); "Individual" (individual dastur bo'yicha menejerlar va yuqori malakali mutaxassislar bilan ishlash); "Yopiq" yoki "anonim" (top menejerlar bilan ishlash).
Shuningdek, tashqi autpleysment - kompaniya rekruting agentligidan ishdan bo'shatilayotgan xodimlarining bandligini ta’minlashga buyurtma beradi va ichki autpleysment – personalning vositachilarsiz bandligini ta’minlashlar kabi turlarga ajratiladi. Ikkinchisining afzalligi katta moddiy xarajatlarning yo'qligi (individual dasturni ishlab chiqqanda ishdan bo'shatilgan xodimning oylik ish haqidan yillik ish haqining 25 foizigacha).
Do'stlaringiz bilan baham: |